Orinbetov Nurilla Turdimuratovich
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Integrativ yondashuv asosida talabalarning kasbiy kompetentligini takomillashtirish metodikasi (texnologik ta’lim yo‘nalishi misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Ped277.
Ilmiy maslahatchi: Nasriddinov Komiljon Rahmatovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.01/2025.27.12. Ped.09.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Sanjar Urinbayovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Qo‘ysinov Odil Almurotovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Reymov Kamal Mambetkarimovich, texnika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
II.Tadqiqotning maqsadi: pedagogika oliy ta’lim muassasalarida integrativ yondashuv asosida talabalarning kasbiy kompetentligini takomillashtirish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
pedagogik oliy ta’lim muassasalarida integrativ yondashuvga asoslangan o‘qitish modeli informatsion, tizimli va integrativ yondashuvlar asosida kasbiy faoliyatga vizual loyihalashtirish hamda tamoyillar (didaktik, metodik, psixologik-pedagogik, texnologik) va vositalar (dasturiy, texnik, metodik)dan iborat ta’limiy resurslarni kasbiy faoliyatga transformatsiyalashning tarkibiy tuzilmasi va funksional talablari uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
pedagogik oliy ta’lim muassasalarida talabalarni fanlararo integrativ yondashuv asosida kasbiy faoliyatga tayyorlashning mobil-didaktik ta’minoti ilmiy va metodologik yondashuvlar hamda “ONTEXNO” nomli veb-ilova texnologiyalari ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
integrativ yondashuv asosida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining texnik va texnologik kompetentligini rivojlantirish metodikasi motivatsion, kognitiv, faoliyatli va refleksivlik kabi kasbiy kompetentlik ko‘rsatkichlari hamda kasbga e’tiqodni rivojlantirish texnologiyasiga tizimli yondashuv asosida takomillashtirilgan;
zaruriy texnik va texnologik kasbiy kompetentlikni rivojlantirishga qaratilgan “Loyihalash” metodi (“Project method”), “Scamper” metodi (“Scamper method”) kabi o‘qitish texnologiyalari, shuningdek interfaol ta’lim metodlari va shakllarining integratsiyasini ta’minlash metodikasi integratsiyaning turli darajalaridan foydalanish orqali o‘quv jarayonini integrativ tashkil etish metodikasini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
texnologik ta’lim yo‘nalishida integrativ yondashuv asoslariga ta’sir etuvchi ob’ektiv qonuniyatlar, ta’lim vazifalari, bilimlar sintezi, ta’lim jarayoni va mazmuni birligi kabi omillarni o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash natijasida o‘quv jarayoni samaradorligiga erishish uchun integratsiyaning fanlararo va mavzulararo integratsiyasi kabi ko‘rinishlaridan foydalanish imkoniyatlari aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Integrativ yondashuv asosida talabalarning kasbiy kompetentligini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
pedagogik oliy ta’lim muassasalarida integrativ yondashuvga asoslangan o‘qitish modeli informatsion, tizimli va integrativ yondashuvlar asosida kasbiy faoliyatga vizual loyihalashtirish hamda tamoyillar (didaktik, metodik, psixologik-pedagogik, texnologik) va vositalar (dasturiy, texnik, metodik) dan iborat ta’limiy resurslarni kasbiy faoliyatga transformatsiyalashning tarkibiy tuzilmasi va funksional talablari uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflardan “Elektrotexnika hám radioelektronika tiykarları” nomli darslikni yaratishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil
19 iyuldagi 233-sonli buyrug‘i, 233-0897 raqamli guvohnoma). Natijada, texnologik ta’lim sohasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashda umumkasbiy va ixtisoslik fanlarining o‘qitish samaradorligini oshirishga erishilgan;
pedagogik oliy ta’lim muassasalarida talabalarni fanlararo integrativ yondashuv asosida kasbiy faoliyatga tayyorlashning mobil-didaktik ta’minoti ilmiy va metodologik yondashuvlar hamda “ONTEXNO” nomli veb-ilova texnologiyalari ishlab chiqish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan “Robototexnika tiykarları” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 22 dekabrdagi 537-sonli buyrug‘i, 537429 raqamli guvohnoma). Natijada, o‘quv jarayonida elektron axborot-ta’lim muhiti vositalaridan foydalanishni tavsiflovchi raqamli texnologiyalarning vizual vositalari tizimini yaratish imkoni yaratilgan.
integrativ yondashuv asosida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining texnik va texnologik kompetentligini rivojlantirish metodikasi motivatsion, kognitiv, faoliyatli va refleksivlik kabi kasbiy kompetentlik ko‘rsatkichlari hamda kasbga e’tiqodni rivojlantirish texnologiyasiga tizimli yondashuv asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalardan “Robototexnika tiykarları” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 22 dekabrdagi 537-sonli buyrug‘i, 537429 raqamli guvohnoma). Natijada, talabalarda texnik va texnologik kompetentlik asosida kasbiy kompetentlikni rivojlantirishga xizmat qilgan.
zaruriy texnik va texnologik kasbiy kompetentlikni rivojlantirishga qaratilgan “Loyihalash” metodi (“Project method”), “Scamper” metodi (“Scamper method”) kabi o‘qitish texnologiyalari, shuningdek interfaol ta’lim metodlari va shakllarining integratsiyasini ta’minlash metodikasi integratsiyaning turli darajalaridan foydalanish orqali o‘quv jarayonini integrativ tashkil etish metodikasini ishlab chiqish asosida takomillashtirishga oid takliflardan “Úy-ruwzıgershilik tiykarları” darsligi mazmuniga kiritilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 09 sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘i, 302-0873 raqamli guvohnoma). Natijada, metodika talabalarda motivatsiya, amaliy ko‘nikma va kasbiy kompetentlikni shakllantirishga xizmat qilgan;
texnologik ta’lim yo‘nalishida integrativ yondashuv asoslariga ta’sir etuvchi ob’ektiv qonuniyatlar, ta’lim vazifalari, bilimlar sintezi, ta’lim jarayoni va mazmuni birligi kabi omillarni o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash natijasida o‘quv jarayoni samaradorligiga erishish uchun integratsiyaning fanlararo va mavzulararo integratsiyasi kabi ko‘rinishlaridan foydalanish imkoniyatlarini aniqlashtirishga oid takliflardan “Texnologiya hám dizayn” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 01 martdagi
110-sonli buyrug‘i, 110-077 raqamli guvohnoma). Natijada, ta’lim sharoitida bo‘lajak pedagoglarning texnik va texnologik kompetentligini rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan.