Muxammadieva Moxichehra Erkin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qushlar obrazi poetikasi (“Husnu Dil”, “Rohati dil”, “Zarbulmasal” misolida)”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3345.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Marg‘uba Dusmiratovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.41.01.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raqulov Uzoq Haydarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Mamadalieva Zuhra Umaralievna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: “Husnu Dil”, “Rohati dil” va “Zarbulmasal” kabi mumtoz badiiy asarlarda qushlar obrazining ramziy-majoziy xususiyatlari, poetik talqini, badiiy vazifasini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Nishotiyning “Husnu Dil” dostoni tarkibidagi “Boz va Bulbul”, “Qushlar munozarasi”dagi har bir qush obrazi, tayr qissalari qiyosiy-tipologik jihatdan asoslab berilib, qushlar obrazining diniy-tasavvufiy asarlarda – zohid, haqiqiy ishq yo‘liga kirgan solik timsolida ko‘ringanligi, didaktik asarlarda – hikoyat janrining asosiy obrazlarini tashkil qilib, o‘quvchiga pand-nasihat beruvchi, aql va chuqur zehn egasi bo‘lgan donishmand obrazida namoyon bo‘lishi dalillanib, shu asosida obrazning janrlar kesimidagi evolyusiyasi aniqlangan; Xo‘janazar Huvaydoning “Rohati dil” asaridagi Chumchuq obrazi, Gulxaniyning “Zarbulmasal” asaridagi qushlar, jumladan, Boyo‘gli obrazining ramziy-majoziy xususiyatlari, asardagi poetik vazifasi va keyingi davr adabiyotidagi tadriji ilmiy asoslangan; munozara janridagi asarlarda qushlar obrazining badiiy funksiyasi o‘zgarib, ijtimoiy muhit muammolari, amaldorlarning salbiy illatlari, jamiyatdagi tanazzulni bahs-munozara asosida, savol-javob usulida tasvirlanishi, Nishotiy va Gulxaniyning qushlar tilidan turli qiyofadagi insonlarning xatti-harakatlari, fazilatlarini ochib berishi, ularni kamtarlikka, ezgulikka chaqirishi tahlillar orqali dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Qushlar obrazi poetikasi (“Husnu Dil”, “Rohati dil”, “Zarbulmasal” misolida)” mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: ramziy va majoziy obrazlarning farqlanuvchi belgi-xususiyatlari aniqlangan hamda Hudhud, Bulbul, Zog‘, Chumchuq, Lochin kabi qushlar obrazi ilk bor yaxlit tizimda ochib berilganligiga doir ilmiy xulosalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2023-2024-yillarda bajarilgan AL-662205561 raqamli “Alisher Navoiy mualliflik korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 12-sentyabrdagi № 01/4-4166-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyiha materiallari Alisher Navoiy asarlarida qush obrazi tahlili, ramziy-majoziy xususiyatlari to‘g‘risidagi ilmiy xulosalar bilan boyigan; Nishotiyning “Husnu Dil” dostoni tarkibidagi “Boz va Bulbul”, “Qushlar munozarasi”dagi har bir qush obrazi, tayr qissalari qiyosiy-tipologik jihatdan asoslab berilib, qushlar obrazining diniy-tasavvufiy asarlarda – zohid, haqiqiy ishq yo‘liga kirgan solik timsolida ko‘ringanligi, didaktik asarlarda – hikoyat janrining asosiy obrazlarini tashkil qilib, o‘quvchiga pand-nasihat beruvchi, aql va chuqur zehn egasi bo‘lgan donishmand obrazida namoyon bo‘lishi dalillanib, shu asosida obrazning janrlar kesimidagi evolyusiyasi aniqlanganligiga oid nazariy xulosalaridan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda amalga oshirilgan PF-201912258-raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingiliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 20-maydagi № 01/4-2060-son sonli ma’lumotnomasi). Natijada amaliy loyihaning nazariy bazasi qushlar obrazining poetik talqini bilan boyitilgan. Xo‘janazar Huvaydoning “Rohati dil” asaridagi Chumchuq obrazi, Gulxaniyning “Zarbulmasal” asaridagi qushlar, jumladan, Boyo‘gli obrazining ramziy-majoziy xususiyatlari, asardagi poetik vazifasi va keyingi davr adabiyotidagi tadriji ilmiy asoslanganligiga oid ilmiy-nazariy xulosalaridan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda amalga oshirilgan PF-201912258-raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingiliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 20-maydagi № 01/4-2060-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Hudhud, Bubul va Zog‘, Chumchuq, Lochin kabi qushlar obrazining asarlardagi poetik vazifasi oid ilmiy xulosalar elektron plarforma materiallari saviyasini oshirgan; munozara janridagi asarlarda qushlar obrazining badiiy funksiyasi o‘zgarib, ijtimoiy muhit muammolari, amaldorlarning salbiy illatlari, jamiyatdagi tanazzulni bahs-munozara asosida, savol-javob usulida tasvirlanishi, Nishotiy va Gulxaniyning qushlar tilidan turli qiyofadagi insonlarning xatti-harakatlari, fazilatlarini ochib berishi, ularni kamtarlikka, ezgulikka chaqirishi tahlillar orqali dalillanganligi haqidagi xulosalaridan “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan. (“Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” Davlat muassasining 2025-yil 4-iyundagi 15-33/399-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan, tomoshabinlarning qushlar obrazi bo‘yicha bilimlari shakllanishiga erishilgan.