Xujaev Muminjon Isoxonovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ahmad Zaki Validiyning diniy-falsafiy ta’limoti», 09.00.03–Falsafa tarixi (falsafa fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/F105.

Ilmiy rahbar: Saifnazarov Ismoil, falsafa fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.G‘.01.05.

Rasmiy opponentlar: Mahmudova Guli Tilabovna, falsafa fanlari doktori, professor; Qodirov Muhammadjon, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Ahmad Zaki Validiyning diniy-falsafiy ta’limotining mohiyati va jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rnini ochib berishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

Ahmad Zaki Validiy diniy-falsafiy ta’limotida madaniyatlararo muloqot integratsiyasi milliy va diniy mansublikka qarab emas, barcha xalqlarga nisbatan tolerantlikka asoslanganligi ochib berilgan;

Ahmad Zaki Validiy tomonidan ilmiy iste’molga kiritilgan Markaziy Osiyo xalqlari falsafasi tarixiga oid nodir asarlarining ilk bora 4 ta davr (IX–XII asrlar qomusiy olimlarning ilmiy ishlariga oid sharhlar, XII–XV asrlardagi asarlar va xonliklar tarixiga oid, XVI–XVIII asrlar Temuriy tarixi,  qo‘lyozmalar va turkiy dostonlar tasnifi, XVIII–XIX asrlarda Turkistondagi ijtimoiy-madaniy hayot)dan iborat xronologik tasnifi  ishlab chiqilgan;

Ahmad Zaki Validiyning Abu Rayhon Beruniy va Ibn Xoldun ilmiy-falsafiy merosini o‘rganishda ilk bor falsafiy komprovistika (falsafiy qiyosiy tahlil)ni qo‘llaganligi asosida tarix falsafasining axloqiy jihatlari ochib berilgan;

jamiyat barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi destruktiv (buzg‘unchi) omillarni bartaraf qilishda Ahmad Zaki Validiyning ssentistik (ilm-fanning jamiyat taraqqiyotidagi determinantligiga oid) yondashuvi, milliy va diniy bag‘rikenglikni shakllantirishda foydalanish zarurligi ilmiy asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Ahmad Zaki Validiyning diniy-falsafiy ta’limotini o‘rganish va tadqiq etish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:

Ahmad Zaki Validiy diniy-falsafiy ta’limotida madaniyatlararo muloqot milliy va diniy mansublikka qarab emas, barcha xalqlarga nisbatan hurmat bilan munosabatda tolerantlikka asoslangani ochib berilgan va olim tomonidan topilgan Markaziy Osiyo xalqlari falsafasi tarixiga oid nodir asarlarining 4 ta davrdan iborat xronologik tasnifi ishlab chiqilishi va ilmiy-metodologik jihatlariga oid xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani yoshlarida Abu Rayhon Beruniy ma’naviy merosiga oid insoniyat tarixi, uning vujudga kelishi, taraqqiyoti hamda tanazzullari atrofidagi mavjud fikrlar, olamning yaralishi, insoniyatning vujudga kelishi, xalqlarning taraqqiyot bosqichlari, tarixiy voqealar, tabiiy hodisalar va ularning mohiyatini ilmiy asosda o‘rganishda foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2017 yil 22 noyabrdagi 11/21-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlar o‘rtasida tolerantlikni shakllantirishning ilmiy-nazariy asoslari mustahkamlangan va ajdodlarimizning diniy-falsafiy merosini o‘rganishning samaradorligi oshirilgan;

Ahmad Zaki Validiyning Abu Rayhon Beruniy va Ibn Xoldun ilmiy-falsafiy merosini o‘rganishda ilk bor falsafiy komprovistika (falsafiy qiyosiy tahlil)ni qo‘llaganligi oid xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta masus ta’lim vazirligi tomonidan OT-F1-100 raqamli «Imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy faoliyatining badiiy ijodiyot vositalari asosida nazariy va amaliy takomillashuvi» mavzusidagi fundamental loyiha doirasida chop etilgan «Shaxs va qadriyatlar dialektikasi» nomli monografiyani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 26 fevraldagi 89-03-875-son ma’lumotnomasi) hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2017 yil avgust-dekabr` oylarida amalga oshiradigan ishlari rejasining «Ilmiy-nazariy, metodik yordam ko‘rsatish va ilmiy tadqiqotlar» nomli 1-yo‘nalish 16-, 32-bandi 2-yo‘nalishi 2-, 5-, 6- va 7-bandlarining ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2017 yil 19 oktyabrdagi 02/03-953-son ma’lumotnomasi). Bu taklif va tavsiyalar yoshlarni barkamol shaxs sifatida shakllanishi, diniy-falsafiy ongini takomillashtirishga xizmat qilgan;

jamiyat barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi destruktiv (buzg‘unchi) omillarni bartaraf qilishda Ahmad Zaki Validiyning ssentistik yondashuvi, milliy va diniy bag‘rikenglikni shakllantirishda foydalanish zarurligiga oid xulosalaridan Respublika Ma’naviyat va targ‘ibot markazi faoliyatida xususan, totalitar tuzum davrida ma’naviy hayotni ma’muriy-buyruqbozlik usullari bilan boshqarish va mafkuralashtirish, zo‘r berib baynalminallashtirish va ruslashtirish, milliylikni inkor etishning oqibatlari, mustaqillik davrida xalqimizning boy ma’naviy-madaniy, diniy-falsafiy merosi, milliy qadriyatlar, urf-an’analar tiklanishi, ma’naviyatimizni ajralmas qismi bo‘lgan islom dini va diniy qadriyatlarni tiklashga oid rejalari ijrosini ta’minlashda, targ‘ibot, tashviqot ishlarida nazariy-metodologik asos sifatida xulosalaridan hamda Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi tomonidan keng jamoatchilik o‘rtasida olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlarida ma’ruzachilar uchun tayyorlangan «Ma’naviyat targ‘ibotchisi» ma’ruza matni va tavsiyalarda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazining 2017 yil 10 iyuldagi 253-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar yoshlarni turkiy xalqlarning tarixiy, diniy-falsafiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy merosi bilan yaqindan tanishtirish, shuningdek, ularda vatanparvarlik hissini shakllantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish