Babadjanova Ayzada Bayram qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Ingliz va qoraqalpoq tillaridagi “Family/Shańaraq” konseptining lingvomadaniy tahlili” 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3826.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Usenova Gulmira Abillaevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.04.07. Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kuldashev Akramjon Maxmudovich, filologiya fanlari doktorı (DSc), professor; Gazizova Liliya Gumarovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot nomi: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.                

II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va qoraqalpoq tillarida “Family/Shańaraq” konseptining lingvomadaniy xususiyatlari va mazkur konseptining aksiologik mazmunini aniqlashdan iborat. 

 III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:    
ingliz va qoraqalpoq tillarida “Family/Shańaraq” konsepti doirasidagi qarindoshlik atamalarining leksik-semantik maydoni qiyosiy aspektda tizimli ravishda o‘rganilib, ularni vertikal va gorizontal ma’no tuzilishi, denotativ va konnotativ komponentlari, tarixiy-etimologik qatlamlari aniqlangan va har ikki tilda qarindoshlik munosabatlarining konseptual modellari ishlab chiqilgan;
ingliz va qoraqalpoq tillarida “Family/Shańaraq” konseptining aksiologik mazmuni konseptual tahlil asosida qiyosiy jihatdan ochib berilgan, konsept tarkibidagi umuminsoniy va milliy-madaniy qadriyatlar aniqlanib, ularning lingvomadaniy o‘xshash va farqli xususiyatlari ilmiy jihatdan asoslab berilgan;
ingliz va qoraqalpoq tillarida “Family/Shańaraq” konseptini verballashtiruvchi frazeologizmlarning leksik-semantik jihatdan allomorf, lingvomadaniy jihatdan universal o‘ziga xos komponentlarining izomorf xususiyatlari o‘rganilib, ularning semantik-motivlashuv xususiyatlari, obrazlilik darajasi va milliy koloritini belgilab beruvchi lingvokulturologik omillar aniqlangan;
ingliz va qoraqalpoq tillarida “Family/Shańaraq” konsepti bilan bog‘liq paremiyalar qiyosiy-paremiologik yo‘nalishda kompleks tadqiq qilinib, ularning leksik-semantik va pragmatik xususiyatlari ochib berilgan hamda mavzuviy-semantik guruhlar asosida tizimlashtirilib, olamning oilaviy manzarasini shakllantirishdagi funksional ahamiyati asoslangan.                
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va qoraqalpoq tillaridagi “Family/Shańaraq” konseptini lingvomadaniy tahlil qilishga doir olib borilgan tadqiqotlar natijasida:
ingliz va qoraqalpoq tillarida “Family/Shańaraq” konsepti doirasidagi qarindoshlik atamalarining leksik-semantik maydoni qiyosiy aspektda tizimli ravishda o‘rganilib, ularni vertikal va gorizontal ma’no tuzilishi, denotativ va konnotativ komponentlari, tarixiy-etimologik qatlamlari aniqlangan va har ikki tilda qarindoshlik munosabatlarining konseptual modellariga oid ishlab chiqilgan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq guminitar fanlar ilmiy-tadqoqot institutida 2021-2023-yillari “Qoraqalpoq og‘zaki nasri (janrlar tuzilishi, genezisi, obrazlar tizimi, syujet va motivlari, poetikasi)” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq guminitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 2-oktyabrdagi 592/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur loyiha doirasida yaratilgan o‘quv qo‘llanmalarini ishlab chiqishda yangi yondashuvlar asosida qarindoshlik atamalarining leksik-semantik belgilarini aniqlashga erishilgan;
ingliz va qoraqalpoq tillarida “Family/Shańaraq” konseptining aksiologik mazmuni konseptual tahliliga, konsept tarkibidagi umuminsoniy va milliy-madaniy qadriyatlar aniqlanib, ularning lingvomadaniy o‘xshash va farqli xususiyatlariga oid ma’lumotlardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokanali tomonidan “Qayırlı tań” eshittirishini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokanalining 2025-yil 8-sentyabrdagi 05-22/419-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz va qoraqalpoq xalqlaridagi oila bilan bog‘liq milliy-madaniy qadriyatlar haqidagi ma’lumotlar radioeshittirishlarning ilmiy-ommabopligini ta’minlagan, tinglovchilarning qiziqishlari orttirilgan;
ingliz va qoraqalpoq tillarida “Family/Shańaraq” konseptini verballashtiruvchi frazeologizmlarning leksik-semantik jihatdan allomorf, lingvomadaniy jihatdan universal o‘ziga xos komponentlarining izomorf xususiyatlari o‘rganilib, ularning semantik-motivlashuv xususiyatlari, obrazlilik darajasi va milliy koloritini belgilab beruvchi lingvokulturologik omillarga doir xulosalaridan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyida qoraqalpoq xalqining milliy urf-odatlari va an’analari bo‘yicha ko‘rgazma va ekskursiya jarayonlarida, muzeyga tashrif buyurgan mehmonlarga milliy koloritni ochib berishda foydalanilgan (Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyining 2025-yil 9-sentyabrdagi №01-02.03-180-son ma’lumotnomasi). Natijada, muzeyga kelgan mehmonlarni qoraqalpoq xalqiga xos oilaviy an’analar bilan yaqindan tanishtirishda va milliy urf-odatlarimiz o‘z aksini topgan ko‘rgazmalarning ssenariylarini tayyorlashda xizmat qilgan;
ingliz va qoraqalpoq tillarida “Family/Shańaraq” konsepti bilan bog‘liq paremiyalar qiyosiy-paremiologik yo‘nalishda kompleks tadqiq qilinib, ularning leksik-semantik va pragmatik xususiyatlarga  hamda mavzuviy-semantik guruhlar asosida tizimlashtirilib, olamning oilaviy manzarasini shakllantirishdagi funksional ahamiyatiga oid belgilangan ma’lumotlardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamentining 2025-yilga mo‘ljallangan ish rejasini ichlab chiqishda va mazkur rejaning 9, 11, 13-bandlarini tayyorlashda samarali foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi  Davlat tilini rivojlantirish departamentining 2025-yil 14-oktyabrdagi 11.06/05.10/120-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz va qoraqalpoq tillaridagi “Family/Shańaraq” konsepti bilan bog‘liq paremiyalar dunyoning oilaviy manzarasini shakllantirishda alohida ahamiyatga egaligi va ularni tarjima qilishda samarali foydalanilishi qayd etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish