Ikramova Shahlo Abdurasulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “nemis, rus va o‘zbek tillarining so‘z ma´nosida ijtimoiy komponent”; 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1PhD/Fil4422
Ilmiy rahbar: Ziyaeva Sevara Anvarovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.01.11.
Rasmiy opponentlar: Djumabaeva Jamila Sharipovna, filologiya fanlari doktori, professor; Ro‘ziev Yarash Bozorovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nemis, rus va o‘zbek tillaridagi ijtimoiy komponentli leksikaning o‘xshashlik va farqlarini semantik-funksional, milliy-madaniy jihatdan tahlil qilish vhamda tavsiflash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
nemis, rus va o‘zbek tillarini chog‘ishtirma tahlil qilish orqali ijtimoiy tabaqalanish, sinfiy va kasbiy mansublik, jins, yosh, etnik va diniy tafovutlar kabi ijtimoiy omillarning so‘zlar semantikasining ijtimoiy komponentiini shakllantirishga ta’siri aniqlangan;
chog‘ishtirilatotgan tillarda subekt va adresat o‘rtasidagi tengsizlik munosabatlarini tavsiflovchi so‘zlarning semantik tuzilishida aks etilish xususiyatlarini aniqlash orqali ierarxik ijtimoiy rollar assimetriyasi aniqlangan;
ijtimoiy komponentga ega bo‘lgan so‘zlarning 23 ta asosiy leksik-semantik guruhlari, ya’ni kasblar, maqomlar, rollar, normalar, qadriyatlar, munosabatlar va b. tizimlashtirilgan va o‘rganilayotgan tillarda ularning chog‘ishtirma tahlili o‘tkazilgan;
so‘z ma’nosida ijtimoiy komponentni shakllantirishda semantik vositalar va mexanizmlarning, xususan, konnotatsiyalar, ijtimoiy semalar, assotsiativ xususiyatlar, ma’noning pragmatik va mafkuraviy tarkibiy qismlari, madaniy fon, metaforik va metonimik ko‘chimlarning roli ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning nazariy qoidalari, amaliy tavsiyalari va xulosalari joriy etildi:
ierarxik ijtimoiy rollarning assimetriyasining sub’ekt va adresat o‘rtasidagi tengsizlik munosabatlarini tavsiflovchi so‘zlarning semantik tuzilishida aks etish xususiyatlarini aniqlash orqali ierarxik ijtimoiy rollarning assimetriyasi bo‘yicha amaliy takliflar va tavsiyalar Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan Erasmus + 585845 Epp-1-2017-ES-EPPKA2-CBHE-JP “CLASS: Development of the interdisiplinary master program on Computational Linguistics at Central Asian universities” innovatsion loyihasida ishlatildi (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024 yil 5 noyabrdagi 2451/02-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, xulosalar va tavsiyalar loyiha doirasida elektron resurslar, nazariy va amaliy materiallarni tayyorlashda muhim manba bo‘lib xizmat qildi;
ijtimoiy tarkibiy qismga ega bo‘lgan 23 ta asosiy leksik-semantik so‘z guruhlarini tizimlashtirish (kasblar, maqomlar, rollar, normalar, qadriyatlar, munosabatlar va b.) va o‘rganilayotgan tillarda ularni chog‘ishtirma tahlili to‘g‘risida tadqiqot natijalari Samarqand davlat chet tillar institutida amalga oshirilgan I-204-4-5 “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida ingliz tilida maxsus fanlar bo‘yicha virtual resurslarni yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” innovatsion tadqiqot loyihasida ishlatildi (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024 yil 5 noyabrdagi 2452/02-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, xulosalar va tavsiyalar loyiha doirasida elektron resurslar, nazariy va amaliy materiallarni tayyorlashda muhim manba bo‘lib xizmat qildi;
nemis, rus va o‘zbek tillarini chog‘ishtirma tahlil qilish orqali so‘zlar semantikasining ijtimoiy tarkibiy komponentini shakllantirishga ijtimoiy omillarning (ijtimoiy tabaqalanish, sinfiy va kasbiy mansublik, jins, yosh, etnik va diniy tafovutlar) ta’siri; semantik vositalar va mexanizmlarning (konnotatsiyalar, ijtimoiy semalar, assotsiativ xususiyatlar, pragmatik va mafkuraviy tarkibiy qismlar ma’nosi, madaniy kelib chiqishi, metaforik va metonimik ko‘chimlar) so‘z ma’nosining ijtimoiy komponentini shakllantirishdagi rollari; sub’ekt va adresat o‘rtasidagi tengsizlik munosabatlarini tavsiflovchi so‘zlarning semantik tuzilishida aks ettirilish xususiyatlarini aniqlash orqali ierarxik ijtimoiy rollarning assimetriyalari bo‘yicha amaliy takliflar va tavsiyalar 2022/2023-yillarda bajarilgan KA 107/2022-2023 raqamli “Erasmus+ Mobility program” loyihasi doirasida (Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutining 2025 yil 9 yanvardagi 48-03-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari amaliy loyiha yaratilishi va uning takomillashtirilishiga xizmat qildi.
universal (jamiyat faoliyatining umumiy qonuniyatlarini aks ettiruvchi o‘xshash tushunchalar va kategoriyalarning mavjudligi) va milliy-madaniy (tarixiy tajriba, konkret jamiyatlarning qadriyatlari va muammolari bilan bog‘liq) nemis, rus va o‘zbek tillarini chog‘ishtirma tahlili orqali so‘z semantikasining ijtimoiy komponentini lingvistik reprezentatsiyaning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida xulosalar va takliflar Bonnda muntazam ravishda o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi elchixonasi va Bonn shahar meriyasi bilan birgalikda Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini mustahkamlash va chuqurlashtirishga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbirlarda qo‘llanildi (Deusch-Usbekische GESellschaft e.v. 2024-yil 7-noyabrdagi ma’lumotnoma). Mazkur tavsiyalar madaniy-ma’rifiy ko‘rsatuvlar mazmunini boyitishga xizmat qildi. Shuningdek, tadqiqot xulosalari “O‘zbekiston” teleradiokanali huzuridagi “Foreign LanguaGES” telekanalining bir qator teleko‘rsatuvlarida ishlatildi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2024 yil 5 noyabrdagi 01-44-392-sonli ma’lumotnomasi). Natijada chet tilini o‘rganishning nazariy jihatlarini televizion talqin qilish yaxshilandi;