Ro‘ziev Saodat Hasanovnananing pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): “Talabalarda talaffuz ko‘nikmalarini multimedia vositalari asosida shakllantirish metodikasini takomillashtirish ( ingliz tilini o‘qitish misolida)” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4PhD/Ped6531
Ilmiy rahbar: Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti PhD.03/2025.27.12.Ped.08.05
Rasmiy opponentlar: Pedagogika fanlari doktori, professor Qurbonova Gulnoz Negmatovna hamda f.f.d. (DSc) Fayzullaev Otabek Muxammadovich.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim muassasalari talabalarida talaffuz ko‘nikmalarini multimedia vositalari asosida shakllantirish hamda rivojlantirish metodikasini takomillashtirish va shu asosda taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ingliz tilini o‘qitish metodikasini takomillashtirish imkoniyatlari multimediali ilovalarning tuzilishi va mazmunini ta’limiy vazifalarning talablarga mosligi hamda o‘qitishning “obekt-obekt”, “obekt-subekt” individual xususiyatlarini integratsiyalash asosida aniqlashtirilgan;
 talabalarda talaffuz ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayonida multimedia vositalaridan foydalanish jarayoni Viki-texnologiyasi, “Mind Map”, “Fishbone” va “Select location” kabi interfaol metodlardan foydalanish imkoniyatlarini prognozlash asosida takomillashtirilgan; 
talabalarida talaffuz ko‘nikmalarini multimedia vositalari asosida shakllantirish modeli ingliz tilini o‘qitishda nazariy va amaliy mashg‘ulotlar natijadorligini oshirishga qaratilgan tezkorlik va virtuallashtitirish, axborotli- tadqiqotchilik didaktik-vektorlik tamoyiliga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan; 
oliy ta’lim muassasalari talabalarida talaffuz ko‘nikmalarini multimedia  vositalari asosida shakllantirish va rivojlantirish samaradorligi yaratilgan multimediali ilovalar pedagogik tahlil komponentlarini integrativ o‘qitish mazmunini to‘ldirish asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalari talabalarida talaffuz ko‘nikmalarini multimedia vositalari asosida shakllantirish va rivojlantirish metodikasini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan metodik va amaliy takliflar asosida:
ingliz tilini o‘qitish metodikasini takomillashtirish imkoniyatlari multimediali ilovalarning tuzilishi va mazmunini ta’limiy vazifalarning talablarga mosligi hamda o‘qitishning “obekt-obekt”, “obekt-subekt” individual xususiyatlarini integratsiyalashga oid xulosalaridan Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilishi 2020-2022-yillarga mo‘ljallangan P3-202005236 raqamli “Oila psixologiyasi fanidan multimedia mahsulotini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 20-oktyabr 2025-yildagi 01-11-05/6489-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda talaffuz ko‘nikmalarini multimedia vositalari asosida shakllantirish texnologiyalarini takomillashtirishga oid o‘quv-tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish imkoniyati yaratilgan;
talabalarda talaffuz ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayonida multimedia vositalaridan foydalanish jarayoni Viki-texnologiyasi, “Mind Map”, “Fishbone” va “Select location” kabi interfaol metodlardan foydalanish imkoniyatlarini prognozlashga oid taklif va tavsiyalar “Assesement of integrated skills” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 27-dekabrdagi 485-son buyrug‘i asosidagi 157719-raqamli guvohnoma). Natijada keng amaliyotga tatbiq etilgan o‘quv qo‘llanma talabalarda talaffuz ko‘nikmalarini multimedia vositalari asosida shakllantirish va rivojlantirish borasidagi manbalar hamda resurslar fondining kengayishiga xizmat qilgan; 
talabalarida talaffuz ko‘nikmalarini multimedia vositalari asosida shakllantirish modeli ingliz tilini o‘qitishda nazariy va amaliy mashg‘ulotlar natijadorligini oshirishga qaratilgan tezkorlik va virtuallashtitirish, axborotli- tadqiqotchilik didaktik-vektorlik tamoyiliga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan metodlar “Assesement of integrated skills” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 27-dekabrdagi 485-son buyrug‘i asosidagi  157719-raqamli guvohnoma). Natijada mazkur o‘quv qo‘llanma talabalarda talaffuz ko‘nikmalarini multimedia vositalari asosida shakllantirish va rivojlantirish bilan aloqador amaliy hamda seminar mashg‘ulotlarining amaliy-metodik jihatini takomillashtirishga xizmat qilgan;
oliy ta’lim muassasalari talabalarida talaffuz ko‘nikmalarini multimedia  vositalari asosida shakllantirish va rivojlantirish samaradorligi yaratilgan multimediali ilovalar pedagogik tahlil komponentlarini integrativ o‘qitish mazmunini to‘ldirish asosida takomillashtirilgan taklif va xulosalar ingliz tili darslari uchun yaratilgan multimediali ilovaga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 23.10.2025-yil yildagi 02/01-01-417-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalari talabalarida talaffuz ko‘nikmalarini multimedia vositalari asosida shakllantirish va rivojlantirish  natijadorligi yaratilgan multimediali ilovalar asosida pedagogik tahlil komponentlarini ishlab chiqish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish