Begmatova Gulshanoy Nomanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qo‘ng‘ir ko‘mir va ikkilamchi tolalar asosida faollantirilgan adsorbent olish», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T6102.
Ilmiy rahbarlar: Ochilov Gʻolibjon Mamayunusovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoʻqon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoʻqon davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.K/T.34.03.
Rasmiy opponentlar: Eshmetov Rasul Jumyazovich, texnika fanlari doktori; Salixanova Dilnoza Saidakbarovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Angren qo‘ng‘ir ko‘miri kukunlari va mahalliy tekstil-to‘qimachilik korxonalari ikkilamchi tolalari asosida faollantirilgan adsorbent olish va standartlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Angren qo‘ngir ko‘miri, ikkilamchi tola va matolarni birgalikda  karbonizatsiya qilishning optimal massa tarkibi karbonizat massa ulushi bo‘yicha 8:2 nisbati ishlab chiqilgan hamda massani termik ishlov berishda matematik replikasi 24-1 tipi generatsiyani qo‘llab, maqbul texnologik rejimlar ishlab chiqilgan;
qo‘ngir ko‘mir kukunlari, tekstil-to‘qimachilik korxonalari faoliyati natijasida hosil bo‘luvchi ikkilamchi tolalar va mato bo‘laklaridan xomashyo sifatida foydalanib, KOH ishqoriy agenti ishtirokida bug‘-gaz usulida 800ºC da faollantirilgan adsorbentlar olishning texnologik imkoniyatlari ochib berilgan;
qazilma ko‘mir va sellyulozali tolalarni birgalikda piroliz qilib, faollantirilishi natijasida olingan adsorbentning eritmalarni rangsizlantirish xossalari melassa modelida hamda tekstil sanoati rangli oqova suvlarining no‘malum konsentratsiya o‘zgarishlari sharoitida eritma optik zichligining o‘lchashda λ=400 nm, D=0,0112-0,0510 oraliqlaridagi qiymatlarida o‘rganilib, usulning samaradorligi isbotlangan; 
olingan yangi faollantirilgan adsorbent namunalarining yod bo‘yicha adsorbsion hajmi konsentratsiya/faollik munosabatlari bo‘yicha o‘rganilib, optimal tarkibli namunaning ko‘rsatkichlari 21,7 mmol/kg ekanligi ochib berilgan, shuningdek benzol bo‘yicha adsobrsion hajm 3,0 mmol/kg va aseton bo‘yicha adsorbsion g‘ovaklik 75% dan past bo‘lmasligi isbotlangan;
olingan yangi adsorbent “tekstil oqava suvlarini rang moddalardan tozalash uchun adsorbent” AKVT-1 sifatida mexanik, fizik, kimyoviy, texnologik va adsorbsion xossalariga ko‘ra standartlanib, unga texnikaviy shartlar va texnologik jarayonlar yo‘riqnomasi ishlab chiqilgan;
AKVT-1 faollantirilgan adsorbentining tekstil sanoati texnologik oqava suvlari tarkibidagi rang beruvchi moddalardan tozalashda horijdan import qilinuvchi IndocarbWT adsorbentiga nisbatan qiyosiy tahlillar o‘tkazilib, AKVT-1 ning horijiy analogiga nisbatan 10% dan yuqori qiymatlarda adsorbsion xossasi ochib berilgan va ishlab chiqarish jarayonlarining iqtisodiy jihatdan samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy ikkilamchi uglerodli xomashyolardan foydalanib, faollantirilgan adsorbent ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Tekstil sanoati oqava suvlarini rang beruvchi moddalardan adsorbsion tozalash uchun faollantirilgan qo‘ng‘ir ko‘mir asosidagi AKVT-1 adsorbenti” ni ishlab chiqarish uchun texnikaviy shartlar (S 200131171-002:2024) O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining 2024 yil 25 martdagi 31-8/354-son ma’lumotnomasi). Natijada, tekstil korxonalarida rang beruvchi moddalar bilan ifloslangan texnologik oqava suvlarni atrof muhitning sanitariya-ekologik holatiga nisbatan salbiy oqibatini bartaraf etish imkonini bergan;
“Tekstil sanoati oqava suvlarini rang beruvchi moddalardan adsorbsion tozalash uchun faollantirilgan qo‘ng‘ir ko‘mir asosidagi AKVT-1 adsorbenti” ni ishlab chiqarish uchun texnologik yo‘riqnoma (TY 200131171-002:2025) O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining 2025 yil 22 maydagi 01-28/4834-son ma’lumotnomasi). Natijada, tekstil korxonalarida rang beruvchi moddalar bilan ifloslangan texnologik oqava suvlarni adsorbsion tozalovchi adsorbent olish texnologiyasini me’yorlashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish