Akramov Botir Aslon o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda zamonaviy texnologiyalar yordamida suv omborlari holatini va ularning gidrogeologik sharoitlarga ta’sirini baholash», 04.00.04 – Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/GM286.
Ilmiy rahbar: Oxunov Farrux Abduqahorovich, geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti DM. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti DM, DSc.31/2025.27.12.GM.05.01. 
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Aziz Sabirovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Begimqulov Dilshod Qalandarovich, geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: matematik modellashtirish hamda samarali geofizik va muhandis-geologik usullar majmuasi yordamida suv omborlari holatini va ularning gidrogeologik sharoitlarga ta’sirini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suv omborlari to‘g‘on gruntlarining fizik-mexanik xususiyatlarini o‘rganish va zamonaviy holatini baholashda samarali geofizik va muhandis-geologik usullar majmuasini qo‘llash ilmiy asoslangan;
suv ombori to‘g‘oni asosini tashkil qiluvchi gruntlarning geofizik ko‘rsatkichlari bilan ularning muhandis-geologik xususiyatlari o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
gidrogeodinamik va gidrogeokimyoviy parametrlarning ko‘p yillik o‘zgarishi ma’lumotlari tahlili asosida suv ombori ta’siri doirasidagi er osti suvlari rejimining o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan;
Karaman suv ombori misolida, respublikada ilk bor suv omborini er osti suvli qatlamlariga ta’sirini baholash hamda oldindan ko‘p yillik bashorat qilish imkonini beruvchi matematik modeli yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy texnologiyalar yordamida suv omborlari holatini va ularning gidrogeologik sharoitlarga ta’sirini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
suv omborlari to‘g‘on gruntlarining fizik-mexanik xususiyatlarini o‘rganish va zamonaviy holatini baholashda ilmiy asoslangan samarali geofizik va muhandis-geologik usullar majmuasi “O‘zbekgidrogeologiya” davlat muassasasining amaliy-tadqiqotlariga joriy qilingan (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2025 yil 8 sentyabrdagi 08-2976-son ma’lumotnomasi). Natijada, suv omborlari holatini baholash bo‘yicha amalga oshiriladigan burg‘ilash ishlari hajmini keskin qisqartirish va ma’lumotlar ishonchliligini sezilarli darajada oshirish imkonini bergan;
suv ombori to‘g‘oni asosini tashkil qiluvchi gruntlarning geofizik ko‘rsatkichlari bilan ularning muhandis-geologik xususiyatlari o‘rtasidagi aniqlangan korrelyasion bog‘liqlik “O‘zbekgidrogeologiya” davlat muassasasining amaliy-tadqiqotlariga joriy qilingan (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2025 yil 8 sentyabrdagi 08-2976-son ma’lumotnomasi). Natijada, olingan gidrogeofizik tadqiqot natijalarini tezkor ma’lumotlari, an’anaviy analitik laboratoriya tahlillarini optimallashtirish imkoniyati yaratilgan;
gidrogeodinamik va gidrogeokimyoviy parametrlarning ko‘p yillik o‘zgarishi ma’lumotlari tahlili asosida aniqlangan suv ombori ta’siri doirasidagi er osti suvlari rejimining o‘ziga xos xususiyatlari “O‘zbekgidrogeologiya” davlat muassasasining amaliy-tadqiqotlariga joriy qilingan (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2025 yil 8 sentyabrdagi 08-2976-son ma’lumotnomasi). Natijada, suv omborlari va ularga tutash hududlarda amalga oshiriladigan gidrogeologik va meliorativ-gidrogeologik tadqiqotlarni samarali loyihalashtirish imkonini bergan;
Karaman suv ombori misolida, respublikada ilk bor suv omborini er osti suvli qatlamlariga ta’sirini baholash hamda oldindan ko‘p yillik bashorat qilish imkonini beruvchi yaratilgan matematik modeli “O‘zbekgidrogeologiya” davlat muassasasining amaliy-tadqiqotlariga joriy qilingan (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2025 yil 8 sentyabrdagi 08-2976-son ma’lumotnomasi). Natijada, Karaman suv ombori ta’siri doirasidagi hududlarda maqsadga ko‘ra monitoring quduqlari sonini oshirish yoki kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishga imkon bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish