Tuxtaev Sirojiddin Toshpulatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Rus va o‘zbek tillarida saxiylikka oid paremiyalarning aksiologik xuxusiyatlari”; 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Fil5370
Ilmiy rahbar: Madjidova Ra’no Urishevna, filologiya fanlari doktori, professor 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti

Rasmiy opponentlar: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti filologiya fanlari doktori, professor; Ikromxonova Feruza Ikromovna, 
O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi filologiya fanlari doktori, professor. Durdona Sidikovna Xudayberganova, 
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti. 
II. Tadqiqotning maqsadi rus va o‘zbek tillaridagi saxiylikka oid paremiyalarning aksiologik xususiyatlarini, ularning umuminsoniy hamda milliy-madaniy qadriyatlar tizimidagi o‘rni va baholash mexanizmlaridagi o‘ziga xosliklarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
rus va o‘zbek paremiyalarida saxiylik konseptining berish semasi atrofida shakllangan markaziy komponentlarining rus tilida oliyjanoblik va ma’naviy go‘zallik, o‘zbek tilida esa halollik va insoniy kamolot bilan uyg‘unligi, ma’naviy saxiylik semalarini o‘z ichiga olgan periferik komponentlari esa rus tilida individual-shaxsiy fazilatlar, o‘zbek tilida jamoaviy qadriyatlar bilan uzviy bog‘langanligi asoslangan;
rus va o‘zbek tillaridagi saxiylikka oid paremiyalarning axloqiy-ma’naviy, ijtimoiy-pragmatik, diniy-falsafiy, oilaviy-maishiy hamda milliy-madaniy aksiologik kategoriyalarining mazmuniy yaxlitlik, tizimlilik, milliy o‘ziga xoslik, baholovchi modallik kabi tamoyillariga bog‘liq tizimli tasnifi ularning ijobiy, salbiy, o‘rtacha baholovchi yo‘nalishlari, shuningdek, baholash obektining xarakter, xulq-atvor, natija, ta’sir ko‘rsatish mezonlariga asoslanishi isbotlangan;
saxiylikning ijobiy, salbiy va mo‘tadil baholanish mexanizmlari leksik-semantik darajada rus tilida saxiylikning shaxsiy-ruhiy, o‘zbek tilida esa jamoaviy-ijtimoiy qirrada talqin qilinishi, grammatik darajada rus paremiyalarida individual xususiyatning, o‘zbek paremiyalarida jamoa bilan bog‘liq baholashning shakllanishi, stilistik darajada esa rus tilida ilohiylikka yo‘g‘rilgan romantik-psixologik, o‘zbek tilida ma’naviy-axloqiy va ijtimoiy ohangning namoyon bo‘lishi, pragmatik darajada esa rus tilida saxiylikning shaxsdagi axloqiy etukligi, o‘zbek tilida esa jamoaviy farovonlik va ma’naviy birlik bilan bog‘lanishi asoslangan;
saxiylik konseptini ifodalovchi rus paremiyalarida individual-ma’naviy jihatlar, shaxsiy qadr-qimmat va xristian qadriyatlariga xos rahm-shafqat hamda duo bilan bog‘liq tasavvurlar, o‘zbek paremiyalarida esa ijtimoiy-axloqiy yo‘nalishdagi qarashlar, jamoaviy manfaatga yo‘naltirilgan mazmun va islom ta’limotiga oid iymon, mukofot, baraka kabi qadriyatlarning ustuvorligi asosida dalillangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning nazariy takliflari, amaliy tavsiyalari va xulosalari quyidagi dasturlarda o‘z ifodasini topgan:
rus va o‘zbek paremiyalarida saxiylik konseptining mazmuniy tarkibi, strukturasi va paremiologik maydon tahlili asosida saxiylik konseptining berish semasi atrofida shakllangan markaziy komponentlari rus tilida oliyjanoblik va ma’naviy go‘zallik, o‘zbek tilida esa halollik va insoniy kamolot bilan uyg‘unligi, ma’naviy saxiylik semalarini o‘z ichiga olgan periferik komponentlari esa rus tilida individual-shaxsiy fazilatlar, o‘zbek tilida jamoaviy qadriyatlari bilan bog‘langanligiga oid xulosalardan Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus+ dasturining 2019-2022 yillarga mo‘ljallangan Project № 598340-ERP-1-2018-1-ES-ERRKA2-SVHE-JP University Cooperation Framework for Knowledge Transfer in Central Asia and China (UNICAC) nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universiteti Mirzo Ulug‘bek nomidagi universitetning 2025–yil 17–martdagi 04/11-3802–son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha materiallari paremiyalardagi «saxiylik» konseptining konseptual yadrosini amalga oshirishdagi o‘xshashlik va farqlar haqidagi ma’lumotlar bilan boyitildi, bu esa talabalar uchun madaniyatlararo muloqot masalalari bo‘yicha matnlar va topshiriqlar yaratishga xizmat qilgan;
rus va o‘zbek tillaridagi saxiylikka oid paremiyalarni tizimli tasnifi axloqiy-ma’naviy, ijtimoiy-pragmatik, diniy-falsafiy, oilaviy-maishiy hamda milliy-madaniy aksiologik kategoriyalarining mazmuniy yaxlitlik, tizimlilik, milliy o‘ziga xoslik, baholovchi modal’lik kabi tamoyillari asosida, ularning ijobiy, salbiy, o‘rtacha baholovchi yo‘nalishlari, shuningdek qadriyatlarni axloqiy, diniy, ijtimoiy, pragmatik, estetik baholash turlari – baholash obektining xarakter, xulq-atvor, natija, ta’sir ko‘rsatish mezonlari asosida chiqarilgan xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2016-2018 yillarda amalga oshirilgan Evropa Ittifoqining Erazmus+ dasturining 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2- CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va halqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025– yil 2–sentyabrdagi 2547/02–son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha materiallari paremiyalarning turlari va aksiologik kategoriyalari haqidagi ma’lumotlar bilan boyitildi, bu esa O‘zbekistonda oliy ta’lim jarayonlarini xalqarolashtirishda axloqiy-tarbiyaviy va ijtimoiy-pragmatik tamoyillarni tizimlashtirish imkonini bergan;
rus va o‘zbek paremiyalarida saxiylikning ijobiy, salbiy va mo‘tadil baholanish mexanizmlari leksik-semantik darajada rus tilida saxiylikning shaxsiy-ruhiy, o‘zbek tilida esa jamoaviy-ijtimoiy qirrada talqin qilinishi, grammatik darajada rus paremiyalarida individual xususiyatning, o‘zbek paremiyalarida jamoa bilan bog‘liq baholashning shakllanishi, stilistik darajada esa rus tilida ilohiylikka yo‘g‘rilgan romantik-psixologik, o‘zbek tilida ma’naviy-axloqiy va ijtimoiy ohangning namoyon bo‘lishi, pragmatik darajada esa rus tilida saxiylikning shaxsdagi axloqiy etukligi, o‘zbek tilida esa jamoaviy farovonlik va ma’naviy birlik bilan bog‘langanligiga oid xulosalaridan Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilgan FZ-2019062034 raqamli “Xorijiy tillarda so‘zlashuvchilar uchun o‘zbek tilini intensiv o‘rgatuvchi multimedia mahsulotlarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan(O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetning 2025– yil 13–martdagi 24/207–son ma’lumotnomasi). Natijada, saxiylik konseptining rus va o‘zbek tillaridagi lingvomadaniy modellari asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar loyihaning amaliy qiymatini oshirishga, o‘quv materiallarida paremiyalarning semantik qatlamini, ularning tarbiyaviy funksiyasini va kommunikativ-pragmatik rolini yoritishga xizmat qilgan. 
saxiylik konseptini ifodalovchi paremiyalarda qadriyatlarning milliy-madaniy xususiyatlari va lisoniy voqelanish shakllari rus paremiyalarida individual-ma’naviy jihatlar, shaxsiy qadr-qimmat va xristian qadriyatlariga xos rahm-shafqat hamda duo bilan bog‘liq tasavvurlar, o‘zbek paremiyalarida esa ijtimoiy-axloqiy yo‘nalishdagi qarashlar, jamoaviy manfaatga yo‘naltirilgan mazmun va islom ta’limotiga oid iymon, mukofot, baraka kabi qadriyatlarning ustuvorligiga oid xulosalaridan Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilgan FZ-2019062034 raqamli “Xorijiy tillarda so‘zlashuvchilar uchun o‘zbek tilini intensiv o‘rgatuvchi multimedia mahsulotlarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan(O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetning 2025– yil 13–martdagi 24/207–son ma’lumotnomasi). Natijada, chet tillarda so‘zlashuvchilar uchun o‘zbek tilini intensiv o‘rgatuvchi multimediya mahsulotlari hajmi talabalarning badiiy nutqini rivojlantirish maqsadida paremiyalar bilan sezilarli darajada boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish