Ne’matova Nigora Soliddin qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Chet tilni o‘qitishda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mustaqil ta’lim olish jarayonini shakllantirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped7103
Ilmiy rahbar: Rustamova Adash Eshankulovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2025.27.12.Fil/37.02 raqamli ilmiy kengash asosida bir martalik ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Jumanazarov Umid Umirzakovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor;  Raxmonov Azizxon Bositxonovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat pedagogika instituti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi chet tilni o‘qitishda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining  mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining chet tilda leksik minimumni o‘zlashtirish jarayonida yuzaga keladigan talaffuz qiyinchiliklarini inobatga olgan holda tavsiya etilgan fonetik minimum tovushlarning pozision, oppozision, akustik hamda artikulatsion xususiyatlari va qiyinchiliklari asosida tanlab olinishi mustaqil ta’lim jarayonida o‘quvchilarda chet til talaffuzini to‘g‘ri shakllantirishga xizmat qilishi ilmiy jihatdan asoslab berilgan;
o‘quvchilarning chet tilda leksik minimumni mustaqil ta’lim asosida egallashlari uchun “ESSR (English Self-Study Routine)”da maxsus dasturlar orqali video va audiomatnlar ko‘rinishida o‘rganish imkoniyati yaratilgan bo‘lib, mazkur minimumni “virtuallik va vizuallik”, shuningdek, “reseptivlik, produktivlik va reproduktivlik integratsiyasi” asosida o‘rganish imkoniyati takomillashtirilgan; 
“ESSR (English Self-Study Routine)” elektron ta’lim resursi tarkibida “Glossary” va “Self-testing” bo‘limlarining mavjudligi o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini rivojlantirish bilan birga, ularda “self-assessment 
(o‘z-o‘zini baholash)” hamda “self-correction (o‘z-o‘zini tuzatish)” ko‘nikmalarining shakllanishiga xizmat qilishi lingvopsixologik va lingvodidaktik yondashuvlar asosida asoslab berilgan;
o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olish jarayonini “ESSR (English Self-Study Routine)” elektron ta’lim resursi asosida rivojlantirishda audiovizual va videovlog shaklida taqdim etilgan materiallarning zamon talablariga mosligi, shuningdek, tarbiyaviy ta’lim, onglilik, faollik, ko‘rgazmalilik, sistemalilik, individual yondashuv, puxta o‘zlashtirish va o‘quvchi potensialiga moslik kabi didaktik tamoyillarning integratsiyalashuvi va o‘zaro uyg‘unligi o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olish jarayonini takomillashtirishga xizmat qilishi nazariy va amaliy jihatdan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Boshlang‘ich sinflarda mustaqil ta’lim ko‘nikmasini shakllantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining chet tilda leksik minimumni o‘zlashtirish jarayonida yuzaga keladigan talaffuz qiyinchiliklarini inobatga olgan holda tavsiya etilgan fonetik minimum tovushlarning pozision, oppozision, akustik hamda artikulatsion xususiyatlari va qiyinchiliklari asosida tanlab olinishi mustaqil ta’lim jarayonida o‘quvchilarda chet til talaffuzini to‘g‘ri shakllantirishga xizmat qilishi ilmiy jihatdan asoslab berilganligiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan A-OT-2021-419-raqamli “Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini oshirish kursining elektron platformasini yaratish (Pre-school PDP)” mavzusidagi innovatsion loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining 2025-yil 10-fevraldagi 04/11-2398-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mustaqil ta’limni tashkil qilishda ilmiy jihatdan asoslangan fonetik va leksik minimumlarni yaratish bo‘yicha amaliy yechimlar ishlab chiqilgan;
o‘quvchilarning chet tilda leksik minimumni mustaqil ta’lim asosida egallashlari uchun “ESSR (English Self-Study Routine)”da maxsus dasturlar orqali video va audiomatnlar ko‘rinishida o‘rganish imkoniyati yaratilgan bo‘lib, mazkur minimumni “virtuallik va vizuallik”, shuningdek, “reseptivlik, produktivlik va reproduktivlik integratsiyasi” asosida o‘rganish imkoniyatini takomillashtirishga oid takliflardan Qarshi davlat universitetida 2021-2023-yillarda amalga oshirilgan 
SUZ-800-21GR-381 “Reinforcing English Language Competence at Karshi State University” nomli xalqaro grant loyihasida foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2025-yil 25-iyundagi  04/2766-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinflarda chet tilni mustaqil ta’lim asosida o‘qitishning ahamiyati keng ochib berilgan;
“ESSR (English Self-Study Routine)” elektron ta’lim resursi tarkibida “Glossary” va “Self-testing” bo‘limlarining mavjudligi o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini rivojlantirish bilan birga, ularda “self-assessment 
(o‘z-o‘zini baholash)” hamda “self-correction (o‘z-o‘zini tuzatish)” ko‘nikmalarining shakllanishiga xizmat qilishi lingvopsixologik va lingvodidaktik yondashuvlar asosida asoslab berilganligiga oid taklif va tavsiyalardan Samarqand davlat chet tillar institutida amalga oshirilgan Yevropa Ittifoqining Erasmus+ 585845 EPP-1-2017-ES-EPPKA2-CBHE-JP “CLASS: Development of the interdisiplinary master program on Computational Linguistics at Central Asian universities” (CLASS: “Markaziy Osiyo Universitetlarida kompyuter lingvistikasi bo‘yicha magistratura dasturini ishlab chiqish”) nomli innovatsion tadqiqotlar amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 8-fevraldagi 367/02-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olish jarayonini takomillashtirilishi nazariy va amaliy jihatdan aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olish jarayonini “ESSR (English Self-Study Routine)” elektron ta’lim resursi asosida rivojlantirishda audiovizual va videovlog shaklida taqdim etilgan materiallarning zamon talablariga mosligi, shuningdek, tarbiyaviy ta’lim, onglilik, faollik, ko‘rgazmalilik, sistemalilik, individual yondashuv, puxta o‘zlashtirish va o‘quvchi potensialiga moslik kabi didaktik tamoyillarning integratsiyalashuvi va o‘zaro uyg‘unligi o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olish jarayonini takomillashtirishga xizmat qilishi nazariy va amaliy jihatdan isbotlanganligiga oid ma’lumotlardan Samarqand radiosining “Kun mavzusi” eshittirishi va “Assalom Samarqand” tonggi dasturi ssenariylari uchun foydalanilgan (Samarqand viloyati teleradiokompaniyasi, 2024-yil 3-maydagi 01-07/94 va 01-07/93-sonli  ma’lumotnomalari). Natijada, ushbu chiqishi orqali radiotinglovchilar va teletomoshabinlarga chet tilni boshlang‘ich sinflarga sifatli o‘qitish va o‘rgatishning ahamiyati, bunda mustaqil ta’limning tutgan o‘rni xususida ma’lumot berib, dasturlarni mazmunan boyitishga xizmat qildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish