Mahmudova Shoxista Abdusalomovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy o‘zbek qissa va hikoyalarida ijodkor obrazi talqini”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (XX asr o‘zbek adabiyoti va hozirgi adabiy jarayon) (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3750
Ilmiy rahbar: Jabborov Nurboy Abdulhakimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.41.01.
Rasmiy opponentlar: Yaqubov Islomjon Axmedjanovich, filologiya fanlari doktori, professor; Karimov Obidjon Yakubjonovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: zamonaviy o‘zbek qissa va hikoyalar asosida badiiy asarda ijodkor obrazi va xarakterining ifodalanishi qonuniyatlarini, yozuvchi ijodiy laboratoriyasi, biografiyasi va ijod konsepsiyasi uyg‘unligini, ijtimoiy-estetik qarashlari hamda uslubiy individualligini ochiqlash hamda ijodkor ruhiyati tasviridagi o‘xshash va farqli jihatlarni ilmiy-nazariy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Shukur Xolmirzaev, Erkin A’zam va Nazar Eshonqul asarlari kompozision tuzilishida muallif obrazi ijodkor diqqat-markazidagi g‘oya ochib berilishida, kompozision muvofiqlik uchun individual yondashuv ta’minlanishida, qismlar joylashuvi mukammalligida, kompozision tasvir me’yori va muallif obrazi munosabatini uyg‘unlashtirish hamda obrazlar birligini shakllantirishda muhim badiiy-estetik vazifa bajarishi asoslangan;
zamonaviy qissa va hikoyalar syujetida bosh qahramon yozuvchi obrazida va aksar holda muallifning o‘zi roviy tarzida namoyon bo‘lib, syujet zanjirini badiiy mantiq asosida yaratish, obrazlarni syujet jarayoniga o‘ziga xos tarzda olib kirish va boshqarish, syujet tadrijida ijodiy tafakkur darajasidan kelib chiqib kutilmagan burilishlar hosil qilish hamda syujetni harakatlantiruvchi estetik kategoriya kabi vazifalarni bajarishi dalillangan;
ijodkor xarakteri va portretining epik tasvirida psixologizm ijodkor shaxs ichki dunyosi va falsafiy qarashlarini ochib berish, ijodiy izlanish jarayonini butun murakkabligi bilan tasvirlash, hayotiy va ijtimoiy jarayonlar aksini shaxs xarakteri orqali ko‘rsatish, vizual portret yaratish – tashqi ko‘rinish ifodasi orqali qahramon siyratini ifodalash va dinamik portret yaratish, ya’ni qahramon tabiatining o‘zgarishini ta’minlash singari estetik funksiyalarni ado etishi, shuningdek, monolog, mimika, portret, ijtimoiy muhit tasviri hamda motiv singari badiiy unsurlar muallif ruhiyati va psixologizm uyg‘unligini yuzaga keltirishi isbotlangan;
ijodkor obrazi har bir yozuvchi asarida o‘ziga xos tarzda individual uslubda tasvirlanishi, Shukur Xolmirzaev asarlarida yolg‘izlik motivi yetakchilik qilishi, ijodkor shaxs faqat o‘z qalbi bilan sirlashishi, tashqi olam (borliq, tabiat) va undagi voqealar orqali o‘zligini anglashga intilishi, Erkin A’zam qissa va hikoyalarida personajlar xarakteri hayotning og‘ir, balki echimi yoʻq muammolari silsilasi fonida yoritilishi, adib qahramonlarida atayinlik, yolg‘on va sun’iylik yoʻqligi, Nazar Eshonqul qissa va hikoyalarida esa o‘zligini topish uchun o‘z ichki olamini, ko‘nglini taftish qiluvchi, bezovta ruh egasi sifatida namoyon bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy o‘zbek qissa va hikoyalarida ijodkor obrazi talqiniga doir izlanishlar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
zamonaviy qissa va hikoyalar kompozision tuzilishida muallif obrazi ijodiy g‘oyani ochish, kompozisiyada individual yondashuv ta’minlanishi, qismlar joylashuvi mukammalligi, kompozision tasvir me’yori va muallif obrazi uyg‘unligi hamda obrazlar birligini shakllantirishda muhim badiiy-estetik vazifa bajarishi bilan bog‘liq tahlilliy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2023 yillarda bajarilgan “IL-52 tur-21091433 raqamli “O‘zbek milliy madaniyatiga xos atamalarga oid maqolalar bazasini yaratish" (Vikipediya elektron ensiklopediyasi mezonlari asosida)” nomli amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 14-iyundagi 01/4-2485-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha zamonaviy qissa va hikoyalar kompozision tuzilishida muallif obrazi tahliliga doir yangi ilmiy ma’lumotlar bilan boyitilgan;
nasr syujetida bosh qahramon yozuvchi obrazida va muallif roviy tarzida namoyon bo‘lib, syujet zanjirini badiiy mantiq asosida yaratish, obrazlarni syujet jarayoniga o‘ziga xos tarzda olib kirish va boshqarish, syujet tadrijida kutilmagan burilishlar hosil qilish hamda syujetni harakatlantiruvchi estetik kategoriya kabi vazifalarni bajarishiga doir xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2023 yillarda bajarilgan “IL-52 tur-21091433 raqamli “O‘zbek milliy madaniyatiga xos atamalarga oid maqolalar bazasini yaratish" (Vikipediya elektron ensiklopediyasi mezonlari asosida)” nomli amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 14-iyundagi 01/4-2485-son ma’lumotnomasi). Natijada nasr syujetida bosh qahramon yozuvchi obrazida va muallif roviy tarzida namoyon bo‘lishiga doir tahliliy xulosalar elektron platforma materiallarining ilmiy-nazariy jihatdan xilma-xilligi ta’minlangan;
ijodkor xarakteri va portretining epik tasvirida psixologizm ijodkor shaxs ichki dunyosi va falsafiy qarashlarini ochib berish, ijodiy izlanish jarayonini butun murakkabligi bilan tasvirlash, hayotiy va ijtimoiy jarayonlar aksini shaxs xarakteri orqali ko‘rsatish, vizual portret yaratish – tashqi ko‘rinish ifodasi orqali qahramon siyratini ifodalash va dinamik portret yaratish, ya’ni qahramon tabiatining o‘zgarishini ta’minlash singari estetik funksiyalarni ado etishi, shuningdek, monolog, mimika, portret, ijtimoiy muhit tasviri hamda motiv singari badiiy unsurlar muallif ruhiyati va psixologizm uyg‘unligini yuzaga keltirishi bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023 yillarda bajarilgan “PF-201912258 raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan(Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 14-iyundagi 01/4-2484-son ma’lumotnomasi). Natijada elektron platforma ijodkor xarakteri va portretining epik tasvirida psixologizm masalasiga doir yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan.
ijodkor obrazi har bir yozuvchi asarida o‘ziga xos tarzda individual uslubda tasvirlanishi, Shukur Xolmirzaev asarlarida yolg‘izlik motivi yetakchilik qilishi, ijodkor shaxs faqat o‘z qalbi bilan sirlashishi, tashqi olam (borliq, tabiat) va undagi voqealar orqali o‘zligini anglashga intilishi, Erkin A’zam qissa va hikoyalarida personajlar xarakteri hayotning og‘ir, balki echimi yoʻq muammolari silsilasi fonida yoritilishi, adib qahramonlarida atayinlik, yolg‘on va sun’iylik yoʻqligi kabi ilmiy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023 yillarda bajarilgan “PF-201912258 raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 14-iyundagi 01/4-2484-son ma’lumotnomasi). Natijada platforma materiallari uch adib qissa va hikoyalarida yolg‘izlik motivi, o‘zlikni anglash, qahramonlar tasvirining tabiiy maromga asoslanishi kabi uslubiy o‘ziga xosligiga doir ilmiy xulosalar bilan boyitilgan.