Shamsieva Nafisa Shakar qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tukli sochiqbop to‘qimalarni ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishini 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2 PhD/T5710.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ulugbek Tulanboevich, texnika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/2025.27.12.T.21.01.
Rasmiy opponentlar: Nabieva Iroda Abdusamatovna, texnika fanlari doktori, professor; Bobojonov Xusan Toxirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi sochiqbop to‘qimalarda tuk iplarining bog‘lanishdagi mustahkamligini oshirish, halqa tuk hosil qilish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishlab chiqilgan etti arqoqli yangi sochiqbop to‘qima zamin tanda va arqoq iplarining mustahkamligini aniqlash usuli iplarning qamrash burchagiga ta’sir etuvchi  ishqalanish, taranglik va bosim kuchlarini tahlili asosida takomillashtirilgan;
etti arqoqli yangi sochiqbop to‘qima shakllanishida ishtirok etayotgan zamin tanda va arqoq iplarining xomashyo sarfini hisoblash ifodasi bitta rapportdagi o‘timlar sonini aniqlash orqali  ishlab chiqilgan;
sochiqbop to‘qima tuk iplarining bog‘lanishdagi mustahkamligini oshirishda mayda naqshli o‘rilish turlarini 1/3, 2/1 tanda repsiga o‘zgartirish hisobiga tuk hosil qilish texnologiyasi takomillashtirilgan;  
etti arqoqli yangi sochiqbop to‘qimada suv shimish, kapillyarlik va tuk iplarining bog‘lanishdagi mustahkamlik xossalalariga ta’sir etuvchi texnologik ko‘rsatkichlarining qiymatlari halqa balandligini har xil shakllantirish hisobiga aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Etti arqoqli yangi sochiqbop to‘qimada halqa tuk iplarining hosil qilish texnologiyasini takomillashtirish hisobiga olingan ilmiy natijalar asosida: 
etti arqoqli yangi sochiqbop to‘qimalarni ishlab chiqarishning takomillashtirilgan resurstejamkor texnologiyasi va parametrlari «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tasarrufidagi Jizzax shaxar “JIZZAX INDUSTRIAL TO‘QIMA” MChJ va Toshkent shaxar “SOFT TOWEL” MChJ korxonalarida joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025 yil 20-noyabrdagi №02/06-2729 sonli ma’lumotnomasi). Natijada halqa tuk hosil qilishning takomillashtirilgan texnologiyasi asosida tuk iplarining bog‘lanishdagi mustahkamligi 7 arqoqli yangi to‘qimada 3,8 barobarga, kapillyarlik ko‘rsatkichlari 7 arqoqli to‘qimada 18 % ga, suv shimishi 16 % ga oshirilgan, yuza zichligi 19,8 % ga kamaytirishga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish