Maxsudov Rahimjon Ilhomovich
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “GAT texnologiyalari asosida sug‘oriladigan erlarni sifat jihatdan baholash uslubini takomillashtirish (Buxoro viloyati misolida)”, 11.00.07 - “Geoinformatika” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T336.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Oymatov Rustam Kamariddinovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.T.10.08 raqamli Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Raxmonov Qosimjon – fan doktori (DSc), professor; Abduraxmanov Ilxom Isakovich - texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent;
Yetakchi tashkilot – Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Geoaxborot texnologiyalari asosida Buxoro viloyati sug‘oriladigan erlarini monitoring qilish, sifat jihatdan baholash, mavzuli xaritalar yaratish va ekin turlarini maqbul sharoitdagi hududlarga ekish bo‘yicha tavsiyanoma ishlab chiqishdan iborat..
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
GAT va geofazoviy tahlillar asosida sug‘oriladigan erlarni sifat jihatdan baholashning texnologik tizimi ishlab chiqilgan;
sug‘oriladigan erlarni sifat jihatdan tasniflash uslubi asosida baholash xaritalarni ishlab chiqilgan;
sug‘oriladigan erlarni baholash mezonlari asosida maqbul sharoitdagi hududlarga ekinlarni ekish bo‘yicha tavsiyanoma ishlab chiqilgan;
erdan foydalanuvchilar uchun interfaol xizmat ko‘rsatish tizimi “Assessment-LQ” (Assessment of land quality) veb platformasi ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Geoaxborot texnologiyalar asosida sug‘oriladigan erlarini sifat jihatdan baholash uslubini takomillashtirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalar asosida:
GAT va geofazoviy tahlillar asosida sug‘oriladigan erlarni sifat jihatdan baholashning texnologik tizimi Buxoro viloyati “O‘zdaverloyiha” DILI bo‘linmasi va viloyat qishloq x o‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 11-noyabrdagi 05/04-04-782-son ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘oriladigan erlarni baholash mezonlari ishlab chiqilgan;
sug‘oriladigan erlarni sifat jihatdan tasniflash asosida ishlab chiqilgan baholash xaritalari Buxoro viloyati “O‘zdaverloyiha” DILI bo‘linmasi va viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 11-noyabrdagi 05/04-04-782-son ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘oriladigan erlarni sifatini oshirishga hamda mavsumiy agrotexnik meliorativ tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tkazish samaradorligini oshirish imkoniyatlari yaratilgan;
sug‘oriladigan erlarni baholash mezonlari asosida maqbul sharoitdagi hududlarga ekinlarini joylashtirish bo‘yicha tavsiyanoma Buxoro viloyati “O‘zdaverloyiha” DILI bo‘linmasi va viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 11-noyabrdagi 05/04-04-782-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot hududlarning sifat darajalarini baholovchi mezonlar asosida, ekinlarni maqbul hududlarga ekish bo‘yicha dala tadqiqotlariga asoslangan monitoring tavsiyalar ishlab chiqilgan;
erdan foydalanuvchilar uchun interfaol xizmat ko‘rsatish tizimi “Assessment-LQ” (Assessment of land quality) veb platformasi Buxoro viloyati “O‘zdaverloyiha” DILI bo‘linmasi va viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 11-noyabrdagi 05/04-04-782-son ma’lumotnomasi). Natijada, erlarni sifat holatini kuzatish, tahlil qilish, yillar kesimida taqqoslash, erdan foydalanuvchilar hududdagi qiyosiy o‘zgarishlarni kuzatish, erlarning sifat bilan bog‘liq ko‘rasatkichlarini baholash mezonlari orqali integratsiyalashgan monitoring tizimini yo‘lga qo‘yish imkonini bergan.