Alimbekova Vaziraxon Xalimjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Janubi-sharqiy Andijon lingvoareali leksikasi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3248
Ilmiy rahbar: Ashirboev Samixon, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti DSc.03/2025.27.12.Fil.41.01.
Rasmiy opponentlar: Sobirov Abdulhay Shukurovich, filologiya fanlari doktori, professor; Darvishov Ibrohim O‘rmonovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: janubi-sharqiy Andijon lingvoareali leksikasi xususiyatlarini sinxronik aspektda ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Janubi-sharqiy Andijon lingvoareali” tushunchasi kiritilib, mazkur arealning mavjud tasniflardagi o‘rni aniqlangan va bu lingvoarealning o‘ziga xos xususiyatlari hamda uning qamrovi asoslangan, bu lingvoarealda qarluq shevalarining dominantligi belgilab berilgan, lingvoareal shevasi leksikasiga atrof shevalar ta’siri aniqlangan;
arealga xos leksika an’anaviy va semantik, onomasiologik rejada tekshirilib, lingvoarealning o‘z leksikasiga urg‘u berilgan hamda ularning o‘zbek tili lug‘at tarkibini yanada to‘ldirishi mumkinligi va areal leksikasining tarkibi, asoslangan;
o‘zbek tili lug‘atlarida bu areal leksikasining aks etishi tekshirilgan va ular izohidagi kemtik o‘rinlarni to‘ldirish bo‘yicha takliflar kiritilgan, lingvoareal leksikasidan badiiy adabiyotda foydalanilishi aniqlanib, mazkur sheva boyligining badiiylikni hosil qilishdagi imkoniyatlari ochib berilgan;
areal leksikasining adabiy til leksikasiga munosabati, lug‘atlarda izohlanishi tanqidiy tahlil qilingan va arealning kartasini yaratish uchun leksik ta’minot yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Janubi-sharqiy Andijon lingvoareali leksikasi tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Janubi-sharqiy Andijon lingvoareali” tushunchasi ilk bor fanga kiritilishi, janubi-sharqiy Andijon shevasining mavjud tasniflardagi o‘rni aniqlanishi va bu lingvoarealning o‘ziga xos xususiyatlari hamda uning qamrovi asoslanishi, bu lingvoarealda qarluq shevalarining dominantligi belgilab berilishi, lingvoareal shevasi leksikasiga atrof shevalar ta’siri aniqlanishiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2023-yillarda bajarilgan IL-21091506-raqamli “O‘zbek ismlarining izohli imlo lug‘ati va mobil ilovasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 27-dekabrdagi 04/1-4361-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, janubi-sharqiy Andijon lingvoarealida o‘rganilgan shevaga xos bo‘lgan leksik birliklardan o‘zbek ismlarining ma’nolarini izohlashda, milliy atamalarning yuzaga kelish omillari, atamalar struktur qurilishida ro‘y bergan o‘zgarishlarni qiyoslashga oid materiallar bilan boyitilgan;
shevaga xos leksika an’anaviy va semantik, onomasiologik rejada tekshirilishi, lingvoarealning leksikasiga urg‘u berilishi hamda ularning o‘zbek tili lug‘at tarkibini yanada to‘ldirishi mumkinligi va areal leksikasi tarkibi aniqlanishiga doir ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat ijodiy birlashmasi” davlat tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanali ijodkorlari “Janubi-sharqiy Andijon lingvoareali leksikasi” mavzusidagi ko‘rsatuvlar ssenariysini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yil 5-sentyabrdagi 01-33/657-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuv janubi-sharqiy Andijon lingvoareali leksikasi hamda ushbu arealda qo‘llanuvchi tarixiy so‘zlarga oid muhim ma’lumotlar bilan saviyasi oshirilgan;
o‘zbek tili lug‘atlarida bu areal leksikasining aks etishining tekshirilishi va ular izohidagi kemtik o‘rinlarni to‘ldirish bo‘yicha takliflar kiritilishi, lingvoareal leksikasidan badiiy adabiyotlarda foydalanilishi, mazkur sheva boyligining badiiylikni hosil qilishdagi imkoniyatlari ochib berilganligiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2022-yillarda bajarilgan PZ-2020042022-“Turkiy tillar elektron platformasini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 23-sentyabrdagi 01/04-4403-son ma’lumotnomasi). Natijada, arealdagi semantik, onomasiologik rejada o‘rganilgan sohalarga oid va lingvoarealning o‘ziga xos bo‘lgan leksikasidan hamda ularning o‘zbek tili lug‘at tarkibini yanada to‘ldirish mumkinligiga oid xulosalar elektron platforma materiallarini boyitishga xizmat qilgan;
areal leksikasining adabiy til leksikasiga munosabati, lug‘atlarda izohlanishi tanqidiy tahlil qilingan va arealning kartasini yaratish uchun leksik ta’minot yaratilishida olingan ilmiy-nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2021-2022-yillarda PZ-2020042022-“Turkiy tillar elektron platformasini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 23-sentyabr 01/04-4403-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek tili lug‘atlarida bu areal leksikasining aks etishi va ular izohidagi kemtik o‘rinlarni to‘ldirish bo‘yicha takliflaridan, shuningdek, lingvoareal leksikasidan badiiy adabiyotlarda foydalanilishi haqidagi tahlillar hamda bu sheva boyliklarining badiiylikni hosil qilishdagi imkoniyatlariga oid ilmiy materiallar asosida elektron platforma materiallari boyitilgan.