Abduraxmanova Nafisa Shuxratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xlorella yashil suv o‘ti suspenziyasini quyonlar organizmi va go‘shtining sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri”, 16.00.04 – Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi. Veterinariya sanitariyasi, ekologiyasi, zoogigienasi va veterinar-sanitariya ekspertizasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/V178
Ilmiy rahbar: Salimov Yunus, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, DSc.08/2025.27.12.V.11.01.
Rasmiy opponentlar: Niyazov Hakim Bakoevich, veterinariya fanlari doktori, professor; Yuldashev Soatboy Jiyanbaevich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xlorella yashil suv o‘ti suspenziyasini quyonlar ozuqa ratsioniga qo‘shimcha tabiiy biologik faol modda sifatida qo‘llash, uni quyonlar organizmiga va go‘shtining sifatiga veterinariya sanitariya jihatdan ta’sirini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xlorella yashil suv o‘ti suspenziyasini xikol zotli quyonlar organizmiga stimullovchi ta’sir ko‘rsatib, 120 kunlik quyonlar tirik vazni o‘rtacha 3704,1 gr hamda go‘shtning so‘yim chiqimi 53,88 % ni tashkil qilganligi aniqlangan;
xlorella suspenziyasini quyonlar qonining morfologik va biokimyoviy ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’siri ilmiy asoslangan;
xlorella suspenziyasini quyonlar ko‘payish faoliyatiga samarali ta’siri tajribalar asosida isbotlangan;
xlorella suspenziyasini qabul qilgan quyonlar go‘shti tarkibidagi oqsil miqdori nazoratdagilarga nisbatan 4,26 % ga, yog‘ 1,52 % ga, kul miqdorini esa 9,5 % ga oshganligi va ushbu go‘sht sifatini yuqori bo‘lganligi aniqlangan;
xlorella suspenziyasini quyonchilik sohasida samarali qo‘llashning maqbul dozasi va muddati bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xlorella suspenziyasini quyonlar go‘shti sifatiga va ko‘payish xususiyatlariga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
“Xlorella suspenziyasini quyonchilikka ixtisoslashtirilgan xo‘jaliklarda qo‘llash bo‘yicha tavsiyanoma” tasdiqlangan hamda qo‘llash uchun quyonchilik xo‘jaliklari va hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazlariga joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025 yil 11 martdagi № 3-son bayonnomasi). Ushbu tavsiyalarni amaliyotda qo‘llash orqali quyonchilik xo‘jaliklarida quyonlar go‘shtining sifat ko‘rsatkichlarini veterinariya sanitariya jihatdan yuqori darajada bo‘lishiga erishilgan;
Xlorella yashil suv o‘tidan suspenziya tayyorlanib, quyonlarga qo‘llanilgan va go‘shtining sifatini organoleptik va biokimyoviy jihatdan baholangan hamda ma’qbul berish miqdorlari ishlab chiqilib, Samarqand viloyati Jomboy tumani “Jomboy ko‘chatchilik tomorqa xizmati” MChJ, Samarqand viloyati Oqdaryo tumani “Tarnov sabzavotlari” fermer xo‘jaligi, Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumani “Erjar dengizi” MChJ qaga qarashli quyonchilik xo‘jaligi va Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani “Tayloq barakali quyonlari” fermer xo‘jaliklariga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025 yil 28-maydagi № 02/23-376-son ma’lumotnomasi). Natijada quyonlar go‘shti sifati yuqori bo‘lishi va tirik vazn ko‘rsatkichini 8,9 % oshirishga erishilgan.
Xlorella suspenziyasini tabiiy biologik faol ozuqa qo‘shimchasi sifatida quyonlar ratsioniga qo‘shimcha ravishda qo‘llash usuli ishlab chiqilib, xo‘jaliklarga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025 yil 28-maydagi № 02/23-376-son ma’lumotnomasi). Yashil suv o‘ti xlorella suspenziyasini quyonchilikda qo‘llashning iqtisodiy samaradorligi yuqori bo‘lib, sarflangan 1 so‘m xarajatlar hisobiga 5,58 so‘mni tashkil etadi.