Sherniyazova Gozzal Alisherovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Huquqshunos talabalarni rus tilida kasbga yo‘naltirilgan muloqotga o‘rgatish” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (rus tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5252.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Mambetova Roza Baltabaevna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Jumasheva Gulnara Xamidullaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Xashimova Dildarxan Urinbaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor. 
Yetakchi tashkilot nomi: Urgench davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi huquqshunoslik yo‘nalishi talabalarida rus tili orqali kasbga yo‘naltirilgan muloqot kompetensiyalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
rus tilini o‘qitish samaradorligini oshirish va bo‘lajak huquqshunoslarda nutq va terminologik ko‘nikmalarni yanada muvaffaqiyatli shakllantirishni ta’minlaydigan kasbiy yuridik kontekstda o‘qitishga qaratilgan rus tili bo‘yicha o‘quv-uslubiy materiallar va topshiriqlarni yaratish orqali yuridik mutaxassisliklar talabalarida kasbiy yo‘naltirilgan nutq va kasbiy-kommunikativ kompetensiyani shakllantirish tizimi ishlab chiqilgan va ilmiy asoslangan;
huquqshunoslik yo‘nalishi talabalariga rus tilini o‘qitishni tizimlilik, kommunikativlik, vaziyatlilik va onglilik tamoyillariga asoslangan, kasbiy yo‘naltirilgan muloqot va mustaqil produktiv fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan holda takomillashtirish bo‘yicha amaliyotda o‘z samarasini ko‘rsatgan takliflar ishlab chiqilgan va nazariy jihatdan asoslangan;
ta’lim va amaliy yuridik faoliyatda kasbiy leksikadan samarali foydalanish, til madaniyatini rivojlantirish va bo‘lajak huquqshunoslarning kasbiy lug‘at boyligini kengaytirishni ta’minlaydigan rus, ingliz va qoraqalpoq tillaridagi yuridik terminlarning elektron tarjima lug‘ati va izohli lug‘atini integratsiyalash asosida yuridik terminologik kompetensiyani shakllantirishning ko‘p tilli modeli amalga oshirilgan;
ta’lim va media sohasida qo‘llaniladigan, yuridik terminologiya va rasmiy ish uslubi me’yorlaridan to‘g‘ri foydalanishni ta’minlaydigan, shuningdek, yuridik ommaviy axborot vositalarida materiallar sifatini oshirishga va yuridik nutqiy muloqotni rivojlantirishga yordam beradigan yuridik yo‘nalish talabalariga rus tilini kasbga yo‘naltirilgan o‘qitishning metodik modeli taklif etilgan va ko‘p tilli muhit sharoitlariga moslashtirish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Huquqshunos talabalarni rus tilida kasbiy yo‘naltirilgan muloqotga o‘rgatish metodikasini tadqiq etish natijalari asosida:
rus tilini o‘qitish samaradorligini oshirish va bo‘lajak huquqshunoslarda nutq va terminologik ko‘nikmalarni yanada muvaffaqiyatli shakllantirishni ta’minlaydigan kasbiy yuridik kontekstda o‘qitishga qaratilgan rus tili bo‘yicha o‘quv-uslubiy materiallar va topshiriqlarni yaratish orqali yuridik mutaxassisliklar talabalarida kasbiy yo‘naltirilgan nutq va kasbiy-kommunikativ kompetensiyani shakllantirish tizimi ishlab chiqilgan va ilmiy asoslanganligiga doir taklif va tavsiyalar o‘quv-uslubiy materiallar va topshiriqlarni ishlab chiqishda qo‘llanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 31-iyuldagi BK-03/2023-son ma’lumotnomasi). Natijada, kasbiy kontekstda rus tilini o‘qitish samaradorligi oshdi, bu esa bo‘lajak huquqshunoslarda nutq va terminologik ko‘nikmalarni yanada muvaffaqiyatli shakllantirishga yordam berdi.
huquqshunoslik yo‘nalishi talabalariga rus tilini o‘qitishni tizimlilik, kommunikativlik, vaziyatlilik va onglilik tamoyillariga asoslangan, kasbiy yo‘naltirilgan muloqot va mustaqil produktiv fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan holda takomillashtirish bo‘yicha amaliyotda o‘z samarasini ko‘rsatgan takliflar “Yuristlar uchun rus tili” darsligini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyundagi 258-son buyrug‘i asosida berilgan 325-130-son nashr ruxsatnomasi). Natijada ta’limning amaliy yo‘nalganligi oshgan, kasbiy-nutqiy kompetensiyani shakllantirish sifati yaxshilangan hamda nazariy bilimlarning bo‘lajak huquqshunoslarning kasbiy faoliyati bilan aloqadorligi mustahkamlangan.
ta’lim va amaliy yuridik faoliyatda kasbiy leksikadan samarali foydalanish, til madaniyatini rivojlantirish va bo‘lajak huquqshunoslarning kasbiy lug‘at boyligini kengaytirishni ta’minlaydigan rus, ingliz va qoraqalpoq tillaridagi yuridik terminlarning elektron tarjima lug‘ati va izohli lug‘atini integratsiyalash asosida yuridik terminologik kompetensiyani shakllantirishning ko‘p tilli modelini amalga oshirishda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2025-yil 3-maydagi DGU 50586-son ma’lumotnomasi). Natijada yuridik terminologiyadan ko‘p tilli ta’lim va kasbiy muhitda samarali foydalanish imkoniyati ta’minlangan, bu esa bo‘lajak huquqshunoslarning til madaniyatinirivojlantirish va kasbiy lug‘at boyligini oshirishga xizmat qilgan.
ta’lim va media sohasida qo‘llaniladigan, yuridik terminologiya va rasmiy ish uslubi me’yorlaridan to‘g‘ri foydalanishni ta’minlaydigan, shuningdek, yuridik ommaviy axborot vositalarida materiallar sifatini oshirishga va yuridik nutqiy muloqotni rivojlantirishga yordam beradigan yuridik yo‘nalish talabalariga rus tilini kasbga yo‘naltirilgan o‘qitishning metodik modeli taklif etilgan va ko‘p tilli muhit sharoitlariga moslashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalardan Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining axborot dasturlarida va radioeshittirishlarida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokanalining 2025-yil 20-iyundagi 05-22/365-son ma’lumotnomasi). Natijada yuridik OAVdagi materiallar sifati oshgan va yuridik nutqiy muloqot sohasidagi ma’rifiy faoliyat imkoniyatlari kengaygan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish