Soliev Oybek Soxibjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini xorijiy tajribalardan samarali foydalanishga tayyorlash texnologiyasi (Ona tili va o‘qish savodxonligi fani misolida)” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.2.PhD/Ped5167
Ilmiy rahbar: Jamolitdinova Dilnoza Mirxojiddinova filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat universiteti IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Qo‘qon davlat universiteti PhD.03./2025.27.12.Ped.34.01 
Rasmiy opponentlar: 
N.Jo‘raev psixologiya fanlari nomzodi, professor.
K.Abdullaev pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini fanlarni o‘qitishga tayyorlash jarayonida xorijiy tajribalardan foydalanish samaradorligini oshirish orqali ularning kasbiy tayyorgarlik darajasini yaxshilashga qaratilgan samarali pedagogik usullarni aniqlash, taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilar bilan belgilanadi:  
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida xorijiy mamlakatlar pedagogik yondashuvlarini tizimli o‘rganish, ularning milliy ta’lim sharoitlariga mos integratsiya mexanizmlarini ilmiy asoslash va pedagogik tayyorlov mazmuniga tatbiq etish imkoniyatlarini mezonli tahlil qilish asosida bo‘lajak pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini (didaktik, metodik, kommunikativ, raqamli va refleksiv) rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodik yondashuvlar majmui aniqlashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini ona tili va o‘qish savodxonligi fanini o‘qitishga tayyorlash jarayonida xorijiy tajribalarga tayangan o‘quv materiallarini (matn, tasvir va raqamli ma’lumotlar) interpretatsiya qilishning metodik asoslari tizimli o‘rganilib, ularni tanlash, moslashtirish va didaktik maqsadga yo‘naltirib qo‘llash mexanizmlari ilmiy asoslangan holda matnni tahlil qilish, solishtirish, xulosalash hamda o‘quv jarayonida samarali tatbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirishdagi pedagogik-didaktik roli takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini xorijiy tajribalardan samarali foydalanishga tayyorlashni ta’minlashda ona tili va o‘qish savodxonligini o‘qitish jarayonida zarur bo‘lgan tahliliy-pedagogik kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan mexanizmlar (mazmuniy-metodik integratsiya, interpretatsion tahlil ko‘nikmalari, refleksiv baholash va amaliy tatbiq) ilmiy asosda takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash jarayoniga xorijiy pedagogik tajribalar va pedagogik texnologiyalarni integratsiyalashgan holda joriy etuvchi model asosida o‘quv materiallarini tahliliy-sintetik qayta ishlash, ularni pedagogik tayyorlov jarayoniga moslashtirilgan didaktik shaklga keltirish, mazmunni raqamli taqdimotlar orqali interpretatsiya qilish hamda real va virtual ta’lim muhitlarini funksional uyg‘unlashtirish asosida pedagogik tayyorlov samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini fanlarni o‘qitishga tayyorlashda xorijiy tajribalardan foydalanish samaradorligi yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida xorijiy mamlakatlar pedagogik yondashuvlarini tizimli o‘rganish, ularning milliy ta’lim sharoitlariga mos integratsiya mexanizmlarini ilmiy asoslash va pedagogik tayyorlov mazmuniga tatbiq etish imkoniyatlarini mezonli tahlil qilish asosida bo‘lajak pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini (didaktik, metodik, kommunikativ, raqamli va refleksiv) rivojlantirishga oid takliflar “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilib, dars jarayonida amaliy qo‘llanishi ta’minlandi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 14 apreldagi 136-son buyrug‘i asosida berilgan 659232-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlashga yo‘naltirilgan metodik yondashuvlar majmui aniqlashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini ona tili va o‘qish savodxonligi fanini o‘qitishga tayyorlash jarayonida xorijiy tajribalarga tayangan o‘quv materiallarini (matn, tasvir va raqamli ma’lumotlar) interpretatsiya qilishning metodik asoslari tizimli o‘rganilib, ularni tanlash, moslashtirish va didaktik maqsadga yo‘naltirib qo‘llash mexanizmlari ilmiy asoslangan holda matnni tahlil qilish, solishtirish, xulosalash hamda o‘quv jarayonida samarali tatbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirishga oid takliflar “Mutaxassislikka kirish” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 14 apreldagi 136-son buyrug‘i asosida berilgan 105515-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini ona tili va o‘qish savodxonligi fanini o‘qitishga tayyorlash jarayonining pedagogik-didaktik roli takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini xorijiy tajribalardan samarali foydalanishga tayyorlashni ta’minlashda ona tili va o‘qish savodxonligini o‘qitish jarayonida zarur bo‘lgan tahliliy-pedagogik kompetentligini rivojlantirishga oid takliflar “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 14 apreldagi 136-son buyrug‘i asosida berilgan 659232-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini xorijiy tajribalardan samarali foydalanishga tayyorlash mexanizmlari ilmiy asosda takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash jarayoniga xorijiy pedagogik tajribalar va pedagogik texnologiyalarni integratsiyalashgan holda joriy etuvchi model asosida o‘quv materiallarini tahliliy-sintetik qayta ishlash, ularni pedagogik tayyorlov jarayoniga moslashtirilgan didaktik shaklga keltirish, mazmunini raqamli taqdimotlar orqali interpretatsiya qilish hamda real va virtual ta’lim muhitlarini funksional uyg‘unlashtirish asosida pedagogik tayyorlov samaradorligini oshirishga asoslangan taklif va tavsiyalar “Mutaxassislikka kirish” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 14 apreldagi 136-son buyrug‘i asosida berilgan 105515-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini pedagogik jihatdan tayyorlash samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish