Ikramova Dildora Nuritdinovnaning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Aksial spondiloartritda umurtqa pog‘onasidagi tuzilmaviy  buzilishlarida anneksin A1 o‘zgarishini axamiyati” 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Tib4852.
Ilmiy rahbar: Eshmurzaeva Aida Abdiganievna, tibbiyot fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibiyot universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Toshkent davlat tibiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.02.
Rasmiy opponentlar: Shodikulova Gulandom Zikriyaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mirahmedova Xilola Tuxtasinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Aksial spondiloartritda faollanish darajasi va umurtqa pog‘onasidagi o‘zgarishlarni avjlanishida anneksin A1 o‘rnini baxolash hamda davolash-profilaktika choralarini mukammallashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi :
aksial spondiloartritda umurtqa pog‘onasi va sakroileal birikmadagi tuzilmaviy buzilishlarni rivojlanishi va ularning funksional imkoniyatlari chegaralanishini anneksin A1 miqdorining keng doiradagi siljishlari bilan uzviy bog‘liqligi  aniqlangan;
aksial spondiloartritning rentgenologik o‘zgarishlar kuzatilmagan bosqichida anneksin A1 darajasi o‘zgarishini umurtqa pog‘onasi (entezit) va sakro-ileal birikmani (oralig‘i 2 mm. dan torayishi va unda eroziyalanish) dastlabki tuzilmaviy buzilishlaridagi  o‘rni isbotlangan; 
aksial spondiloartritda tizimli yallig‘lanish jarayonining avjlanishi va interleykin-17A ning giperekspressiyasi negizida anneksin A1 miqdorining o‘zgarishlarini aksial spondiloartritni erta tashhislashdagi ahamiyati asoslangan;
aksial spondiloartritda anneksin A1 darajasiga nisbatan asosiy dori vositalarni tanlash usuli ishlab chiqilgan hamda uning umurtqa pog‘onasi tuzilmasi va sakro-ileal birikmadagi remodellanish jarayonini oldini olishdagi o‘rni asoslangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Aksial spondiloartritda umurtqa pog‘onasidagi tuzilmaviy  buzilishlarida anneksin A1 o‘zgarishini axamiyatini baholash buyicha olingan natijalar asosida: 
birinchi ilmiy yangilik: aksial spondiloartritda umurtqa pog‘onasi va sakroileal birikmadagi tuzilmaviy buzilishlarni rivojlanishi va ularning funksional imkoniyatlari chegaralanishini anneksin A1 miqdorining keng doiradagi siljishlari bilan uzviy bog‘liqligi  aniqlanganligi Namangan viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 10.01.2025-yildagi 25A/F-sonli buyrug‘i va Toshkent shahar 3-klinik shifoxonasi 11.01.2025-yildagi 4-sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 02-dekabrdagi №30/35-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: AS da umurtqa pog‘onasi to‘qimalarini o‘zgarishi, jumladan suyakdagi strukturali o‘zgarishlar mexanizmida ANXA1 miqdori siljishini ahamiyati, mazkur kasallikning norentgenologik bosqichi umurtqa pog‘onasidagi dastlabki tuzilmaviy buzilishlari tufayli remodellanishning erta aniqlashga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: Bunday usulni qo‘llanilishi bemorlarda erta tashhislash va davo qo‘llashga turtki bo‘lib, statsionar davoga extiyojlikni 73,2% ga kamaytirgan va mehnatga layoqatsiz kunlari 2,5 barobar kamaygan. Xulosa: AS bilan kasallangan bemorlarning umurtqa pog‘onasidagi tuzilmaviy buzilishlar rivojlanishini baholashda ANXA1 darajasini o‘rni baholangan.
ikkinchi ilmiy yangilik: aksial spondiloartritning rentgenologik o‘zgarishlar kuzatilmagan bosqichida anneksin A1 darajasi o‘zgarishini umurtqa pog‘onasi (entezit) va sakro-ileal birikmani (oralig‘i 2 mm. dan torayishi va unda eroziyalanish) dastlabki tuzilmaviy buzilishlaridagi  o‘rni isbotlanganligi Namangan viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 10.01.2025-yildagi 25A/F-sonli buyrug‘i va Toshkent shahar 3-klinik shifoxonasi 11.01.2025-yildagi 4-sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 02-dekabrdagi №30/35-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: AS bilan og‘rigan bemorlarda immunologik, klinik-biokimyoviy va instrumental tadqiqotlar natijalarining ahamiyati isbotlangan. Iqtisodiy samaradorligi: anneksin A1 darajasi o‘zgarishini umurtqa pog‘onasi va sakroileal birikmani tuzulmaviy uzgarishlar darajasini erta tashxislashda yallig‘lanish oldi sitokinlarining faollashish darajasini aniqlash orqali bemorlarning shifoxonada davolanish kunlarini qisqartirish, tashxislash va davolashga sarflanadigan mablag‘larni tejashga erishilgan. Xulosa: AS bilan kasallangan bemorlarning umurtqa pog‘onasidagi dastlabki tuzilmaviy buzilishlarni erta aniqlash imkonini beruvchi ko‘rsatkichlar tahliliy jihatdan umumlashtirilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: aksial spondiloartritda tizimli yallig‘lanish jarayonining avjlanishi va interleykin-17A ning giperekspressiyasi negizida anneksin A1 miqdorining o‘zgarishlarini aksial spondiloartritni erta tashhislashdagi ahamiyati asoslanganligi Namangan viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 10.01.2025-yildagi 25A/F-sonli buyrug‘i va Toshkent shahar 3-klinik shifoxonasi 11.01.2025-yildagi 4-sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 02-dekabrdagi №30/35-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: AS bilan og‘rigan bemorlarda immunologik yallig‘lanish oldi sitokinlari ko‘rsatkichlarini aniqlash orqali erta tashxislash va bashorat qilish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: AS bilan ogrigan bemorlar umurtqa pog‘onasi va sakro-ileal birikmada tuzilmaviy buzilishi darajasini erta tashxislashda yallig‘lanish oldi sitokinlarining faollanish darajasini aniqlash orqali bemorlarning shifoxonada davolanish kunlarini qisqartirish, tashxislash va davolashga sarflanadigan mablag‘larni tejashga erishilgan. Xulosa: oilaviy shifokor va revmatologlar uchun AS da umurtqa pog‘onasidagi tuzilmaviy buzilishlarni erta aniqlash imkonini beradi. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: aksial spondiloartritda anneksin A1 darajasiga nisbatan asosiy dori vositalarni tanlash usuli ishlab chiqilgan hamda uning umurtqa pog‘onasi tuzilmasi va sakro-ileal birikmadagi remodellanish jarayonini oldini olishdagi o‘rni asoslanganligi Namangan viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 10.01.2025-yildagi 25A/F-sonli buyrug‘i va Toshkent shahar 3-klinik shifoxonasi 11.01.2025-yildagi 4-sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 02-dekabrdagi №30/35-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: aksial spondiloartritning norentgenologik boskichida dastlabki tuzulmaviy uzgarishlarni erta aniqlash, klinik holatni kuzatish hamda individual terapevtik yondashuvni belgilash imkonini yaratadi va anneksin A1 ko‘rsatkichlarini klinik amaliyotga joriy etish aksial spondiloartritning tizimli ko‘rinishlarini erta bosqichda aniqlash va kasallikni boshqarish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: ko‘rsatkichlarni klinik amaliyotga joriy etish bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, umurtka va sakroileal birikmasida tuzulmaviy uzgarishlar davrini uzaytirish va ijtimoiy faolligini tiklash imkonini beradi. Xulosa: AS bilan kasallangan bemorlarning qon zardobida ANXA1 darajasiga nisbatan umurtqadagi erta remodellanishini oldini olishga qaratilgan davolash usulining imkoniyatlari kengaytiradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish