Djumamuratov Kuanıshbay Azatbay ulıning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Frazeologik birliklar tarkibidagi kolorativ birliklarning lingvomadaniy xususiyatlari (ingliz va qoraqalpoq tillari misolida)”, 10.00.06 – «Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik» (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Fil5666.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Seytjanov Jetkerbay Elubaevich, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.04.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Alniyazov Aytmurat Ismailovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Xudaybergenov Azamat Abdixalikovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va qoraqalpoq tillaridagi frazeologik birliklar tarkibidagi kolorativ birliklarning lingvomadaniy xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va qoraqalpoq tillaridagi rang komponentiga ega frazeologik birliklar lingvomadaniy, aksiologik hamda semantik jihatdan har tomonlama qiyosiy asoslab berilgan;
rang komponentli frazeologizmlarning semantik tahliliga qo‘shimcha ravishda ularning madaniy konnotatsiyasi va ijtimoiy semantik yuklamalari ochib berilgan;
ingliz va qoraqalpoq tillarida rang komponentli frazeologizmlarning tarjimasida yuzaga keladigan madaniy farqlar amaliy jihatdan o‘rganilib, aniq misollar asosida dalillangan;
rang komponentli frazeologizmlarni tasniflashning yangi lingvomadaniy usuli ishlab chiqilgan bo‘lib, uning samaradorligi tarjimada frazeologik birliklarning ekvivalentlarini aniqlash orqali isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Muammoni o‘rganish davomida olingan natijalarga asoslanib:
ingliz va qoraqalpoq tillaridagi rang komponentiga ega frazeologik birliklar lingvomadaniy, aksiologik hamda semantik jihatdan har tomonlama qiyosiy asoslab berilganligi hamda rang komponentli frazeologizmlarni tasniflashning yangi lingvomadaniy usuli ishlab chiqilgan bo‘lib, uning samaradorligi tarjimada frazeologik birliklarning ekvivalentlarini aniqlash orqali isbotlanganligi haqidagi ma’lumotlardan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyida foydalanilgan (Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyining 2025-yil 18-iyun 01-02/03-138-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur muzeyining eksponatlari ta’riflari ingliz va qoraqalpoq tillarida rang komponentli frazeologizmlarning tarjimasida yuzaga keladigan madaniy farqlari asosidagi dalillardan olingan yangi ma’lumotlar bilan qayta ishlab chiqilgan;
rang komponentli frazeologizmlarning semantik tahliliga qo‘shimcha ravishda ularning madaniy konnotatsiyasi va ijtimoiy-semantik yuklamalari haqidagi natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan “Qoraqalpoq folklorida olamning etnolingvistik tasviri” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 11-iyundagi 329/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘rganilayotgan tillarning tili va madaniyatidagi frazeologizmlarning semantik tahliliga qo‘shimcha ravishda ularning madaniy konnotatsiyasi va ijtimoiy-semantik yuklamalari haqidagi ma’lumotlar kengaytirilgan;
ingliz va qoraqalpoq tillarida rang komponentli frazeologizmlarning tarjimasida yuzaga keladigan madaniy farqlar amaliy jihatlari o‘rganilganligi haqidagi ma’lumotlar Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining “Til baylıǵı – el baylıǵı”, “Tilge itibar elge itibar” eshittirishlarida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2025-yil 10-iyundagi 05-22/348-son ma’lumotnomasi). Natijada, dastur tinglovchilariga rang komponentli frazeologizmlarning madaniy farqlari misollar asosida isbotlanganligi haqida ma’lumot berildi, shu bilan birga, ularning xorijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyasi oshirilgan.