Avezov Mardonbek Abdullaevich
Pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamli texnologiyalar muhitida malaka amaliyot jarayonlarini pedagogik loyihalashtirish”, 13.00.06 – Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6832.
Ilmiy rahbar: Otepbergenov Jetkerbay Saqbergenovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.01/2025.27.12.Ped.09.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ibraimov Askar Esbosinovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Ashirova Anorgul Ismoilovna, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
II.Tadqiqotning maqsadi raqamli texnologiyalar muhitida malaka amaliyot jarayonlarini pedagogik loyihalashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqamli texnologiyalar muhitida malaka amaliyotining pedagogik jihatdan loyihalashtirilish imkoniyatlari mobil ilovalar va virtual simulyasiya vositalari orqali amaliy tajribaga yo‘naltirilgan holda tashkil etilishi va interaktiv (metodik, didaktik, shaxsiy) refleksiya orqali faoliyat monitoringining uzlyuksiz amalga oshirilishi sharoitida aniqlangan;
malaka amaliyot jarayonlarini loyihalashtirilish modeli talabalarning mustaqil ishlash shaxsiy traektoriyasini erkin tanlash, raqamli portfolio natijalarini ijodiy talqin etish va avtomatik baholash tizimi orqali dinamik o‘sishini kuzatib borish asosida takomillashtirilgan;
malaka amaliyot jarayonini loyihalashtirish va o‘tkazish metodikasi virtual laboratoriyalarida muhokama maydonlarini onlayn-oflayn tahlil shaklini o‘zaro birlashtirish, virtual muhitda interaktiv muloqot bilan tajriba almashishni amalga oshirish asosida takomillashtirilgan;
raqamli texnologiyalar muhitida malaka amaliyot jarayonlarini pedagogik loyihalashtirish metodikasi samaradorligi “o‘z-o‘zini baholash”, “formativ baholash”, “rubkira” va shaxsiy mas’uliyat hissini refleksiv shaffof baholash hamda bilimlarni individuallashtirish, shaxsiy traektoriyani talabalar qiziqishiga moslashtirish asosida aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli texnologiyalar muhitida malaka amaliyot jarayonlarini pedagogik loyihalashtirish bo‘yicha ta’minotni yaratish va undan o‘quv jarayonida foydalanish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
raqamli texnologiyalar muhitida malaka amaliyot jarayonlarini pedagogik loyihalashtirishning imkoniyatlari mobil ilova va virtual simulyasiya vositalari orqali amaliy tajribaga yo‘naltirilgan tarzda tashkil etish va interaktiv refleksiya orqali faoliyat monitoringini uzlyuksiz olib borish intensiv sharoit yaratish asosida aniqlshga oid takliflar “Zamanagóy programmalastırıw tilleri” nomli o‘quv qo‘llanma matematika va informatika bakalavriat ta’lim yo‘nalishi malaka talablari mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-son buyrug‘i, 391183-raqamli guvohnoma). Natijada talabalar o‘zlashtirgan nazariy bilimlar va egallangan ko‘nikmalarni qayd etishning zamonaviy texnalogiyalarga asoslangan tizimini joriy etishga zamin yaratilgan;
malaka amaliyot jarayonlarini loyihalashtirish modeli talabalarning mustaqil ishlash shaxsiy traektoriyasini erkin tanlash, raqamli portfolio natijalarini ijodiy talqin etish va avtomatik baholash tizimi orqali dinamik o‘sishini kuzatib borish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Tálimde informaciyalıq texnologiyalar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-son buyrug‘i, 154956-raqamli guvohnoma). Natijada, ta’lim mazmuni takomillashtirilgan hamda matematika va informatika ta’lim yo‘nalishi talabalarining bilim va amaliy ko‘nikmalari darajalari oshgan;
raqamli texnologiyalar muhitida malaka amaliyot jarayonlarini pedagogik loyihalashtirish metodikasi samaradorligi “o‘z-o‘zini baholash”, “formativ baholash”, “rubkira” va shaxsiy mas’uliyat hissini refleksiv shaffof baholash hamda bilimlarni individuallashtirish, shaxsiy traektoriyani talabalar qiziqishiga moslashtirish asosida aniqlanga oid takliflar “Zamanagóy programmalastırıw tilleri” nomli o‘quv qo‘llanma matematika va informatika bakalavriat ta’lim yo‘nalishi malaka talablari mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-son buyrug‘i, 391183-raqamli guvohnoma). Natijada talabalar tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy bilimlar hamda egallangan amaliy ko‘nikmalarni qayd etish va baholashning zamonaviy raqamli texnologiyalarga asoslangan tizimini joriy etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan.