Mardonov Bobosher Amirovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Postxolesistektomik sindrom: klinik turlari, prognozlash, davolash va profilaktika», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Tib767.
Ilmiy rahbar: Kurbaniyazov Zafar Babajanovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.17.03.
Rasmiy opponentlar: Mamaradjabov Sobirjon Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori (DSc); Rizaev E’zozbek Alimdjonovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent; Jong-Woo Kim tibbiyot fanlari doktori, professor (Janubiy Koreya).
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: postxolesistektomik sindrom, jigardan tashqari o‘t yo‘llari shikastlanishlari va strikturalari bo‘lgan bemorlarda operatsiya texnikasini optimallashtirish, hamda xolangiogen gepatitni bartaraf etish orqali davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
postxolesistektomik sindrom (PXES) rivojlanishiga sabab bo‘luvchi funksional va organik patologik holatlar chastotasi aniqlanib, ularning asosiy sababi operatsiyadan oldingi tekshiruvning etarlicha o‘tkazilmaganligi bo‘lsa, 1/3 qism holatlarda esa, avval o‘tkazilgan operatsiyadagi texnik xatoliklar ekanligi isbotlangan;
ilk bor safro oqishini korreksiya qilishning differensiallashgan jarrohlik taktikasi taklif etilgan bo‘lib jigar orqali o‘tkaziladigan drenajda GEA, karkassiz GEA, BBA, teri – jigar orqali va ichki endobiliar stentlash usullarini o‘tkazishga ko‘rsatmalar asoslangan;
ilk bor klinikada jigar transplantatsiyasi amaliyotida qo‘llaniladigan umumiy o‘t yo‘lini to‘liq kesilishida BBA shakllantirish texnikasi ishlab chiqilgan (ixtiroga patent UZ IAP 07313, 30.12.2022 y);
Ru usuli bo‘yicha karkassiz GEA, hamda mualliflar modifikatsiyasidagi BBA qo‘yish amaliyotining samaradorligi klinik jihatdan, ya’ni operatsiyadan keyingi erta va kechki asoratlar, relaparotomiya va o‘lim holatlarini ikki marotaba kamayganligi bilan asoslangan;
ilk bor biliar tizimdagi rekonstruktiv operatsiyalardan keyingi surunkali xolangiogen gepatitni davolash, hamda anastomoz strikturalarini oldini olish maqsadida drenaj orqali intraxoledoxeal ozonoterapiya usuli ishlab chiqilgan va klinik jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Postxolesistektomik sindromni xirurgik davolashda tiklovchi-rekonstruktiv aralashuvlarni qo‘llash bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 04.11.2025 y. 28/24-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: postxolesistektomik sindrom (PXES) rivojlanishiga olib keladigan funksional va organik patologik holatlarning chastotasi aniqlangan va ularning sababi ko‘p hollarda operatsiyadan oldingi tekshiruv hajmining etarli emasligi va birlamchi operatsiyani bajarishda texnik xatolarning 1/3 qismidan ko‘prog‘i ekanligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: qarshi shahar tibbiyot birlashmasi (10.01.2025 yildagi 7-sonli buyruq) va "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati Samarqand bekati birlashgan shifoxonasi (08.01.2025 yildagi 4-sonli buyruq) amaliyotiga joriy etish. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorlarni operatsiyadan oldin adekvat va kengaytirilgan tekshiruvdan o‘tkazish zarurati asoslangan. Olingan natijalar jarrohlik yordami sifatini oshirishga, takroriy murojaatlar va qayta operatsiyalar sonini kamaytirishga, shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimiga ijtimoiy va iqtisodiy yukni kamaytirishga yordam beradi. Tadqiqot xulosalarini klinik amaliyotga joriy etish bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: operatsiyadan oldingi adekvat tekshiruv bitta bemorni davolash xarajatlarini 1185400 so‘mga kamaytirish imkonini berdi. Xulosa: PXES bilan og‘rigan bemorlarni an’anaviy usullarga nisbatan optimallashtirilgan davolash operatsiyadan keyingi asoratlar uchrashini sezilarli darajada kamaytiradi (45,0%dan 13,6% ga; r<0,05).
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor safro oqishini korreksiya qilishning differensiallashgan jarrohlik taktikasi taklif etilgan bo‘lib jigar orqali o‘tkaziladigan drenajda GEA, karkassiz GEA, BBA, teri – jigar orqali va ichki endobiliar stentlash usullarini o‘tkazishga ko‘rsatmalar asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Qarshi shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha (10.01.2025 yildagi 7-sonli buyruq) va "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati Samarqand bekati birlashgan shifoxonasi bo‘yicha (08.01.2025 yildagi 4-sonli buyruq) amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘t oqimini tuzatish uchun jarrohlik taktikasini individual tanlash postxolesistektomik sindrom bilan og‘rigan bemorlarda asoratlar va qoniqarsiz natijalar chastotasini sezilarli darajada kamaytirishga imkon berdi. Biliodigestiv anastomozlarning turli xil variantlarini va stentlashning kam invaziv usullarini asosli qo‘llash davolash muddatlarini qisqartirishga, takroriy aralashuvlar sonini kamaytirishga va bemorlarning nogironligini kamaytirishga yordam berdi. Taklif etilgan yondashuvlarning joriy etilishi ixtisoslashtirilgan jarrohlik yordamining qulayligi va sifatini oshirdi, bemorlarning tibbiy-ijtimoiy ko‘rsatkichlari va hayot sifatini yaxshiladi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorning shifoxonada qolish muddatini 3-5 kunga qisqartirib, shifoxonada davolanish xarajatlarini 875200 so‘mga kamaytiradi (1 kun qolish - 286000 so‘m). Xulosa: organik xarakterdagi xolesistektomiyadan keyingi sindrom bilan og‘rigan bemorlarda differensial jarrohlik taktikasi yuqori samara beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor klinikada jigar transplantatsiyasi amaliyotida qo‘llaniladigan umumiy o‘t yo‘lini to‘liq kesilishida BBA shakllantirish texnikasi ishlab chiqilgan (ixtiroga patent UZ IAP 07313, 30.12.2022 y). Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Qarshi shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha (10.01.2025 yildagi 7-sonli buyruq) va "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati Samarqand bekati birlashgan shifoxonasi bo‘yicha (08.01.2025 yildagi 4-sonli buyruq) amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: umumiy o‘t yo‘li shikastlanishida biliobilliar anastomoz qo‘yishning takomillashtirilgan texnikasini joriy etish orqali operatsiyadan keyingi og‘ir asoratlarni va bemorlarning nogironligini kamaytirishdan iborat. Klinik jihatdan ishlab chiqilgan va patentlangan usuldan foydalanish jarrohlik aralashuvlarining xavfsizligini oshirish, rekonstruktiv operatsiyalar va takroriy kasalxonaga yotqizish sonini kamaytirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: gepatikoxoledox to‘liq kesilgan bemorlarga modifikatsiyalangan BBA usuli qo‘llanilganda shifoxonada bo‘lish muddatini bir necha kunga qisqartirib, dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish imkonini bergan (bir kunlik dori vositalarining o‘rtacha narxi - 326500 so‘m). Xulosa: gepatikoxoledox qisman yoki to‘liq kesilgan bemorlarga BBA qo‘yish usuli ishlab chiqilgan (ixtiroga patent UZ IAP 07313 30.12.2022 y.).
to‘rtinchi ilmiy yangilik: Ru usuli bo‘yicha karkassiz GEA, hamda mualliflar modifikatsiyasidagi BBA qo‘yish amaliyotining samaradorligi klinik jihatdan, ya’ni operatsiyadan keyingi erta va kechki asoratlar, relaparotomiya va o‘lim holatlarini ikki marotaba kamayganligi bilan asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Qarshi shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha (10.01.2025 yildagi 7-sonli buyruq) va "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati Samarqand bekati birlashgan shifoxonasi bo‘yicha (08.01.2025 yildagi 4-sonli buyruq) amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Ru bo‘yicha GEAni karkassiz variantda va mualliflik modifikatsiyasida biliobiliar anastomozni klinik asoslangan qo‘llash hisobiga postxolesistektomik sindromli bemorlarda operatsiyadan keyingi kasallanish, relaparotomiya chastotasi va o‘lim ko‘rsatkichlarining sezilarli darajada pasayishi bilan belgilanadi. Olingan natijalar ushbu toifadagi bemorlarda davolash va reabilitatsiya muddatlarini qisqartirish, nogironlikni kamaytirish va prognozni yaxshilashga yordam beradi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Ru bo‘yicha GEA ni karkassiz variantda va BBA ni mualliflar modifikatsiyasida qo‘llash bilan davolash, operatsiya davomiyligini qisqartirish va safro yo‘lini tozalash xavfsizligini oshirish, antibakterial terapiya bilan birgalikda bemorning shifoxonada qolishining o‘rtacha davomiyligini 5 kunga qisqartirish imkonini berdi, bu esa har bir bemor uchun byudjet mablag‘larini 2245100 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 750000 so‘mga iqtisod qilishni ta’minladi. Xulosa: Ru bo‘yicha karkassiz variantda GEA operatsiyalari, shuningdek, modifikatsiyalangan usulda BBA GX jarohatlarida yaxshi natijalarga erishishga imkon berdi, bu relaparotomiya chastotasini 72,7% dan 13,6% gacha va o‘lim holatlarini 18,2% dan 4,5% gacha pasayishini ko‘rsatadi.
beshinchi ilmiy yangilik: ilk bor biliar tizimdagi rekonstruktiv operatsiyalardan keyingi surunkali xolangiogen gepatitni davolash, hamda anastomoz strikturalarini oldini olish maqsadida drenaj orqali intraxoledoxeal ozonoterapiya usuli ishlab chiqilgan va klinik jihatdan asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Qarshi shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha (10.01.2025 yildagi 7-sonli buyruq) va "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati Samarqand bekati birlashgan shifoxonasi bo‘yicha (08.01.2025 yildagi 4-sonli buyruq) amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: drenaj orqali intraxoledoxeal ozonoterapiyani joriy etish orqali rekonstruktiv safro haydovchi operatsiyalardan keyingi surunkali asoratlar chastotasini kamaytirishdan iborat. Taklif etilgan usul biliodigestiv anastomozlar torayishining oldini olishga, surunkali xolangiogen gepatitning rivojlanishini kamaytirishga va takroriy jarrohlik aralashuvlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: rekonstruktiv o‘t haydash operatsiyalaridan so‘ng drenaj orqali intraxoledoxeal ozonoterapiyani qo‘llash hisobiga 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 2426500 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 600000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: GEA operatsiyasidan keyin GX jarohatlari va strikturalari bo‘lgan bemorlarda drenaj orqali intraxoledoxeal ozonoterapiyani o‘tkazish xolangiogen gepatitni tezda bartaraf etishga va bemorlarni reabilitatsiya qilishga yordam beradi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish