Bekniyazov Qonisbay Isakovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Bo‘lajak boshlang‘ish sinf o‘qituvshilarining kasbiy-gnostik kompetentligini rivojlantirish metodikasi” (Qoraqalpoq tilini o‘qitish jarayoni misolida), 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.DSc/Ped1000.
Ilmiy maslahatshining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Utebaev Tajibay Tileumuratovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qori-Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Seytkasimov Dawletnazar Beknazarovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Raximov Baxtiyor Xudayberdievich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Sarsenbaeva Zoya Janabaevna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Buxara davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Bo‘lajak boshlang‘ish sinf o‘qituvshilarining kasbiy-gnostik kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
problem-based learning (muammoli ta’lim) yondashuvi va diagnostik tahlil vositasida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy-gnostik faoliyatga tayyorligini ifodalovchi gnostik kompetentlik konsepti ilmiy jihatdan asoslanib, o‘qituvchining o‘z faoliyatini tahlil qilish, baholash va tuzatish imkonini beradigan kompetentlik tizimi sifatida qaralib, uning tarkibida kognitiv (bilim), shaxsiy-refleksiv (o‘zini anglash) va faoliyatga oid (amaliy) komponentlari aniqlashtirilgan, shuningdek, kompetentlikning asosiy tayanch omillari sifatida talabaning kognitiv-uslubiy xususiyatlari (analitik fikrlash, gnostik tafakkur) hamda ijtimoiy-perseptiv sifatlari (kuzatuvchanlik, pedagogik sezgirlik, empatiya)ning roli ochib berilgan;
ilk bor qoraqalpoq tili konteksti ta’lim muhitida project-based learning (loyihaga asoslangan) tamoyili metodik jarayonning markaziy yo‘nalishi va uning kasbiy-gnostik kompetentlikni oshirishdagi roli integrativ element sifatida belgilanib, interfaol, modellashtirish, personality-oriented learning (shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim), debat, brainstorming hamda muammoga yo‘naltirilgan yondashuvlar bir-biri bilan uyg‘unlashtirilib, gnostik ko‘nikmalarni uzviy va izchil rivojlantiruvchi tizim integratsiyalashgan holda pedagogik jarayonda takomillashtirilgan;
case-study (keys-stadi) metodi orqali kasbiy-gnostik kompetentlikning shakllanganlik darajasini aniqlash uchun uning baholash mezonlari va diagnostik indikatorlar tizimi klassifikatsiya qilinib, mazkur tizimda motiv va gnostik ko‘nikmalari, kreativ yondashuv, kognitiv fikrlash hamda refleksiya kabi ko‘rsatkichlar yagona strukturada jamlanganligi, shuningdek, kasbiy-gnostik kompetentlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi ta’lim imkoniyatlari hamda didaktik mezonlari (motivatsion, baholovchi, o‘zini tahlil qiluvchi) aniqlashtirilib, ularning amaliy samaradorligi tajriba natijalari asosida ilmiy jihatdan asoslab berilgan;
modellashtirish (modeling), interfaol, shaxsga yo‘naltirilgan va faoliyatga asoslangan kompetensiyaviy yondashuvlar asosida qoraqalpoq tilini o‘qitish kontekstida kasbiy-gnostik kompetentligini rivojlantiruvchi metodik texnologiya ilmiy jihatdan asoslab berilib, talabaning kognitiv-uslubiy va ijtimoiy-perseptiv sifatlarini rivojlantirish mexanizmlari hamda “tahlil–baholash–tuzatish” konsepsiyasi va uning mantiqiy ketma-ketligi tizimlashtirilib, pedagogik jarayonning takomillashtirilgan (oltita asosiy blokdan iborat) modeli ishlab chiqilgan.
kasbiy-gnostik kompetensiyalarni rivojlantirishda raqamli ta’lim platformalari: Udemy, FutureLearn, National Professional Development Platform, Duolingo, LingQ, Quizlet, Coursera, Memrise bilan integratsiyalashgan texnologiyaning samaradorligi amaliy jihatdan asoslab berilib, real dars jarayoni uchun autentik topshiriqlar tizimi va ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilib, raqamli-didaktik muhit yaratilgan hamda gnostik kompetensiyani rivojlantirishning axborot-didaktik ta’minoti boyitilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ish sinf o‘qituvshilarining kasbiy-gnostik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning ahamiyati bo‘yisha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak boshlang‘ish sinf o‘qituvshilarining kasbiy-gnostik faoliyatini tahlil qilish, baholash va tuzatishga tayyorligini ifodalovchi gnostik kompetentlik mazmuni va tuzilishi, gnostik kompetentlik tarkibida kognitiv, shaxsiy va faoliyat komponentlarini tavsiflashga oid taklif va tavsiyalardan “Boshlsng‘ich sinflarda ona tilin o‘qitich metodikasi” nomli darslik ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2018-yil 27-martdagi 274-sonli buyrug‘i, 274-002-raqamli guvohnoma). Natijada, gnostik kompetentlik tushunchasining mazmuni kognitiv-uslubiy xususiyatlar va ijtimoiy-perseptiv sifatlari aniqlashtirilib, Kasbiy-gnostik kompetensiyaning tarkibiy tuzilmasi birinchi marotaba boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun kognitiv, shaxsiy va reflektiv-kommunikativ komponentlar asosida tizimli ravishda asoslab berildi.
talabalarning kasbiy-gnostik kompetentligini oshirish tuzilmasining tashkiliy va funksional komponentlari mazmuni, mezonlari: o‘quv va kasbiy faoliyatga qiziqishning mavjudligi, tahlil qilish, baholash va tuzatish, ijodkorlik, kognitiv-uslubiy xususiyatlarini ifodalashga oid taklif va tavsiyalardan “O‘qituvchining nutq madanyati” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-sonli buyrug‘i, 232-217-raqamli guvohnoma). Natijada, kasbiy-gnostik kompetensiyani shakllantirishga xizmat qiluvchi pedagogik sharoitlar va didaktik mezonlar tizimi (motivatsion, baholovchi, o‘zini tahlil qiluvchi) va ularning samaradorligi aniqlashtirilgan;
qoraqalpoq tili kontekstida talabalarning kasbiy-gnostik kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik va didaktik shart-sharoitlari o‘rganilib, shaxsga yo‘naltirilgan va faoliyatga asoslangan kompetensiyaviy yondashuvlar asosida metodik texnologiyasini rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining “FZ-2016-0908165532 raqamli “Qoraqalpoq tilini o‘qitishni takomillashtirishning nazariyasi-uslubi asoslarini kompleks tadqiq etish va kompetensiyasini ishlab chiqish” nomli amaliy loyihasida foydalanilgan (2025-yil 9-iyul 302-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kompetensiyaviy yondashuvlar asosida kasbiy-gnostik kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik jarayon modeli pedagogik oltita asosiy blok va motivatsion-qadriyatli komponent; mazmuniy-faoliyatli komponent; metodik-jarayonli; natijaviy-baholash komponentlari asosida takomillashtirilgan;
professional kasbiy-gnostik kompetensiyani oshirishda ijtimoiy faollik, kommunikativ ko‘nikmalari integrativ element sifatida asoslab berilib, ta’limiy muhit maqsadli loyihalash mantiqiga ustuvorlik berish hamda ta’lim jarayoniga interfaol (interactive), modellashtirish (modeling), shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim (personality-oriented learning), loyihaviy (project-based), keys stadi (case-study), guruhli munozara (group discussion), aqliy hujum (brainstorming) va muammoga yo‘naltirilgan (problem-based) metodlarini integratsiyalashtirishga oid taklif va tavsiyalardan “Boshlsng‘ich sinflarda ona tilin o‘qitich metodikasi” nomli darslik ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2018-yil 27-martdagi 274-sonli buyrug‘i, 274-002-raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy-gnostik kompetensiyasini rivojlantirishda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va reflektiv tahliliy metodlarning integratsiyasi asosida metodologik yondashuv optimallashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ish sinf o‘qituvshilarining kasbiy-gnostik ko‘nikmalarini rivojlantirishning integratsiyalashgan texnologiyasining samaradorligi raqamli ta’lim platformalari (Udemy, Future Learn, National Professional Development Platform, Duolinguo, LingQ, Quizlet, Coursera, memrise) vositasida takomillashtirishga oid ma’lumotlar “O‘qituvchining nutq madanyati” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-sonli buyrug‘i, 232-217-raqamli guvohnoma). Natijada, interfaol yondashuv va didaktik o‘yinlar texnologiyasi asosida talabalarning kasbiy malakasini rivojlantirishning axborot-didaktik ta’minoti boyitilgan hamda kasbiy-gnostik kompetentlikni rivojlantirish mexanizmlarining optimallashtirilishiga xizmat qilgan.