To‘raeva Maftuna Akbar qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Fransuz tilida neologizmlar shakllanishi va qo‘llanilishining lingvokognitiv jihatlari”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3103
Ilmiy rahbar: filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent Kiselyov Dmitriy Anatolevich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/2025.27.12.Fil.37.02.
Rasmiy opponentlar: Qarshibaeva Uljan Davirovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Bobokalonov Odilshoh Ostonovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy fransuz tilida neologizmlarning shakllanishi va funksionallashuvi jarayonida ishtirok etuvchi kognitiv mexanizmlarni aniqlash va ularni tizimli tavsiflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy fransuz tilida neologizmlarning shakllanishi kognitiv tabiatga ega ekanligi, bu voqelikni qayta konseptualizatsiya qilish jarayonida yuzaga keladigan yangi konseptual birliklarning verbal ifodasi sifatida namoyon bo‘lishi isbotlangan, neologizatsiya faqat lingvistik jarayon emas, balki konseptualizatsiya, kategoriyalash va bilimlarni o‘zlashtirish jarayonlarini aks ettiruvchi kognitiv mexanizm ekanligi dalillangan;
zamonaviy fransuz tilida neologizmlarning eng mahsuldor shakllanish modellari va mexanizmlari tizimlashtirilib, o‘zlashma so‘zlar, kalkalash, affiksatsiya, so‘z qo‘shish, kontaminatsiya, shuningdek mavjud leksik birliklarning semantik rivoji kognitiv va til tizimlarining o‘zaro ta’siri natijasi sifatida asoslangan;
ilk bor konseptual integratsiya nazariyasi (blending theory) doirasida neologizmlarning shakllanishini tahlil qilishga mo‘ljallangan lingvokognitiv tahlil algoritmlari ishlab chiqilgan, bu esa zamonaviy fransuz neologizmlari (Merkozy, démocrature, couloir de la mort va boshqalar) materialida yangi mental va leksik konstruksiyalar hosil bo‘lish mexanizmlarini ochib berishga imkon yaratganligi aniqlangan;
zamonaviy fransuz tilida neologizatsiya jarayonlarini faollashtiruvchi ekstralingvistik omillar tasniflanib, ijtimoiy-iqtisodiy transformatsiyalar, ilmiy-texnik taraqqiyot, raqamlashtirish jarayonlari hamda global inqiroz holatlari (pandemiyalar, ekologik va siyosiy jarayonlar) kabilar yangi konseptlarning shakllanishi va ularning til orqali ifodalanishiga turtki beruvchi omillar ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Dissertatsiyada ishlab chiqilgan nazariy va amaliy xulosalar, ishlanma hamda takliflar asosida:
zamonaviy fransuz tilida neologizmlarning shakllanishi kognitiv tabiatga ega ekanligi, bu voqelikni qayta konseptualizatsiya qilish jarayonida yuzaga keladigan yangi konseptual birliklarning verbal ifodasi sifatida namoyon bo‘lishi isbotlangan, neologizatsiya faqat lingvistik jarayon emas, balki konseptualizatsiya, kategoriyalash va bilimlarni o‘zlashtirish jarayonlarini aks ettiruvchi kognitiv mexanizm ekanligi dalillangan xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutining Erasmus+dasturining 585845-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHT-JP raqamli “Development of the interdisciplinary master program on Computational Linguistics at Central Asian Universities: CLASS”mavzusidagi xalqaro loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 17-iyuldagi 2102/02- sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijasida olingan xulosalar, ya’ni token-neologizmlarni avtomatik ajratish, aniqlash va belgilash, shuningdek, matnlarni semantik anglash algoritmlarini takomillashtirish imkonini bergan;
zamonaviy fransuz tilida neologizmlarning eng mahsuldor shakllanish modellari va mexanizmlari tizimlashtirilib, o‘zlashma so‘zlar, kalkalash, affiksatsiya, so‘z qo‘shish, kontaminatsiya, shuningdek mavjud leksik birliklarning semantik rivoji kognitiv va til tizimlarining o‘zaro ta’siri natijasi sifatida asoslangan ilmiy yangilik va xulosalardan Qarshi davlat universitetida 2021-2023-yillarda amalga oshirilgan SUZ-800-21GR-381 raqamli “Reinforcing English Language competence at Karshi State University” nomli xalqaro grant loyihasi ishlanmalarida foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2025-yil 4-iyuldagi 04/3039- sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari jahon tilshunosligida va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlari jarayonida, zamonaviy ijtimoiy-lingvistik ehtiyojlarga mos bo‘lgan holda, ayniqsa, Qarshi davlat universitetida xorijiy tillarni (jumladan, ingliz va fransuz tillarini) o‘qitish hamda tarjima faoliyatini takomillashtirish yo‘lida ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etgan;
ilk bor konseptual integratsiya nazariyasi (blending theory) doirasida neologizmlarning shakllanishini tahlil qilishga mo‘ljallangan lingvokognitiv tahlil algoritmlari ishlab chiqilgan, bu esa zamonaviy fransuz neologizmlari (Merkozy, démocrature, couloir de la mort va boshqalar) materialida yangi mental va leksik konstruksiyalar hosil bo‘lish mexanizmlarini ochib berishga imkon yaratganligi aniqlangan xulosalardan Samarqand Fransuz Alyansida 2025-yil 21-martdan 21-aprelgacha bo‘lib o‘tkan Frankofoniya haftaligi tadbirlarida foydalanilgan (Samarqand Fransuz Alyansining 2025-yil 30-apreldagi 02-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu izlanishlar natijalari Samarqand Fransuz Alyansida joriy etilayotgan tadbirlar, jumladan, doira suhbatlari, qo‘llanilayotgan uslubiy-metodik yondashuvlar hamda lug‘atlardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomalar ishlab chiqish va ularni amaliyotda targ‘ib etish jarayonida keng qo‘llanilgan;
zamonaviy fransuz tilida neologizatsiya jarayonlarini faollashtiruvchi ekstralingvistik omillar tasniflanib, ijtimoiy-iqtisodiy transformatsiyalar, ilmiy-texnik taraqqiyot, raqamlashtirish jarayonlari hamda global inqiroz holatlari (pandemiyalar, ekologik va siyosiy jarayonlar) kabilar yangi konseptlarning shakllanishi va ularning til orqali ifodalanishiga turtki beruvchi omillar ekanligi isbotlangan xulosalardan Samarqand viloyati teleradiokanali kompaniyasida 2025-yil 29-aprel kuni “Samarqand” radiokanalida efirga uzatilgan “Kun mavzusi” eshittirishi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokanalining 2025-yil 2-maydagi 01-07/179-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yangi so‘zlarning yuzaga kelishini faollashtiruvchi ekstralingvistik omillar ta’sirida, fransuz konseptosferasida milliy o‘zlikni saqlash uchun ingliz tilidan kirib kelayotgan tushunchalarning miqdorini kamaytirish va tilning ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib, yangi dunyo tasvirlarini tilda ifoda etish jarayonlarini o‘rganishga xizmat qilgan.