Zaxidova Nodira Erkinovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Preeklampsiya rivojlanish xavfini prognozlovchi mul`tifaktorli algoritmlarini ishlab chiqish», 14.00.20–Tibbiy genetika (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib382.

Ilmiy rahbar: Xegay Tat`yana Rudol`fovna, tibbiyot fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Immunologiya va inson genomikasi instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Immunologiya va inson genomikasi instituti, DSc.30.08.2018.Tib.50.01.

Rasmiy oponentlar: Muxamedov Rustam Sultanovich, biologiya fanlari doktori, professor; Karimova Feruza Djavdatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Tibbiy-genetika ilmiy markazi davlat federal byudjet ilmiy korxonasi (Rossiya).

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotni maqsadi: preeklampsiya rivojlanish xavfini prognozlovchi multifaktorli  algoritmlarni ishlab chiqishdan  iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor preeklampsiya rivojlanishida ishtirok etuvchi (ASE, FLT1, MECOM) genlarining allel variantlari va genotiplari uchrashi darajasi aniqlangan;

ilk bor o‘zbek millatiga xos ayollarda preeklampsiya rivojlanishi arterial bosimni boshqaruvchi  (ASE) genining rs4646994 polimorfizmi bilan bog‘liqligi isbotlangan;

ilk bor o‘zbek populyasiyasida preeklampsiya kelib chiqishi endotelial o‘zgarishlarga olib keluvchi (FLT1) genning  rs1185049 polimorfizmi bilan  bog‘liqligi isbotlangan;

ilk bor preeklampsiya rivojlanishida ishtirok etuvchi polimorfizmlarining o‘zbek millatiga xos kombinatsiyalari (rs1185049, rs4646994, rs7626980) aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Preeklampsiya rivojlanish xavfini prognozlash va erta tashxislashning zamonaviy molekulyar-genetik usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

Preeklampsiya rivojlanish xavfini prognozlovchi mul`tifaktorli algoritmlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar InterPregGen Evropa Ittifoqi Ettinchi Ramkali Dasturi jamg‘armasining 282540 raqamli «Markaziy Osiyo va Evropa populyasiyalarida preeklampsiyani genetik tadqiqoti» mavzusidagi loyihasida qo‘llanilgan, shuningdek Nottingem universiteti va Lids universitetining (Buyuk Britaniya) klinik bo‘limlari  amaliyotlariga joriy etilgan  (Nottingem va Lids universitetlari InterPregGen loyihasi koordinatori Linda Morgan va divizion direktori professor P.M.Hopkinslarning 2019 yil 25 apreldagi  ma’lumotnomalari). Joriy qilingan natijalar, ya’ni yuqori statistik ahamiyatli genetik variantlarni umumiy genom miqiyosida aniqlanishi preeklampsiya skriningi va uni paydo bo‘lish xavfini baholashga imkoniyat yaratgan;

«Mul`tifaktorli kasalliklar  rivojlanishi xavf omillarining meta-tahlili» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 26 dekabrdagi 8n-d/278-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma mul`tifaktorli kasalliklar  rivojlanishi xavf omillari aniqlash, tashxislash, kasallik kechishini bashorat qilish va o‘z vaqtida davolash chora-tadbirlarini qo‘llashga xizmat qilgan;

preeklampsiya rivojlanish xavfini prognozlash va erta  tashxislashning zamonaviy molekulyar-genetik usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Immunologiya va inson genomikasi instituti amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 26 martdagi 8n-z/40-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar preeklampsiya rivojlanishining xavf guruhlarini aniqlash usullarini optimallashtirish, homiladorlik davrida gipertenziv o‘zgarishlarning oldini olish, kasallik asoratlarini kamaytirish hisobiga onalar o‘limi ko‘rsatkichlarini pasaytirish hamda ularni statsionarda davolanish muddatini qisqartirish bilan tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirishga imkoniyat yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish