Kdirbaeva Ulzada Kayrbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Qoraqalpoq qahramonlik dostonlarining lingvopoetik tahlili (“Alpomish”, “Qirq qiz” va “Edige” dostonlari misolida)”, 10.00.03 – Qoraqalpoq tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B 2022.2.PhD/Fil2481.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Abdinazimov Shamshetdin Najimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.04.06.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Pirniyazova Alima Kudiyarovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Daniyarova Zamira Jenisbaevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qoraqalpoq qahramonlik dostonlari “Alpomish”, “Qirq qiz” va “Edige”ni lingvopoetik sathda tadqiq qilish orqali dostonlarda qo‘llangan til birliklarining poetik vazifalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
– qoraqalpoq qahramonlik dostonlarining lingvopoetik xususiyatlari ilk bor tadqiq etildi. Adabiy tilning og‘zaki turiga xos belgilar qahramonlik dostonlari materiallari asosida aniqlangan;
– qoraqalpoq qahramonlik dostonlari tilidagi kontekstual sinonimlar va antonimlar, frazeologizmlar hamda maqollar lingvopoetik tahlil asosida tizimlashtirilib, ularning epik matnda qahramon obrazini tasvirlash va ekspressivlikni ta’minlashdagi funksional xususiyatlari ochib berilgan;
– qoraqalpoq qahramonlik dostonlari tilidagi epitet, o‘xshatish va metaforalar tizimli tarzda tahlil qilinib, ularning qahramonlik mazmunini badiiy ifoda etish va milliy-etnomadaniy tasavvurlarni aks ettirishdagi poetik vazifalari misolllar bilan dalillangan;
– qoraqalpoq qahramonlik dostonlarida qo‘llanilgan sintaktik konstruksiyalar bevosita insonni, uning tafakkurini, tuyg‘ularini hamda dunyoni anglashini obrazli tarzda etkazish vositasi sifatida xizmat qiladi. Ushbu funksiyalarni bajarish jarayonida ularning inversiya, takror, gradatsiya va parallelizm kabi usullar yordamida amalga oshishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot bo‘yicha olingan natijalar asosida:
qoraqalpoq qahramonlik dostonlaridagi (“Alpomish”, “Qirq qiz” va “Edige”) fonopoetik birliklarning she’riy misralardagi badiiylikni ta’minlab kelishi, qahramonlar tilining individualligini ko‘rsatib berishga yo‘naltirilganligi bo‘yicha tegishli ilmiy-nazariy xulosalar asosida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog‘iston bo‘limida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat kengashining 2023-yil 23-fevraldagi 01-295-sonli ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2024-yil 25-dekabrdagi 01/13-183-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, xalqning qoraqalpoq qahramonlik dostonlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi oshirilib, unda ifodalangan til birliklarining poetik imkoniyatlarini tushuntirish ta’minlangan;
xalq baxshilari va jirovlar tomonidan fikrni ta’sirli va obrazli etkazish maqsadida so‘zlarning qo‘shimcha ma’nolarini bildirish uchun dostonlar tilida badiiy tasvir vositalaridan, xususan epitet, oʻxshatish va metaforadan keng foydalanilganligiga bog‘liq xulosalar Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasi tomonidan tayyorlanadigan “Tilga e’tibor – elga e’tibor”, “Ma’naviyat bo‘stoni” eshittirishlari, “Erkin fikr”, “Munosabat” madaniy-ma’rifiy ko‘rsatuvlari orqali keng jamoatchilikka taqdim etildi (Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2024-yil 1-iyuldagi 05-22/296-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, keng jamoatchilik orasida xalq og‘zaki ijodi, ya’ni dostonlar, ularning til xususiyatlari bo‘yicha tushuncha shakllatirishga erishilgan;
sintaktik qurilmalarning bevosita insonni, uning fikrlashini, his-tuyg‘ularini, xohish-istaklarini va olamni anglashini obrazli etkazish vositasi sifatida qoraqalpoq qahramonlik dostonlarida bajaradigan vazifalarini hisobga olgan holda, ular inversiya, takror, gradatsiya, parallelizm kabilar orqali ochib berilganligi bo‘yicha olingan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2022–2024-yillarda bajarilgan “Qoraqalpoq folklorida olamning etnolingvistik manzarasini monografik aspektda tahlil qilish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 25-dekabrdagi 623/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, olamning etnolingvistik manzarasini yaratishda qoraqalpoq qahramonlik dostonlarining yetakchi o‘rin egallashi dostonlar tilidagi lingvopoetik birliklarni o‘rganish orqali olingan ma’lumotlar bilan to‘ldirishga xizmat qilgan.