Temirova Gulira’no Baxtiyor qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oltinsimon qorag‘at (Ribes aureum Pursh.) ayrim navlarining bioekologiyasi va uni mahalliy sharoitlarda ko‘paytirish yo‘llari (Toshkent viloyati misolida)», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/B996.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Xilola Ravshanovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.B.01.15.
Rasmiy opponentlar: Rahimova Tashxanim Tuymuxamedovna, biologiya fanlari doktori, professor; Mahkamov Trobjon Xusanboevich biologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Oltinsimon qorag‘at o‘simligi navlarining muhim bioekologik xususiyatlarini aniqlash, yuqori hosildor, biokimyoviy tarkibi hamda hosil ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan navlari hamda mahalliy sharoitlarda ko‘chatlarini ko‘paytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent viloyati sharoitida oltinsimon qorag‘at navlarining mahalliy va introduksiya qilingan navlarining morfologik belgilari o‘rganilib, uning xususiyatlari to‘liq ochib berilgan;
mahalliy va introduksiya qilingan oltinsimon qorag‘at navlarining fenologik fazalarini o‘tish muddatlariga qarab vegetativ hamda generativ organlarining fenospektori ishlab chiqilgan;
mahalliy va introduksiya qilingan oltinsimon qorag‘at navlarining suv tanqisligiga bardoshli, suvsiz sharoitda barglardagi suv ushlab qolish qobiliyati yuqori bo‘lgan hamda issiqqa chidamlili navlari ajratib olingan;
mahalliy va introduksiya qilingan oltinsimon qorag‘at navlari orasidan biokimyoviy tarkibi hamda hosil ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan navlari ilmiy asoslab berilgan;
mahalliy va introduksiya qilingan oltinsimon qorag‘at navlarining qalamchalaridan sifatli ko‘chatlar yetishtirish yo‘llari ishlab chiqilgan;
qalamchalardan ko‘paytirilayotgan oltinsimon qorag‘at ko‘chatlarini vegetatsiya davrida bir yillik novdalarning o‘sish dinamikasi va oylar davomida o‘sishning oraliq farqlari ilmiy isobotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oltinsimon qorag‘at navlarining xo‘jalik-biologik xususiyatlarini o‘rganish va sifatli ko‘chatlar etishtirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Oltinsimon qorag‘at morfo-biologiyasi va yetishtirish agrotexnlogiyasi” nomli tavsiyanoma Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliyuniversitetida amaliyotiga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025 yil 2 iyundagi 05/06-02-560-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu tavsiyanoma nafaqat Oliy o‘quv yurtlari talabalari, ilmiy izlanuvchilar, balki bog‘dorchilik bo‘yicha mutaxassislar, fermer xo‘jaliklari va keng o‘quvchilar ommasi uchun ilmiy-uslubiy qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
Toshkent viloyati sharoitida oltinsimon qorag‘atning yangi “Plotnomyasaya”,“Muxabbat”, “Oydin”, “Eliksir”, “Gulnoza”, “Valentina”, “Podarok Ariadne” 3 x 1 sxemada ekish usuli taklif etilgan va viloyatning Parkent tumanidagi “BoyqozonParkent bog‘i” fermer xo‘jaligida 0,8 gektar maydonda amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025 yil 2 iyundagi 05/06-02-560-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, nazorat nav (“Plotnomyasaya”)ga nisbatan tavsiya qilinayotgan “Muxabbat”,“Oydin”, “Eliksir”, “Gulnoza”, “Valentina”, “Podarok Ariadne” navlardan 10-15%yuqori sifatli mahsulot olishga, bir gektar maydondan o‘rtacha 4,8 tonnagacha hosil olish imkonini bergan;
Toshkent viloyati sharoitida istiqbolli oltinsimon qorag‘atning “Plotnomyasaya”, “Muxabbat”, “Oydin”, “Eliksir”, “Gulnoza”, “Valentina”,“Podarok Ariadne” navlaridan sifatli ko‘chatlar ko‘paytirib, ularning yog‘ochlashgan novdalaridan kuzning oktyabr oyida qalamchalar tayyorlab, shu vaqtning o‘zida erga ekish usuli taklif etilgan va viloyatning Parkent tumanidagi “Boyqozon Parkent bog‘i” fermer xo‘jaligida 0,8 gektar maydonda amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025 yil 2 iyundagi 05/06-02-560-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, nazorat variantga nisbatan 15% yuqori va sifatli tayyor ko‘chatlar olish imkonini bergan.