Seilxanova Rita Nurniyazovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Ingliz tili darslarida talabalarning kreativ kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyalari (nofilologik ta’lim yo‘nalishi qoraqalpoq guruhlari misolida)”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) .
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6548
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Seytkasimov Dauletnazar Beknazarovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Jumasheva Gulnara Xamidullaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Abidova Roxatay Xudayberganovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent;
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nofilologik ta’lim yo‘nalishi talabalarining ingliz tili darslari orqali kreativ kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ingliz tili darslarida talabalarning kreativ kompetensiyasini rivojlantirishda kognitiv, motivatsion, faoliyatli va refleksiv komponentlarini oshirishga qaratilgan didaktik ijodkorlik, improvizatsion-kreativ faoliyat, faoliyatda pozitiv operatsiyalarning pedagogik-psixologik yaxlitligini integrativ ta’minlash orqali aniqlashtirilgan;
ingliz tili darslarida talabalarning mustaqil ishlari orqali kreativ kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan operatsion sharoitda muammolarni o‘zi hal qilish, fikrlash faolligini ko‘rsatish, o‘xshashliklarni o‘rnatish, nazariy materialni izlashni amalga oshirish, amaliy vazifa bilan bog‘lash, asosiy maqsadlarni aniqlashtirishga qaratilgan KYIT texnologiyasining metodik imkoniyatlari yoritib berilgan;
nofilologik ta’lim yo‘nalishi talabalarining ingliz tili darslari orqali kreativ kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan tayyorgarlik, rivojlantiruvchi va tahliliy bosqichlarini maqsadli, mazmunli, tashkiliy-jarayonli va diagnostik komponentlarini loyihalash, mualliflik dasturi asosida “Kreativ pedagog” elektron ta’lim platformasidan foydalanishning ratsional mexanizmlari ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
nofilologik ta’lim yo‘nalishi talabalarining ingliz tili darslari orqali kreativ kompetensiyasini rivojlantirishning uzlyuksizligi, munosibligi, izchilligini lingvistik metodlar yordamida topish, shaxsning ijodiy-integratsion dinamikasiga asoslangan interfaol topshiriqlarni modellashtirishga qaratilgan metodik modelning intensivligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tili darslari orqali talabalarning kreativ kompetensiyasini rivojlantirish metodikasiga oid tadqiqot natijalari asosida:
ingliz tili darslarida talabalarning kreativ kompetensiyasini rivojlantirishda kognitiv, motivatsion, faoliyatli va refleksiv komponentlarini oshirishga qaratilgan didaktik ijodkorlik, improvizatsion-kreativ faoliyat, faoliyatda pozitiv operatsiyalarning pedagogik-psixologik yaxlitligini integrativ ta’minlashga doir taklif va tavsiyalar “Pedagogikalıq kompetentlik hám kreativlik” o‘quv qo‘llanmasi mazmunıga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-son buyrugʻi asosida berilgan 879597-son nashr ruxsatnomasi). Natijada ingliz tili darslarida talabalarning kreativ kompetensiyasini rivojlantirishning metodik taʻminoti boyitilgan;
ingliz tili darslarida talabalarning mustaqil ishlari orqali kreativ kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan operatsion sharoitda muammolarni o‘zi hal qilish, fikrlash faolligini ko‘rsatish, o‘xshashliklarni o‘rnatish, nazariy materialni izlashni amalga oshirish, amaliy vazifa bilan bog‘lash, asosiy maqsadlarni aniqlashtirishga qaratilgan KYIT texnologiyasining metodik imkoniyatlari yoritib berish bo‘yicha taklif va tavsiyalardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpogʻiston filialida bajarilgan FZ-2016-09081165532-raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfavit va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpogʻiston filialining 2025-yil 6-maydagi 205-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz tili darslarida talabalarning kreativ kompetensiyasini rivojlantirish mexanizmlari takomillashtirilgan;
nofilologik ta’lim yo‘nalishi talabalarining ingliz tili darslari orqali kreativ kompetensiyasini rivojlantirishning uzlyuksizligi, munosibligi, izchilligini lingvistik metodlar yordamida topish, shaxsning ijodiy-integratsion dinamikasiga asoslangan interfaol topshiriqlarni modellashtirishga qaratilgan metodik modelning intensivligini ta’minlashga doir ma’lumotlardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamentining amaliy ishlari doirasida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2025-yil 17-iyundagi 11-09/5-06/479-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz tili darslarida talabalarning kreativ kompetensiyasini rivojlantirish mexanizmlari takomillashtirilgan;
nofilologik ta’lim yo‘nalishi talabalarining ingliz tili darslari orqali kreativ kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan tayyorgarlik, rivojlantiruvchi va tahliliy bosqichlarini maqsadli, mazmunli, tashkiliy-jarayonli va diagnostik komponentlarini loyihalash, mualliflik dasturi asosida “Kreativ pedagog” nomli raqamli ta’lim veb saytini foydalanishning ratsional mexanizmlari ishlab chiqish orqali takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalardan Qoraqalpogʻiston teleradiokompaniyasining “Xabar” axborot dasturida va radioeshittirishida foydalanilgan (Qoraqalpogʻiston teleradiokompaniyasining 2025-yil 14-iyuldagi 05/22/411-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz tili darslarida talabalarning kreativ kompetensiyasini rivojlantirishning metodik ta’minoti takomillashtirilgan.