Jo‘raev Ruzimurod Sattorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Uch atomli fenollarni xloratsetillash va xloratsetil mahsulotlar asosida sintezlar», 02.00.03 - Organik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/K718.
Ilmiy rahbar: Choriev Azimjon Uralovich, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya Instituti Shahrisabz filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.K.04.04.
Rasmiy opponentlar: Turgunov Erxon, kimyo fanlari doktori, professor; Sapaev Frunza Adomboevich, kimyo fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: uch atomli fenollarni xloratsetillash reaksiyalari, xloratsetil mahsulotlar asosida mahsulotlar sintezlar olib borish uchun samarador echimlar ishlab chiqish, uning parametrlari hamda mahsulotlarning qo‘llanilish sohalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor uch atomli fenollarni xloratsetilxlorid bilan katalizatorsiz sharoitda O-xloratsetillash reaksiyalari asosida bir qancha reaksiyon markazlarga ega bo‘lgan uch atomli fenollarning xlorsirka kislota efirlari sintez qilingan; 
ilk bor uch atomli fenollarning xlorsirka kislota efirlari bilan organik va noorganik kislotalar tuzlari ishtirokidagi nukleofil birikish reaksiyalarining borishi, qo‘shimcha reaksiyalarning borishi, oraliq va qo‘shimcha mahsulotlarning hosil bo‘lishi va ularni ajratish usullari aniqlangan, reaksiya mahsulotlarini yuqori unim bilan sintez qilishning yangi usullari ishlab chiqilgan;
O-xloratsetillash reaksiyalarining yo‘nalishi va mahsulot unumiga reagentlar tuzilishi, ularning nisbati, temperatura hamda ta’sirlashish vaqti, reaksiya bosqichlari, mexanizmi aniqlangan hamda uch atomli fenollarning tabiati, ularning reaksion qobiliyati, erituvchilarning stabilligi va faolligi, jarayon borishi va mahsulot unumiga ta’sir qilish qonuniyatlari ishlab chiqilgan;
ilk bor uch atomli fenollarning xlorsirka mahsulotlari bilan turli aminlarning molekulyar komplekslari olingan, reaksiyalarining yo‘nalishi va unumiga reagentlar tuzilishi, ularning nisbati, temperatura hamda ta’sirlashish vaqti, reaksiya bosqichlari, ximizmi va mexanizmi taklif etilgan, jarayonlarning eng muqobil sharoitlari aniqlangan;
uch atomli fenollarning xlorsirka mahsulotlari va ular asosida olingan efirlar, molekulyar komplekslarning xususiy kattaliklari aniqlangan, tozaligi xromatografik, tarkibi element analiz, tuzilishi spektroskopik usullarida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Uch atomli fenollarning xloratsetil hosilalari asosida yangi birikmalar sintezi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uch atomli fenollarning xloratsetil hosilalari asosida sintez qilingan benzol-1,2,3-triil tris(2-((dietilkarbamotioil)tio)asetat) va benzol-1,2,4-triil tris(2-((dietilkarbamotioil)tio)asetat) birikmalari “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” AJda metall konstruksiyalarni mikrobiologik korroziyadan himoya qiluvchi ingibitor sifatida amaliyotga joriy etilgan (1092/GK-12-son ma’lumotnoma, 28.12.2023). Natijada metall qurilmalarining ekspluatatsion xossalarini oshirish imkonini bergan;
sintez qilingan ,1',1''-((benzol-1,2,4-triiltris(oksi))tris(2-oksoetan-2,1-diyl))tris(piridin-1-il) xlorid birikmasi “Tabiiy va sintetik birikmalarning biologik faolligini  in-vitro o‘rganish. Oqsil injenerligi. Rekombinat oqsillarni tayyorlash. Ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan va boshqa turdagi kasalliklar diagnostikasi uchun aniq molekulyar-genetik markyorlarni ishlab chiqish” mavzusidagi bazaviy fundamental tadqiqotlarda Bacillus subtilis va Staphylococcus aureus hamda grammanfiy Pseudomonas aeruginosa shtammlariga qarshi antibakterial faolliklarni aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademyasining 2025-yil 14-fevraldagi № 4/1255-400-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu modda yangi antibakterial preparat vositalari qatorini kengaytirish imkoniyatini bergan;
olingan ilmiy natijalardan “Organik moddalarni spektral tadqiq qilish” darsligi nashr qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yilning 06-noyabrdagi buyrugʻi (№701296) va 2024-yilning 24-dekabrdagi buyrugʻi (№808283)). Natijada, mazkur yunalishda tahsil olayotgan talabalar uchun zamonaviy bilim va ko‘nikamalarni egallash uchun darslikdan foydalanish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish