Abdusalamova Kumushxon Shakir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Matnazar Abdulhakim she’riyatida an’ana va o‘ziga xoslik”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Fil5233.
Ilmiy rahbar: Matyoqubova Tozagul Rajapovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.41.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupova Dilnavoz Rahmonovna, filologiya fanlari doktori, professor, Tog‘aeva Gulandom Jummaevna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Matnazar Abdulhakim she’riyatida folklor, mumtoz adabiyot va jahon she’riyati an’analariga ijodiy izdoshlik, shoir poetik obrazlar yaratishidagi ijodiy individualligining namoyon bo‘lishini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
adabiy a’ana va ijodiy o‘ziga xoslik kategoriyalari tarixiy-adabiy jarayonda adabiy vorislik negizida doimo o‘zaro dialektik aloqada mavjud bo‘luvchi hodisalar ekani, ular badiiy adabiyot taraqqiyotiga ichki turtki berish barobarida, badiiy tafakkur rivojiga ham samarali ta’sir etib, poetik an’anaga aylanuvchi badiiy-estetik omillar ekani dalillangan;
Matnazar Abdulhakim lirik merosida folklor va mumtoz adabiyot an’analari ta’sirida barmoq vaznidagi she’rlar salmog‘i ortib, jonli xalq tiliga yaqinlashish sodir bo‘lgani, Xorazm shevasida yozilgan turkum she’rlar yuzaga kelgani, soddalik, xalqona ohangdorlik ta’minlangani, shuningdek, talmeh, tashbeh, irsoli masal, tanosib, mubolag‘a, laff va nashr kabi poetik ifoda usullarini qo‘llash mahorati, shoir she’rlarining badiiy sayqallanishi hamda estetik ta’sirchanligi kuchayishiga ta’sir etgani isbotlangan;
xalq og‘zaki ijodi va mumtoz she’riyat an’analariga ijodiy izdoshlik shoir badiiy tafakkuri rivoji, poetik mahorati yuksalishi, she’riy asarlarining shakliy-uslubiy, badiiy ifodaviy, ritmik-intonatsion jihatlardan yanada takomillashuvi va lirik qahramoni ichki olami bilan muallif “Men”ining o‘zaro sintezlashuvida muhim rol o‘ynagani asoslangan;
ilg‘or jahon she’riyati badiiy-estetik tajribalaridan ta’sirlanish va ijodiy o‘zlashtirish Matnazar Abdulhakim lirik merosining nainki mavzu ko‘lami kengayishi, balki she’riy nutqni tashkillashtirish tizimi sayqal topishi, shakl, uslub va badiiy ifoda arsenalining yanada boyishi, lirik qahramon tuyg‘u-kechinmalari poetik ifodasida real va ideal asoslarning o‘zaro uyg‘unlashuvini ta’minlashga xizmat qilgani ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Matnazar Abdulhakim she’riyatida an’ana va o‘ziga xoslik tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar:
an’ana va ijodiy o‘ziga xoslik kategoriyalari adabiy jarayonda hamisha dialektik aloqada mavjud bo‘luvchi hodisa, shuningdek, adabiyot taraqqiyotiga ichki impuls beribgina qolmay, badiiy tafakkur rivojiga samarali ta’sir o‘tkazuvchi, keyinchalik muayyan poetik an’anaga aylanuvchi muhim badiiy-estetik omil ekanini dalillashga oid ilmiy xulosalardan
2021-2023-yillarda bajarilgan PF-201912258-raqamli O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish nomli grant loyihasida foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining
2025-yil 21-noyabrdagi 04/1-5586-son ma’lumotnomasi). Natijada, Matnazar Abdulhakim ijodi bilan bog‘liq adabiyotshunoslikda mavjud nazariy qarashlar yanada boyitilgan;
Matnazar Abdulhakim lirik merosida folklor va mumtoz adabiyot an’analari ta’sirida barmoq vaznidagi she’rlar salmog‘i ortib, jonli xalq tiliga yaqinlashish sodir bo‘lgani, Xorazm shevasida yozilgan turkum she’rlar yuzaga kelgani, soddalik, xalqona ohangdorlik ta’minlangani 2021-2023-yillarda bajarilgan PF-201912258-raqamli O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish nomli grant loyihasida foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining
2025-yil 21-noyabrdagi 04/1-5586-son ma’lumotnomasi). Natijada, Matnazar Abdulhakim ijodi bilan bog‘liq adabiyotshunoslikda mavjud nazariy qarashlar yanada boyitilgan;
shoir badiiy tafakkurining rivoji, poetik mahoratining yuksalishi, she’riy asarlari shakliy-uslubiy, badiiy ifodaviy, ritmik-intonatsion jihatlardan yanada takomillashuvi va lirik qahramoni ichki olami bilan muallif “Men”ining o‘zaro uyg‘unlashuvida xalq og‘zaki ijodi va mumtoz she’riyat an’analarining o‘rnini belgilash bilan bog‘liq ilmiy-nazariy qarashlaridan O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining tadbirlar dasturini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining 2025-yil 6-fevraldagi 01-03/73-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, zamonaviy she’riyatga folklor va mumtoz adabiyotning ta’siri, mumtoz she’riy san’atlardan foydalanishda shoirning o‘ziga xos tajribalariga oid materiallar bilan boyitilgan;
ilg‘or jahon she’riyati badiiy-estetik tajribalaridan ta’sirlanish va ijodiy o‘zlashtirish Matnazar Abdulhakim lirik merosining nainki mavzu ko‘lami kengayishi, balki she’riy nutqni tashkillashtirish tizimi sayqal topishi, shakl, uslub va badiiy ifoda arsenalining yanada boyishi, lirik qahramon tuyg‘u-kechinmalari poetik ifodasida real va ideal asoslarning o‘zaro uyg‘unlashuvini ta’minlashga xizmat qilgani bilan bog‘liq ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanalida “Mavzu”, “Taqdimot” ko‘rsatuvlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” kanalining 2025-yil 26-apreldagi 14-05-225-son ma’lumotnomasi). Natijada, ssenariylar mazmun-mohiyatini Matnazar Abdulhakim lirik merosining badiiyatiga oid ma’lumotlar bilan yanada takomillashuviga erishilgan.