Kaxarova Dildora Sidikovnaning   fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi  haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak o‘qituvchilarni inklyuziv ta’limga tayyorlashda kompetensiyaviy yondashuv asosida rivojlantirish nazariyasi va metodikasi”13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Ped847
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat pedagogika instituti, PhD.03/12.02.2025.Ped.167.01
Rasmiy opponentlar: akademik, pedagogika fanlari doktori, professor Ibraimov Xolboy Ibragimovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Lutfillaev Mahmud Xasanovich,  pedagogika fanlari doktori (DSc), professori Nurillaeva Shaxlo O‘ktamovna;
Yetakchi  tashkilot:  Jizzax davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:  Bo‘lajak o‘qituvchilarni inklyuziv ta’limga tayyorlash metodikasini  takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: bo‘lajak o‘qituvchilarni inklyuziv ta’limga tayyorlashning tashkiliy-pedagogik tuzilmasi (irodaviy, affektiv), kompetensiyaviy yondashuvning  mazmun-mohiyati, o‘ziga xos xususiyatlari (kasbiy, ijtimoiy, tolereantlik), integrallashuv jarayoning (nazorat, kuzatish, funksionallik) pedagogik shart-sharoitlari (inklyuziv ta’limga oid, aqliy tarbiyalanish, kommunikativ, fanlararo baholash) va  tamoyillariga (shaxsga muvofiqlik, yagonalik, asoslanganlik) ustuvorlik berish natijasida aniqlashtirilgan;
inklyuziv ta’limga bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashda kompetensiyaviy yondashuv bosqichlari (integrativ, pedagogik-psixologik, faoliyatli), ta’lim jarayonini individualizatsiyalash (personalizatsiyalash, differensiasiyalash), ta’lim turlari (innovatsion,   informatsion, ekstremal), vertual, mobil ta’lim texnologiyalari (o‘qitishni raqamlashtirish, onlayn va raqamli ta’lim platformalari), bilish darajalari (kreativ,   qisman izlanishli, produktiv reproduktiv), baholash mezonlari (yangi va avtomatik baholash tizimlari) inklyuziv ta’lim modeliga kiritilib, ta’lim tizimi takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni inklyuziv ta’limga tayyorlashda kompetensiyaviy yondashuv asosida raqamli ta’lim texnologiyalari vositalari (zamonaviy kompyuterlar, elektrondoskalar, multimedia, animatsiya, elektron va aqlli darsliklar) va dasturiy ta’lim ilovalaridan (Sread signs, Bookshare, See my world, Moodle, Canvas, EdX) foydalanishni ta’minlovchi texnologiyalar yordamida qulay va samarali o‘quv muhitini yaratish hamda  talabalarning mustaqil kreativ fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, ta’lim mazmuniga singdirish, ta’lim xarajatlarini kamaytirish, infrastrukturasini yaxshilash, real muammolarini aniqlash, ijtimoiy va iqtisodiy omillarni hisobga olish, algoritmini tuzish va metodik talablarini ta’lim jarayoniga optimallashtirish orqali takomillashtirilgan; 
raqamli texnologiya va dasturiy ta’limdan foydalanib  kompetensiyaviy yondashuv (kompetentli, faoliyatli, motivatsion-maqsadli, innovatsion, kreativ, integrativ, sotsiogenetik, biogenetik, psixogenetik) asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni inklyuziv ta’limga tayyorlashning mexanizmlarini (tizimli, dialogik, faoliyatli) rivojlantiruvchi mobil ilovalaridan (Android, Amazon Alexa, Featured books) yordamida o‘qitish metodikasi takomillashtirilgan;
inklyuziv ta’lim jarayoniga kompetensiyaviy yondashuv asosida  bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashda (kognitiv, faoliyatli, muloqatchanlik, ijodkorlik) texnologik ko‘maklashuvchi vositalarni (ilmiy-texnik, ilmiy-pedagogik) qo‘llash, o‘qitish motivatsiyasini oshirish (psixologik qo‘llab -quvvatlash, mukofotlash), individual-refleksiya darajalarini belgilovchi (tolereantlik, qiziqishi, muomalasi va ko‘nikuvchanlik) prognostik imkoniyatlarini rivojlantirishga oid inklyuziv ta’limning samaradorlik ko‘rsatgichlari tahlil qilingan va metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Bo‘lajak o‘qituvchilarni inklyuziv ta’limga tayyorlashda kompetensiyaviy yondashuv asosida rivojlantirish nazariyasi va metodikasini tadqiq etish uuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarni inklyuziv ta’limga tayyorlashni tashkiliy-pedagogik tuzilmasi, kompetentlik, kompetensiya va kompetensiyaviy yondashuv tushunchalarning mazmun-mohiyati, nazariy va amaliy asoslari, integrallashuv (kuzatish, nazorat, funksionallik) darajasini kompetensiyaviy yondashuv tamoyil (shaxsga muvofiqlik, yagonalik, insonparvarlshtirish, asoslanganlik)lari asosida rivojlantirishga oid ilmiy-tahliliy xulosalar asosida aniqlashtirilgan ma’lumotlar oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayoniga amaliy joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2024-yil 26-noyabrdagi 01/17-720-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan bo‘lajak o‘qituvchilarini kompetensiyaviy yondashuv asosida inklyuziv ta’limga tayyorlash mexanizimlarini rivojlantirishga erishgilgan;
 bo‘lajak o‘qituvchilarni inklyuziv ta’limga tayyorlashda kompetensiyaviy (kompetentli, faoliyatli, motivatsion-maqsadli, tizimli, innovatsion, kreativ, integrativ, sotsiogenetik, biogenetik, psixogenetik) yondashuvlar asosida rivojlantirishda mobil dasturiy ta’lim (Apple/iOS, Google/Android, Amazon Alexa, Featured books, Bookshare) ilovalaridan foydalanib, o‘qitish usullari (an’anaviy va noan’anaviy metod)lar komponentlari (kognitiv, faoliyatli, muloqotchanlik, ijodkorlik), pedagogik-psixologik omillari, xususiyatlari, shart-sharoitlari, shakllari, bilish (kreativ, qisman izalanishli, produktiv, reproduktiv) darajalari, baholash (a’lo, yaxshi, qoniqarli, qoniqarsiz) me’zonlari orqali o‘qitish metodikasi mazmunan takomillashtirishga oid xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutining “OT-Atex-2018-519 Kompyuter imitatsion modellar asosida virtual resusrslar veb ilovasining dasturiy ta’minotini yaratish” (2019-2022-y.y) mavzusidagi grant loyihaning “Dasturiy ta’lim vositalarini shlab chiqish metodikasi” qismini bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 19-noyabrdagi, 2556/.02-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni inklyuziv ta’limga tayyorlashda ijodiy, kognitiv faollikni ko‘rsatish, qiziqishi, qobiliyatini rivojlantirish, raqamli ta’lim texnologiyalari hamda vositalari va dasturiy ta’minot ilovalaridan foydalanishning metodik talablari hamda kompetensiyaviy yondashuv tamoyillarini rivojlantirishga erishilgan;
kompetensiyaviy yondashuv orqali bo‘lajak o‘qituvchilarni inklyuziv ta’lim jarayoniga tayyorlashda pedagogik kompetentlikni rivojlanganlik darajalarini texnologik ko‘maklashuvchi vositalar (ilmiy, ilmiy-texnik, ilmiy-pedagogik, prognostik) imkoniyatlarini oshirish, individual-refleksiya (imkoniyati, tolereantlik, qiziqishi, muomalasi, o‘z-o‘zini rivojlantirish va ko‘nikuvchanlik) asosida ishlab chiqilgan metodik tavsiyalar Buxoro universitetining 2020-2024-yillarda bajarilgan “OT-F1-002-Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari” nomli fundamental loyihaning “Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning kompetensiyaviy yondashuvlari” qismini bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2024-yil 20-noyabrdagi 01-04/7244-son ma’lumotnomasi). Natijada, kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni inklyuziv ta’lim jarayoniga tayyorlashda pedagogik kompetensiyaviy rivojlanganlik darajalarini texnologik ko‘maklashuvchi vositalar imkoniyatlarini oshirishga erishilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni inklyuziv ta’limga tayyorlashda kompetensiyaviy yondashuv asosida rivojlantirish bosqishlari (integrativ, psixologik, faoliyatning aniq sohalari), o‘qitishda (motivatsion, faoliyatli, axborotli) jarayonlarni tizim bilan integrasiyalashuv darajasini ta’lim jarayonida barqarorlashtirish modeli takomillashtirishga oid ma’lumotlar “Inklyuziv ta’limni takomillashtirish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18-avgustdagi 356-sonli buyrug‘i, 356/7-088-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, inklyuziv ta’limda alohida e’tiborga muhtoj bo‘lgan talabalarni inklyuziv ta’limga jalb qilishning pedagogik-psixologik xususiyatlari ta’lim samaradorligini oshirish imkonini bergan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni inklyuziv ta’limga tayyorlash kreativligini (ijodiy, kognitiv faollikni ko‘rsatish, qiziqish, ichki motivatsiya va o‘z-o‘zini ko‘rsatish qobiliyati)ni rivojlantirish, raqamli ta’lim texnologiya vositalari (zamonaviy kompyuterlar, videoproektorlar, elektron doskalar, multimedia, animatsiya, elektron va aqlli darsliklar) va dasturiy ta’minot ilovalari (Sread signs, Bookshare, See my world)dan foydalanishning metodik talablari hamda kompetensiyaviy yondashuv tamoyillari optimallashtirishga oid ma’lumotlar “Inklyuziv ta’lim. Gospital pedagogikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-son buyrug‘i,  55173-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarda pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishini o‘qib tugatgan kompetensiyaviyligi rivojlangan o‘qituvchilarni, inklyuziv ta’lim tashkil etilgan muassasalarda sog‘lom va alohida e’tiborga muhtoj bo‘lgan o‘quvchilar bilan birga o‘qitishda, ta’lim jarayonida duch kelish ehtimoli bo‘lgan turli muammolarni samarali bartaraf etishga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish