Abdullaeva Gulbahor Nuriddinovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Ingliz va o‘zbek tillarida “vafo” konseptining kognitiv-semantik va struktur xususiyatlari”, 10.00.06 – «Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik» (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3441.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Murodova Nigora Qulievna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.04.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Tleumuratov Genjemurat,  filologiya fanlari nomzodi, dotsent;  Fayzulloev Otabek Muxamadovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Qarshi davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “loyalty/vafo” konseptining turli madaniy modellardagi strukturasi, universal va differensial, kognitiv-semantik mohiyati hamda zamonaviy diskurslardagi o‘ziga xosliklarini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillarida “loyalty/vafo” konseptining badiiy tafakkur mahsuli sifatida ijtimoiy ong, axloqiy qadriyatlar va tolerantlik paradigmasi bilan aloqador holda shakllanishi, individual ijodkor matnida lisoniy voqelanish jarayonida kognitiv  konsept bilan badiiy konsept o‘rtasidagi qarama-qarshilik obektivlik va subektivlik, umumiylik va individuallik mezonlari asosida namoyon bo‘lishi isbotlangan;
ingliz va o‘zbek tillarida “loyalty/vafo” konseptining kognitiv-semantik tabiati va ichki strukturasini aniqlashga xizmat qiluvchi me’zonlar tizimi ishlab chiqilgan hamda ushbu tizim doirasida konseptning semantik maydoni, obrazlilik darajasi, didaktik yo‘nalishi va funksional yuklamasi kabi farqlovchi belgilari asoslab berilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi “loyalty/vafo” konseptining matnga xos intertekstual aloqalar, kontekstual sharoit, shakl va mazmun uyg‘unligi yoki nomutanosibligi, tillararo strukturaviy, sistemaviy va funksional assimetriya kabi omillar ta’sirida shakllanuvchi birlamchi jihatlari aniqlangan;
inson tafakkurida konseptual tizimning shakllanish jarayonida lisoniy komponent muayyan konseptning obrazli, semantik va assotsiativ qatlamlarini yuzaga chiqaruvchi asosiy komponent sifatida namoyon bo‘lishi, mazkur konseptning yadro va periferik qatlamlarida mujassamlashgan bilimlar, tasavvurlar hamda g‘oyalar majmuasi milliy mentalitet, madaniy-tarixiy an’ana va individual tajriba bilan uzviy bog‘liqlikda shakllanishi ilmiy jihatdan dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Muammoni o‘rganish davomida olingan natijalarga asoslanib: 
ingliz va o‘zbek tillarida “loyalty/vafo” konseptining badiiy tafakkur mahsuli sifatida ijtimoiy ong, axloqiy qadriyatlar va tolerantlik paradigmasi bilan aloqador holda shakllanishi, individual ijodkor matnida lisoniy voqelanish jarayonida kognitiv  konsept bilan badiiy konsept oppozisiyasining asosi obektivlik/subektivlik, umuminsoniylik/individuallik mezonlariga oid xulosalaridan 2021-2023-yillarda bajarilgan “Qoraqalpoq folklorida  olamning etnolingvistik tasviri” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 7-noyabrdagi 720/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz va o‘zbek adabiy matnlarida “loyalty/vafo” konseptining turli tafakkur qatlamlarida namoyon bo‘lish mexanizmlarini aniqlash imkonini bergan; 
ingliz va o‘zbek tillarida “loyalty/vafo” konseptining kognitiv-semantik tabiati va ichki strukturasini aniqlashga xizmat qiluvchi me’zonlar tizimi ishlab chiqilganligi hamda ushbu tizim doirasida konseptning semantik maydoni, obrazlilik darajasi, didaktik yo‘nalishi va funksional yuklamasi kabi farqlovchi belgilariga doir xulosalardan Germaniya akademik almashinuv xizmati DAAD tomonidan moliyalashtirilgan ID-5763348-son European Perspectives in Dialogue: Central Asia and Western Research – Muloqotda Evropa istiqbollari: Markaziy Osiyo va G‘arb tadqiqotlari” nomli loyiha doirasida foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2024-yil 30-oktyabrdagi 01-02/146-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz va o‘zbek tillarida mazkur konseptning mazmuniy qatlamlari va ichki tashkil topish mexanizmlarini tizimli tavsiflash imkonini beruvchi tahliliy mezonlar samaradorligi tasdiqlangan; 
ingliz va o‘zbek tillaridagi “loyalty/vafo” konseptining matnga xos intertekstual aloqalar, kontekstual sharoit, shakl va mazmun uyg‘unligi yoki nomutanosibligi, tillararo strukturaviy, sistemaviy va funksional assimetriya kabi omillar ta’sirida shakllanuvchi birlamchi jihatlari kabi xulosalaridan 2021-2023-yillarda bajarilgan PF-201912258 raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 29-dekabrdagi 04/1-6379-son ma’lumotnomasi). Natijada, konseptual tafakkur tarkibida til birliklarining faqat nominativ vazifa bilan cheklanmay, mazmuniy tuzilmani shakllantiruvchi faol mexanizm sifatida ishtirok etishi ko‘rsatilgan;
inson tafakkurida konseptual tizimning shakllanish jarayonida lisoniy komponent muayyan konseptning obrazli, semantik va assotsiativ qatlamlarini yuzaga chiqaruvchi asosiy komponent sifatida namoyon bo‘lishi, mazkur konseptning yadro va periferik qatlamlarida mujassamlashgan bilimlar, tasavvurlar hamda g‘oyalar majmuasi milliy mentalitet, madaniy-tarixiy an’ana va individual tajriba bilan uzviy bog‘liqlikda shakllanishi haqidagi xulosalardan Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining “Adabiyot va hayot”, “Jarayon” singari turkum ko‘rsatuvlarining tegishli sonlarida, “Assalom, yangi kun” tonggi dasturida, Navoiy viloyat radiosi orqali efirga uzatilgan “Nazm va navo”, “O‘zbek adabiyoti” eshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (Navoiy viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 4-iyundagi 01-11/79-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz va o‘zbek badiiy matnlarida mazkur konseptning voqelanishi matn ichki tuzilmasi va kommunikativ sharoit bilan chambarchas bog‘liq ekanligini ko‘rsatilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish