Ataev Muslim Rixsievichning 
Fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ustrushananing qadimgi va Birinchi Renessans davrlari tarixi manbashunoslik tahlili”, 07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.DSc/Tar565.
Ilmiy rahbar: Munavvarov Zohidullo Inomxo‘jaevich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.05.01 Rasmiy opponentlar: 
Yusupova Dilorom Yunusovna, tarix fanlar doktori, akademik.
Toshboev Furqat Eshboevich, tarix fanlari doktori (DSc), professor.
Matibaeva Raziya Baltabaevna, tarix fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tarixiy Ustrushana IX-XII asrlarda sodir bo‘lgan Markaziy Osiyo Renessansi davrida Buxoro, Samarqand, Nasaf, Shosh kabi Movarounnahrda faoliyat yurgizgan ilmiy-madaniy markazlardan biri bo‘lganligi va jamiyat ma’naviy va ma’rifiy hayotida alohida mavqega ega bo‘lganini birlamchi va boshqa manbalar asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Markaziy Osiyo, xususan, Movarounnahr islom tarixida ilmiy-madaniy markaz sifatida e’tirof etilgan qadimiy o‘lkaning Buxoro, Samarqand, Termiz, Nasaf kabi shaharlari dunyo ilmiy markazlari tomonidan tan olingan hamda umumbashariy qadriyat sifatida e’tirof etilgan. Ushbu markazlar qatorida IX-XII asrlarda sodir bo‘lgan Markaziy Osiyo Renessansiga salmoqli hissa qo‘shgan Ustrushana ilmiy-madaniy markazi ham faoliyat yurgizgani manbalar bilan dalillangan; 
- IX-XII asrlarda Ustrushanadan etmishdan ortiq taniqli muhaddis etishib chiqqanligi, ularning aksariyati hanafiy mazhabiga mansub ekanliklari, vatani Ustrushana bo‘lsa-da, Samarqand, Buxoro va, hattoki, xorijiy Sharq mamlakatlarida faoliyat olib borib, hadis ilmi rivojlanishiga katta hissa qo‘shgani qayd etilgan manbalar aniqlangan; 
- Yozma manbalardan topilgan o‘ttizdan ortiq faqihning biografiyalarini tiklash orqali fiqh ilmi Ustrushanaga Somoniylar davrida kirib kelgani isbotlangan;
- IX-XII asrlarda kuzatilgan Birinchi Renessansga Ustrushana ilmiy markazi salmoqli hissa qo‘shgani, undan chiqqan olimlar orasida “Buxoroning etti qozisi” sanog‘i boshlangan Abu Ja’far Ustrushaniy ham bo‘lgani, uning ilmiy merosi nafaqat Movarounnahr, balki musulmon olamining boshqa o‘lkalarida ham katta shuhrat qozongani haqidagi ma’lumotlar tegishli manbalardan jamlanib, tizimlashtirilgan;  
- Ustrushanadan etishib chiqqan faqih Majduddin Muhammad ibn Mahmud ibn Husayn Ustrushaniy ilmiy merosi kompleks tadqiq etilgan, uning “Jomiʼ ahkom as-sig‘or” asari voyaga etmagan bolalar huquqi, yaʼni yuvenal huquq to‘g‘risida o‘rta asrlarda yaratilgan yagona manba ekani, binobarin, yuvenal huquq tarixi XIX asr oxirida AQShda emas, balki XIII asr boshlarida Ustrushanada boshlangani isbotlangan;  
- XIII asrning ibtidosidagi mo‘g‘ullar istilosi natijasida umuman, Movarounnahr, jumladan, Ustrushana o‘ta mudhish holatni boshdan kechirganiga qaramay, fiqh ilmi va faqihlar faoliyati to‘xtab qolmagani, aksincha, unda paydo bo‘lgan bola huquqlari ko‘rinishidagi yangi yo‘nalish hamda “Kitob al-fusul” kabi manbalarda o‘z aksini topgan ijtimoiy va shaxsiy muammolar echimi bilan bog‘liq yangicha qarashlar manbalari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiya ishi natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan: “O‘zbekiston ziyoratgohlari va qadamjolari” turkumidagi Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida joylashgan ziyoratgohlar, qadamjolar, tarixiy obidalar va meʼmoriy yodgorliklar tarixini o‘zida saqlagan birlamchi manba bo‘lib xizmat qilgani isbotlangani xususidagi ilmiy xulosalardan buyurtma asosida tayyorlangan “O‘zbekiston ziyoratgohlari va qadamjolari (IV)” kitobi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston ziyoratgohlari va qadamjolari: Sirdaryo va Jizzax viloyatlar [Matn]. – Toshkent, “Turon zamin ziyo”, 2017. -232 b.). Natijada turizm sohasi xodimlari uchun Markaziy Osiyo ziyoratgoh va qadamjolarning tarixi bilan ishlashda qo‘shimcha manba bo‘lib xizmat qilgan; IX-XIV asrlarda Markaziy Osiyo va Sharq mamlakatlarida hadis va fiqh sohasida faoliyat yurgizgan ustrushanalik ulamolar faoliyat yuritgani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan buyurtama asosida tayyorlangan quyidagi to‘rtta kitob mazmuniga singdirilgan. Birinchisi, “O‘rta asr sharq allomalari ensiklopediyasi” kitobi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2025 yil 13-oktyabr 02/495 son dalolatnomasi), ikkinchisi, “Ustrushana ulamolari” kitobi (O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix instituti 2025 yil 17- oktyabr 1/3-629 son dalolatnomasi); uchinchisi, “Renessans olimlari qomusi” (Z.Munavvarov [va boshq.].). – Turkey: “Mega Basım” nashriyoti. Cihangir M Cuvercin C No: 3/1 Baha Iş Merkezi A Blok Haramidere - Avcilar, Istanbul, Turkey. 2021. – 744 b.), “Movarounnahr ilmiy markazlari” ([Izomaterial]: kitob-albom / Z.Munavvarov [va boshq.]. – Toshkent: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, 2022. – 480 b.); Kifoyat ash-Sha’biy [faksimile]. (prof. Z.Munavvarov hammuallif.). – Toshkent: «Fan ziyosi», 2021. – 576 b.); “Jomiʼ ahkom as-sig‘or” (“Bola huquqlari kodeksi”)  – T.: «O‘zbekiston» nashriyoti, 2021. – 212 b.); "جامع أحكام الصغار" [faksimile]. (prof. Z.Munavvarov hammuallif.). –Toshkent: «IShONCh PRINT», 2025. – 496 b.) kitoblari (O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi 2025 yil 14-oktyabr 05-14/481 son dalolatnomasi); to‘rtinchisi, "جامع أحكام الصغار" “Bolalar huquqi majmuasi” (Arab tilida, muftiy U. Alimov hammuallif.) – T.: «Sharq» nashriyot-matbaa akciyadorlik kompaniyasi, 2013. – 696 b.); “Jizzax allomalari” – T.: «Adib» nashriyoti, 2014. – 240 b.); “الأسئلة والأجوبة” (Arab va fors tilida) –T.: “Movarounnahr” nashriyoti, 2017. – 376 b.(; "عمدة المفتي والمستفتي" [faksimile]. –T.: “Movarounnahr” nashriyoti, 2018. – 328 b.) kitoblari (O‘zbekiston musulmonlari idorasi 2025 yil 15-oktyabr 05-03/163 son dalolatnomasi); beshinchisi, "جامع أحكام الصغار" “Bolalar huquqi majmuasi” kitobi akademik A.Saidov tomonidan  O‘zbekiston Respublikasining Jeneva shahridagi BMT bo‘linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi Doimiy vakolatxonasida 2013 yil 1-iyulda o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada taqdimot qilindi (Inson huquqlari bo‘yica O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi 2025-yil 13-oktyabr 01/1160 son dalolatnomasi). Natijada tinglovchilarda IX-XIII asrlarda Markaziy Osiyo va Sharq mamlakatlarida hadis va fiqh sohasida faoliyat yurgizgan yuzdan oshiq ustrushanalik ulamolar haqidagi bilimlar kengayishiga xizmat qilgan; 
Ustrushana ilmiy-madaniy markazining yorqin vakili Muhammad ibn Mahmud Ustrushaniy va uning boy ilmiy merosiga taalluqli ilmiy xulosalardan “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida “Tamaddun darg‘alari” ssenariyasini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yil 14-oktyabr 15-33/768-son ma’lumotnomasi). Natijada ma’naviy-ma’rifiy va diniy-ma’rifiy bilimlarni oshirishga xizmat qilgan ustrushanalik buyuk faqih Majduddin Ustrushaniy haqida aholiga faktlarga boy ma’lumotlar etkazilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish