Jumaev Mustafo Erkin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbekiston toponimlarining tarixiy tahlili (Surxondaryo viloyati misolida)”, 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tar1653.
Ilmiy rahbar: Tursunov Saypulla Narzullaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Tar.12.01.
Rasmiy opponentlar: Xalikova Raxbar Ergashevna, tarix fanlari doktori, professor, Xudoyqulov To‘lqin Do‘stboboevich, tarix fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: Surxondaryo viloyati hududidagi joy nomlari (toponimlar) ni tarixiy nuqtayi nazardan tahlil qilish, ularning kelib chiqishi, shakllanish bosqichlari va mazmun-mohiyatini aniqlash hamda mavjud tarixiy, yozma va arxeologik manbalar asosida ilmiy izoh berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Surxon vohasi toponimlarining shakllanishida asos bo‘lgan geografik oronimlarning kelib chiqishi va rivojlanish bosqichlari tahlil qilinib, ularning boshqa mintaqalardagi oronimlarga nisbatan qadimiyligi hamda o‘ziga xos farqli jihatlari aniqlangan, shuningdek, mazkur toponimik qatlamning mintaqaning etnik tarkibi, mahalliy shevalar va tabiatda yuz bergan tarixiy o‘zgarishlar bilan uzviy bog‘liqligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan;
Surxondaryo mintaqasiga xos gidronimlarning shakllanishi tarixiy jarayonlar bilan bog‘liq holda tahlil qilinib, ularning vujudga kelishida tabiiy-geografik o‘zgarishlar, aholi joylashuvi, xo‘jalik faoliyati hamda turli davrlardagi siyosiy va madaniy jarayonlar muhim omil bo‘lgani aniqlangan. Shuningdek, ayrim gidronimlar tarkibiga xorijiy unsurlarning kirib kelishi mintaqaning tarixiy aloqalari va migratsiya jarayonlari bilan bog‘liq ekani, nomlardagi noo‘rin unsurlar esa muayyan tarixiy davrlardagi mafkuraviy va ma’muriy amaliyot natijasi ekani ilmiy jihatdan asoslangan;
vohada tarixiy joy nomlarining shakllanishi va ularning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinib, mazkur toponimlarning an’anaviy madaniyat, moddiy va ma’naviy hayot taraqqiyotiga ta’siri aniqlangan. Shu bilan birga, ayrim davrlarda xorijiy toponimlarning kirib kelishi mahalliy madaniy muhit bilan uyg‘unlashgan holda kechganligi, shuningdek, toponimik tizimda milliy mentalitetni kamsituvchi atamalarning paydo bo‘lishi muayyan tarixiy davrlardagi siyosiy-mafkuraviy jarayonlar va ma’muriy amaliyotlar bilan bog‘liq ekanligi ko‘rsatib berilgan;
vohada muqaddas qadamjolar va tarixiy shaxslar bilan bog‘liq joy nomlarini tahlil etishda etnotoponimlarning muhim o‘rin tutgani, mahalliy o‘troq aholi hamda ko‘chmanchi qabilalar bilan bog‘liq atamalar asosida voha hududida yangi joy nomlarining shakllangani aniqlangan. Shuningdek, mazkur toponimlarning hudud bo‘ylab joylashuvi aholi turmush tarzi, ijtimoiy munosabatlar va mahalliy shevalar bilan uzviy bog‘liq holda vujudga kelgani ilmiy jihatdan asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston toponimlari tarixiy tahlili (Surxondaryo viloyati misolida) mavzusini o‘rganishda to‘plangan ilmiy ma’lumotlar asosida:
Surxon vohasi toponimlarining shakllanishida asos bo‘lgan geografik oronimlarning kelib chiqishi va rivojlanish bosqichlari tahlil qilinib, ularning boshqa mintaqalardagi oronimlarga nisbatan qadimiyligi hamda o‘ziga xos farqli jihatlari aniqlangan, shuningdek, mazkur toponimik qatlamning mintaqaning etnik tarkibi, mahalliy shevalar va tabiatda yuz bergan tarixiy o‘zgarishlar bilan uzviy bog‘liqligi oid ma’lumotlardan “Oʻzbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” koʻrsatuvi koʻrsatuvining ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 19-maydagi 02-31-787-son maʼlumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarda Surxon vohasining toponimik shakllanishi, uning tarixiy ildizlari va mintaqaning etnik-madaniy taraqqiyoti haqida ilmiy tasavvur shakllandi.
Surxondaryo mintaqasiga xos gidronimlarning shakllanishi tarixiy jarayonlar bilan bog‘liq holda tahlil qilinib, ularning vujudga kelishida tabiiy-geografik o‘zgarishlar, aholi joylashuvi, xo‘jalik faoliyati hamda turli davrlardagi siyosiy va madaniy jarayonlar muhim omil bo‘lgani aniqlangan. Shuningdek, ayrim gidronimlar tarkibiga xorijiy unsurlarning kirib kelishi mintaqaning tarixiy aloqalari va migratsiya jarayonlari bilan bog‘liq ekani, nomlardagi noo‘rin unsurlar esa muayyan tarixiy davrlardagi mafkuraviy va ma’muriy amaliyot natijasi ekanligi haqidagi ma’lumotlardan (Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 19-maydagi 02-31-787-son maʼlumotnomasi). Natijada gidronimlarning tarixiy shakllanishi va ularning mintaqa taraqqiyotidagi o‘rni haqidagi ilmiy-ma’rifiy tasavvur kengaydi, mazkur yo‘nalishdagi targ‘ibot materiallarining tarixiy asoslanganligi kuchaydi.
Vohada tarixiy joy nomlarining shakllanishi va ularning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinib, mazkur toponimlarning an’anaviy madaniyat, moddiy va ma’naviy hayot taraqqiyotiga ta’siri aniqlangan. Shu bilan birga, ayrim davrlarda xorijiy toponimlarning kirib kelishi mahalliy madaniy muhit bilan uyg‘unlashgan holda kechganligi, shuningdek, toponimik tizimda milliy mentalitetni kamsituvchi atamalarning paydo bo‘lishi muayyan tarixiy davrlardagi siyosiy-mafkuraviy jarayonlar va ma’muriy amaliyotlar bilan bog‘liq ekanligi haqidagi ma’lumotlardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 4-yanvarda tasdiqlangan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining IV yo‘nalishida belgilangan “Aholi o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish, yangilanish jarayonlari va tub islohotlarga daxldorlik xissini uyg‘otish, tarixiy va muhim sanalarda ularni birlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar” 23-bandi bo‘yicha targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 1-dekabrdagi 10/820-son maʼlumotnomasi). Natijada aholi o‘rtasida tarixiy joy nomlarining milliy o‘zlikni anglashdagi o‘rni haqidagi ma’naviy-ma’rifiy tushunchalar mustahkamlandi, vatanparvarlik ruhini yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot ishlarining mazmuniy samaradorligi oshdi.
Vohada muqaddas qadamjolar va tarixiy shaxslar bilan bog‘liq joy nomlarini tahlil etishda etnotoponimlarning muhim o‘rin tutgani, mahalliy o‘troq aholi hamda ko‘chmanchi qabilalar bilan bog‘liq atamalar asosida voha hududida yangi joy nomlarining shakllangani, shuningdek, mazkur toponimlarning hudud bo‘ylab joylashuvi aholi turmush tarzi, ijtimoiy munosabatlar va mahalliy shevalar bilan uzviy bog‘liq holda vujudga kelganiga oid ma’lumotlardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 4-yanvarda tasdiqlangan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining IV yo‘nalishida belgilangan “Aholi o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish, yangilanish jarayonlari va tub islohotlarga daxldorlik xissini uyg‘otish, tarixiy va muhim sanalarda ularni birlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar” 23-bandi bo‘yicha targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 1-dekabrdagi 10/820-son maʼlumotnomasi). Natijada aholi o‘rtasida muqaddas qadamjolar va tarixiy shaxslar bilan bog‘liq joy nomlarining tarixiy ahamiyati, ularning milliy o‘zlik va vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishdagi o‘rni haqidagi ma’naviy-ma’rifiy tasavvurlar mustahkamlandi.