Aymatov Aminjon Qudratovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Shaxsning tabiatga estetik munosabatini shakllantirishda ekologik ongning roli», 09.00.02–Ong, madaniyat va amaliyot shakillari falsafasi (estetika) (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.DSc/Fal39.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.27.06.2017.F.02.02.
Ilmiy rahbar: G‘aybullaev Otabek Muxammadievich, falsafa fanlari doktori.
Rasmiy opponentlar: Mamashakirov Said, falsafa fanlari doktori, professor, Husenova Abira Amanovna, falsafa fanlari doktori, professor, Safarova Nigora Olimovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: shaxsning tabiatga estetik munosabatiga ekologik ong ta’sirini, tabiatga ekoestetik munosabat badiiy obrazlarda, shaxs turmush tarzida aks etishini, shaxsning tabiatga munosabatini estetikalashtirish va ekoturizmning rivojlanish xususiyatlarini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaxsning tabiatga estetik munosabatining atributi bo‘lgan ekologik ong va madaniyatning hududiy-geografik, etnografik-mental xususiyatlari badiiy obrazlarda, ekomifologik dunyoqarashda, turmush tarzida namoyon bo‘lishi ochib berilgan;
shaxsda ekoestetik sifatlarni shakllantirishda estetik va ekologik tarbiyaning korporativ-pedagogik, milliy qadriyatlar, ijtimoiy reklama kabi targ‘ibot turlarini takomillashtirish zaruriyati asoslangan;
ekoestetik tafakkur rivoji natijasida shaxsning tabiatga nisbatan gedonistik va evdomonistik munosabatlari manfaatlar asosida me’yorlashishi aniqlangan;
ekologik borliqni estetikalashtirish, atrof-muhitni himoyalash, estetik tarbiya, tabiat ekzotikasi kabi ekoturizm turlarining uyg‘unlashishi natijasida estetika fanida ekoestetika tushunchasi joy olganligi asoslangan;
shaxsning tabiatga estetik munosabatini rivojlantirishda an’anaviy va noan’anaviy ijtimoiy institutlar faoliyatini muvofiqlashtirish, ratsional va hissiy-estetik yondashuvlarni yaqinlashtirish ekoestetik muhitni shakllanishiga olib kelishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Shaxsning tabiatga estetik munosabatini shakllantirishda ekologik ongning rolini tadqiq etish asosida:
tabiatga estetik munosabatning atributi bo‘lgan ekologik ong va madaniyatning hududiy-geografik, etnografik-mental xususiyatlari badiiy obrazlarda, ekomifologik dunyoqarashda, turmush tarzida namoyon bo‘lishi haqidagi xulosalardan A-1-163 raqamli “Demokratik jarayonlarda o‘zbek modelining konseptual masalalari tahlili va izchil rivojlanishining falsafiy-metodologik asoslari” (2015–2017) hamda A-1-149 raqamli “O‘zbekiston falsafasi tarixi” asarining 3 tomini tayyorlash maqsadida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 12 dekabrdagi 89/03-4304-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekistonda tabiatga ekoestetik munosabatning tarixan shakllangan manbalari, milliy estetik qadriyatlarini rivojlantirish borasida nazariy manba bo‘lib xizmat qilgan;
shaxsda ekoestetik tafakkurni rivojlanishi natijasida uning tabiatga nisbatan gedonistik va evdomonistik munosabatlarini manfaatlar asosida me’yorlashtirilishi haqidagi ma’lumotlardan Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2018 yil 2-yarim yilligidagi faoliyati samaradorligini oshirish tadbirlar dasturini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2018 yil 23 noyabrdagi 03-03/2-4529-son ma’lumotnomasi). Natijada shaxsning tabiatga estetik munosabatini shakllantirishga oid nazariy va amaliy taklif va metodologik tavsiyalar respublikamiz aholisining ekologik va estetik ongini, ularning madaniyatini oshirishda yangi ma’lumot bergan;
O‘zbekistonda shaxsning tabiatga ekoestetik munosabatini rivojlantirishda tabiat turizmi salmog‘ini oshirish, shaxsning tabiatga innovatsion munosabatini tashkillashtirishga doir nazariy xulosalar, metodologik tavsiyalar hamda amaliy takliflaridan O‘zbekiston ekologik harakatining 2016–2018 yillarga mo‘ljallangan dasturini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston ekologik harakatining 2018 yil 17 dekabrdagi 536-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliyotga tatbiq etilayotgan takliflar mintaqa ijtimoiy ekologiyasini barqarorlashtirishda amalga oshirilayotgan ishlarning jadallashuviga xizmat qilgan;
ekologik borliqni estetikalashtirish, atrof-muhit himoyasi, estetik tarbiya, tabiat ekzotikasi kabi ekoturizm turlarining uyg‘unlashishi natijasida ekoestetika tushunchasi estetika fani kategorial qatlamidan joy olishi borasidagi xulosalaridanO‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasini 2018 yilga mo‘ljallangan dasturini tuzishda foydalanilgan(O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2018 yil 19 noyabrdagi 03-22/7375-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatimizning keyingi yillardagi turizm salohiyatini yanada oshirish, ekoturizm turlarini kengaytirishga doir ilmiy-amaliy, g‘oyaviy tavsiyalar ishlab chiqishga asos bo‘lgan;
shaxsda ekoestetik sifatlarni shakllantirishda estetik va ekologik tarbiyaning korporativ-pedagogik, milliy-qadriyatlar, ijtimoiy reklama kabi targ‘ibot turlarini takomillashtirish zarurligiga doir xulosalardan O‘zbekiston yoshlar itifoqi Samarqand viloyati Kengashi tomonidan aholi o‘rtasida o‘tkazilgan ekologik tadbirlar, davra suhbatlarida foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2019 yil 1 fevraldagi 04-13/514-son ma’lumotnomasi). Natijada aholining ekologik ongida tabiatga estetik munosabat, ekoijtimoiy reklama, ekoestetika haqidagi bilimlar oshishiga erishilgan.