Tuychieva Zebiniso Farhod qizi 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillari mediamatnida so‘z o‘yini hodisasi voqelanishining sotsiolingvistik va pragmatik shartlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi.
 Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil.1163
Ilmiy rahbar: Safarov Shaxriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori,  professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:  Navoiy davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/2025.27.12.Fil.3702.
Rasmiy opponentlar: Xayrullaev Xurshid Zaynievich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Teshaboeva Ziyodaxon Qodirovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot:  O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  ingliz va o‘zbek tillari mediamatnidagi so‘z o‘yinini ko‘p jihatli hodisa sifatida qiyosiy jihatdan talqin qilish asnosida so‘z o‘yini voqelanishining sotsiolingvistik va pragmatik xususiyatlarini tahlil qilish, shuningdek, ushbu xususiyatlarning shakllanishi so‘z o‘yini hodisasining matn shakllantirish imkoniyatlari bilan bo‘g‘liq ekanligini  aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ommaviy axborot vositalari va virtual makonda matn va mediamatn  tushunchalari farqlangan, media matnlar matn yaratish usuli; matn hosil qilish va etkazish shakli, tarqatish kanali; matnning funksional-janriy xoslanganligi va mavzu dominantligi  kabi funksional va kommunikativ mezonlar asosida  sistemali tasniflangan;
ingliz va o‘zbek tillari mediamatnida voqelangan  fonetik, leksik-semantik, morfologik, sintaktik, intermatn so‘z o‘yinlari ilk bor nutqiy aktlar nazariyasi asosida qiyosiy - pragmatik tasniflanib, ularning so‘z o‘yinlari orqali illokutiv, perlokutiv maqsadni hosil qiluvchi ekspressiv, direktiv, baholovchi xususiyatlari  yoritilgan;
mediamatnlarda qo‘llangan fonetik, leksik-semantik, morfologik, sintaktik, intermatn so‘z o‘yinlarining auditoriya muhitiga  bog‘liq sotsiolingvistik xususiyatlari  aniqlanib, ularning til kompetensiyasi, ijtimoiy mavqeyi, kasbiy mansubligi, yoshi va gender xususiyatlari, shuningdek, pragmatik farqlanishi ochib berilgan;
ingliz va o‘zbek mediamatnlarida so‘z o‘yinining ekspressivlik, estetik, komik, zavq bag‘ishlovchi, pragmatik, ifodalilik, obrazlilik, niqoblovchi va lisoniy yaratuvchanlik funksiyalari  tasniflanib, ularning tarjimasida yuzaga keladigan  muammolarga  harfiy ko‘chirish, muqobil variantni aniqlash hamda madaniy moslashtirish   usullarini qo‘llash  afzalligi  ilmiy dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz  va o‘zbek mediamatnlarida so‘z o‘yini voqelanishining sotsiolingvistik hamda pragmatik xususiyatlarining tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
       dissertatsiyada OAV va media tushunchasi, matn va mediamatn hodisasiga doir yangiliklaridan “Samarqand viloyati teleradiokanali” DMda 2025-yil iyun oyida efirga uzatilgan “Maxsus reportaj” ko‘rsatuvining ssenariysini tayyorlashda amaliy asos sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Samarqand viloyat teleradio kompaniyasining 2025-yil  11-iyuldagi  01-07/252-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, media matnlar tasnifiga (yaratilish usuli, shakli, etkazish kanali, funksional-janriy xoslanganligi, mavzu dominantligi)  oid ilmiy xulosalar ko‘rsatuv materialini mazmunan boyitishga hamda estetik qimmatini oshirishga xizmat qilgan.
        so‘z o‘yinlarining illokutiv, perlokutiv maqsadni hosil qiluvchi ekspressiv, direktiv, baholovchi xususiyatlari  tadqiqiga doir ilmiy xulosalardan Britaniya Kengashining Advance HE dasturi asosida, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamkorligida 2019-2022-yillarda bajarilgan Change Academy xalqaro loyihasi doirasida Navoiy davlat universitetida bajarilgan “INPRODEC” amaliy  loyihasida foydalanilgan (Navoiy davlat universitetining 2025-yil 26-iyundagi 88-87-4387/02-sonli ma’lumotnomasi). Loyiha ishida ingliz va o‘zbek tillari mediamatnida voqelangan so‘z o‘yinlari hamda ularda  qo‘llangan nutqiy akt turlari  tasnifiga doir ilmiy-nazariy xulosalardan foydalanilgan. Natijada, ilmiy tadqiqot ishida keltirilgan natijalarga tayanilgan holda ushbu loyiha materiallari mazmunan boyitilgan; 
           ingliz va o‘zbek mediamatnlarida so‘z o‘yini voqelanishining sotsiolingvistik xususiyatlariga oid  natija va tavsiyalardan  O‘zRFAQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2021-2023-yillarda bajarilgan “Qoraqalpoq folklorida olamning etnolingvistik tasvirini monografik aspektda tahlil qilish” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot ishida foydalanilgan (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 13-iyundagi 329/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada,  ingliz va o‘zbek mediamatnlarida so‘z o‘yini voqelanishining auditoriyaning til kompetensiyasi, ijtimoiy mavqeyi, kasbiy mansubligi, yoshi va gender xususiyatlari bilan bog‘liq sotsiolingvistik xususiyatlari dalillanganligi  to‘g‘risidagi xulosalar folklorda zamon va aspekt tushunchalarining o‘ziga xosligini aniqlashga uordam berishi asoslangan, ilmiy loyiha ishining mazmuni yangi materiallar bilan boyitilgan;
           ingliz va o‘zbek mediamatnlarida so‘z o‘yinining turli pragmatik vazifalarni bajarishiga doir  ilmiy-nazariy xulosalardan 2017-2020-yillarda bajarilgan OT-F1-030 – “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyani (7-jild) chop etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 25-iyundagi 01/4-2725-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz va o‘zbek mediamatnida so‘z o‘yinining ekspressivlik, estetik, komik, zavq bag‘ishlovchi, pragmatik, obrazlilik, niqoblovchi, baholovchi va lisoniy yaratuvchanlik kabi vazifalarni bajarishi isbotlangan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish