Azamov Obbosxon Sobitjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Shohimardonsoy-Marg‘ilonsoy daryosi ixtiofaunasi (Actinopterygii: Teleostei)», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 2025.3.PhD/V1534.
Ilmiy rahbar: Sheraliev Baxtiyor Maxmutali o‘g‘li, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.B.10.08.
Rasmiy opponentlar: Boymurodov Xusniddin Toshboltaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Shermatov Malikjon Raxmatjonovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Shohimardonsoy-Marg‘ilonsoy daryosi ixtiofaunasining zamonaviy tur tarkibini aniqlash, ularning morfologik, ekologik va bioxilma-xillik xususiyatlarini ochib berish hamda muhofazaga muhtoj turlarini muhofaza qilishning ekologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Shohimardonsoy-Marg‘ilonsoy daryosi ixtiofaunasining zamonaviy tur tarkibi 6 turkum, 13 oila, 23 urug‘ga mansub 24 turdan iborat ekanligi aniqlangan;
Shohimardonsoy-Marg‘ilonsoy daryosida uchrovchi baliqlarning tarqalishi va umumiy ixtiosenozning shakllanishi va daryoning yuqori oqimida 2, o‘rta oqimida 15 va quyi oqimida 22 baliq uchrashi asoslangan;
Sirdaryo havzasi yuqori oqimi uchun endemik bo‘lgan Leuciscus squaliusculus ning Shohimardonsoy-Marg‘ilonsoy populyasiyasi Farg‘ona vodiysi suv havzalarida uchrovchi boshqa populyasiyalaridan morfotaksonomik jihatdan farqlanishi statistik tahlillar asosida asoslab berilgan;
ilk marotaba Shohimardonsoy-Marg‘ilonsoy daryosi yuqori, o‘rta va quyi oqimidagi ixtiofaunaning bioxilma-xillik ko‘rsatkichi Shennon, Simpson, Pielou, Margalef, Menhinik hamda Berger-Parker indekslari asosida baholangan;
Shohimardonsoy-Marg‘ilonsoy daryosi yuqori oqimi endemik turi deb hisoblangan Triplophysa ferganensis ning daryoning o‘rta oqimi, Oltiariqsoy tarmog‘i hamda Isfayramsoy daryolarida ham uchrashi DNK barkoding usulida aniqlangan;
Shohimardonsoy-Marg‘ilonsoy daryosidagi 15 baliq turining umumiy uzunligi va og‘irligi o‘rtasidagi bog‘liqlik ko‘rsatkichi hisoblangan hamda ularning 5 ta turi izometrik, 2 ta turi manfiy allometrik va 8 ta turi ijobiy allometrik o‘sish ko‘rsatkichlariga ega ekanligi aniqlangan;
Shohimardonsoy-Marg‘ilonsoy daryosida uchrovchi 24 ta baliq turining havza uchun xos bo‘lgan muhofaza maqomi TMXI mezonlari asosida shakllantirilgan, unga ko‘ra, 22 ta tur kamroq xavf ostida bo‘lgan turlar hamda 2 ta tur (Cyprinus carpio va Glyptosternon oschanini) zaif holatga yaqin turlar maqomida ekanligi baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shohimardonsoy-Marg‘ilonsoy daryosi ixtiofaunasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Micropercops cinctus ning COI nukleotidlar ketma-ketligi bo‘yicha maʼlumotlari Biotexnologik axborotlar milliy markazi GenBank bazasiga joylashtirilgan (Biotexnologik axborotlar milliy markazi, ncbi.nlm.nih.gov). Natijada, PV576382, PV576383 va PV576384 inventar raqamlari olingan va ular xalqaro miqyosda ushbu turning filogeniyasini molekulyar-genetik identifikatsiyalash imkonini bergan;
Shohimardonsoy-Marg‘ilonsoy daryosi ixtiofaunasiga mansub 2 turkum, 6 oila, 11 urug‘, 12 turga mansub jami 188 ta baliq namunalari O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya institutining “Zoologiya kolleksiyasi” noyob ilmiy fondiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2025-yil 8-iyuldagi 4/1255-1685-son maʼlumotnomasi). Natijada Zoologiya instituti baliqlar kolleksiyasi fondi yangi namuna materiallari bilan to‘ldirilgan hamda Shohimardonsoy–Marg‘ilonsoy daryosi ixtiofaunasining tur tarkibini aniqlash va turlarni tizimli jihatdan tahlil qilish imkonini bergan.