Yusupov Askar Abdusalim o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Asosiy kapitalga investisiyalarni moliyalashtirishni takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Iqt6102
Ilmiy rahbar: Tashmuradova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.05.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent Ismailov Alisher Agzamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahri filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Asosiy kapitalga investisiyalarni moliyalashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
maydoni 10 ming kvadrat metrgacha bo‘lgan davlat mulki obektlarini belgilangan tartibda yuqori texnologiyali mahsulot ishlab chiqarishda investisiya loyihalarini moliyalashtiruvchi xorijiy investorlar ishtirokidagi tadbirkorlik subektlariga 5 yil muddatga tekin foydalanishga berish taklif etilgan;
xorijiy investorlar tomonidan mamlakatning strategik investisiya loyihalariga kiritiladigan aksiyalar qiymatini, ularning moliyaviy resurslarining 100 foizigacha miqdorda qimmatli qog‘ozlar bilan, shuningdek, uzoq muddatli moliyaviy barqarorlikni ta’minlash sharti bilan to‘lashga ruxsat berish taklif etilgan;
mahalliy hokimiyat organlari vakolati doirasida ustav kapitalida davlat ulushi yuqori bo‘lgan korxonalar tashabbusi bilan qiymati 15 mln AQSh dollaridan oshadigan yirik investisiyalarni jalb qilish hajmiga qarab, er solig‘i, mol-mulk solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lashda imtiyozlar berish taklif etilgan;
mahalliy va respublika hokimiyat organlariga 10 million AQSh dollaridan oshmagan miqdordagi chet el investisiyalari ulushi bo‘lgan investisiya loyihalarini amalga oshirishda, chet el investorlari bilan investisiya shartnomalarini tuzish huquqini berish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Asosiy kapitalga investisiyalarni moliyalashtirishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
maydoni 10 ming kvadrat metrgacha bo‘lgan davlat mulki obektlarini belgilangan tartibda yuqori texnologiyali mahsulot ishlab chiqarishda investisiya loyihalarini moliyalashtiruvchi xorijiy investorlar ishtirokidagi tadbirkorlik subektlariga 5 yil muddatga tekin foydalanishga berish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2023-2025-yillarga mo‘ljallangan investisiya dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2025-yil 10-dekabrdagi №05-09/16-12/953-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni rivojlantirish, investision faoliyatni rag‘batlantirish va davlat mulkidan samarali foydalanishni ta’minlashga xizmat qiladi;
xorijiy investorlar tomonidan mamlakatning strategik investisiya loyihalariga kiritiladigan aksiyalar qiymatini, ularning moliyaviy resurslarining 100 foizigacha miqdorda qimmatli qog‘ozlar bilan, shuningdek, uzoq muddatli moliyaviy barqarorlikni ta’minlash sharti bilan to‘lashga ruxsat berish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2023-2025-yillarga mo‘ljallangan investisiya dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2025-yil 10-dekabrdagi №05-09/16-12/953-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatning strategik sohalarida yirik investisiyalarni jalb qilish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va uzoq muddatli iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi;
mahalliy hokimiyat organlari vakolati doirasida ustav kapitalida davlat ulushi yuqori bo‘lgan korxonalar tashabbusi bilan qiymati 15 mln AQSh dollaridan oshadigan yirik investisiyalarni jalb qilish hajmiga qarab, er solig‘i, mol-mulk solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lashda imtiyozlar berish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2023-2025-yillarga mo‘ljallangan investisiya dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2025-yil 10-dekabrdagi №05-09/16-12/953-son ma’lumotnomasi). Natijada, korxonalarni yirik investisiyalarni jalb qilishga rag‘batlantiradi, soliq yukini kamaytirib loyihalarni moliyaviy jihatdan jozibador qiladi va investision faoliyatni oshiradi;
mahalliy va respublika hokimiyat organlariga 10 million AQSh dollaridan oshmagan miqdordagi chet el investisiyalari ulushi bo‘lgan investisiya loyihalarini amalga oshirishda, chet el investorlari bilan investisiya shartnomalarini tuzish huquqi berish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2023-2025-yillarga mo‘ljallangan investisiya dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2025-yil 10-dekabrdagi №05-09/16-12/953-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu taklif investision muhitni yaxshilash, mahalliy iqtisodiyotga qo‘shimcha resurslar jalb qilish va hududlararo iqtisodiy farqni kamaytirishga xizmat qiladi.