Raxmonov Qahramon Sanoqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Non mahsulotlari ishlab chiqarishda spontan bijg‘iydigan xamirturushlarning biotexnologik hususiyatlarini takomillashtirish», 02.00.17–Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T261.
Ilmiy rahbar: Isabaev Ismoil Babadjanovich, texnika fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Qurbonov Jamshid Majidovich, texnika fanlari doktori, professor; Mirzaraxmetova Dilbar Toxtamuratovna, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: «O‘zdonmahsulot» AK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bug‘doy unidantayyorlanadigan non mahsulotlari mikrobli kontaminasiyasining oldini olish uchun spontan bijg‘uvchi xamirturushlardan foydalanish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy xomashyolardan foydalanib, an’anaviy spontan bijg‘iydigan polishtamm xamirturushning biotexnologik xossalari va mikrobiologik tarkibi aniqlangan;
ishlab chiqarish siklida talab qilingan sifatdagi non mahsulotlari olish imkonini beradigan xamirturush ozuqaviy substratining tarkibi optimallashtirilgan;
an’anaviy spontan bijg‘uvchi polishtamm xamirturushning mikrobiologik tarkibini yaqqol ifodalangan fungisid va bakterisid xossalarga ega fitoqo‘shimchalar qo‘llanilishi hisobidan barqarorlashtirish usuli ishlab chiqilgan;
ishlab chiqarilgan non mahsulotining mikrobli kontaminasiyasiga qarshi profilaktikasi uchun xamirturush va fitoqo‘shimchalar kombinasiyasining sinergik effekti aniqlangan;
dekontaminasiyaning kombinasiyalashgan usullaridan (spontan bijg‘iydigan polishtamm xamirturush va fitoqo‘shimchalardan) foydalanib, bug‘doy unidan non mahsulotlari tayyorlash uchun tizimlashtirilgan texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Unli mahsulotlarni ishlab chiqarishda spontan bijg‘iydigan polishtamm xamirturushni qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
spontan bijg‘uvchi polishtamm xamirturush asosida I nav bug‘doy noni ishlab chiqarish bo‘yicha texnologik yo‘riqnoma O‘zbekiston Republikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Davlat sanitariya-epidemiologiya bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan (TI 64-19819331-020:2012). Natijada bug‘doy unidan spontan bijg‘uvchi polishtamm xamirturush asosida sifatli va mikrobli kontaminasiyaga chidamli non ishlab chiqarish imkonini bergan;
yaratilgan spontan bijg‘iydigan polishtamm xamirturushni olish texnologiyasi «Oltin boshoq issiq noni» MChJda amaliyotga joriy etilgan («Oʻzbekoziqovqatxolding» AJning 2018 yil
12 iyuldagi AS/07-1816-son ma’lumotnomasi). Natijada asosiy xomashyo (bug‘doy uni) sarfini o‘rtacha 5,5%ga, novvoylik achitqisining resepturaviy miqdorini esa 25,0–30,0%gacha kamaytirish imkonini bergan;
bug‘doy unidan non mahsuloti ishlab chiqarishda fitoqo‘shimchali spontan bijg‘iydigan polishtamm xamirturushining qo‘llanilish texnologiyasi «Pasquale» MChJ va «Oltin boshoq issiq noni» MChJda amaliyotga joriy etilgan («Oʻzbekoziqovqatxolding» AJning 2018 yil 12 iyuldagi AS/07-1816-son ma’lumotnomasi). Natijada sifatli mahsulot ishlab chiqarish jarayonini o‘rtacha 9–12%ga jadallashtirish va saqlash davomida mikrobli infeksiyalanishga chidamliligi darajasini 50%gacha oshirish imkonini bergan.