Kuziev Farxod Normamatovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Orol dengizi qurigan tubidan ko‘tarilayotgan tuz va qum migratsiyasini GAT-texnologiyalari asosida kartografik modellashtirish», 11.00.06 – Geodeziya. Kartografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Gr278.
Ilmiy rahbar: Rafikov Vaxob Asomovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.Gr.01.17 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Reymov Polat Rasbergenovich, geografiya fanlari doktori, professor; Prenov Shavkat Mamesalievich, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Orol dengizi qurigan tubidan ko‘tarilayotgan tuz va qum migratsiyasini shakllanish va tarqalish  areallarini GAT texnologiyalari asosida kartografik modellashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kosmik va dala tadqiqot metodlari asosida tuz va qum ko‘tarilishi hamda uning tuproq sharoitlariga ta’siri sifat va miqdoriy baholangan;  
tabiiy geografik jarayonlarni tasvirlovchi fazoviy, meteorologik va dala tadqiqot ma’lumotlari asosida tuz, qum migratsiyasini kartalashtirish metodikasi ishlab chiqilgan;
GAT texnologiyalari asosida Orolbo‘yi mintaqasida ko‘tarilayotgan tuz va qum migratsiyasini tarqalish maydoni hamda uning er sirtini qoplash hajmini aniqlashning tezkor avtomatlashtirilgan “SAND-migration Assessmen” dasturiy ta’minot ilovasi yaratilgan;
Orol dengizi qurigan tubidan ko‘tarilayotgan tuz va qum migratsiyasini GAT texnologiyalari, GPS monitoring hamda topografik raqamlashtirish natijalari asosida dengiz qurigan tubining raqamli balandlik, relefning kartografik modellari ishlab chiqilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Orol dengizi qurigan tubidan ko‘tarilayotgan tuz va qum migratsiyasini GAT-texnologiyalari asosida kartografik modellashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:   
Orol dengizining qurigan tubidan tuz, qum va changlarning ko‘tarilishi hamda uning tuproq sharoitlariga ta’sirini kosmik va dala tadqiqot metodlari asosida sifat va miqdor jihatdan baholash natijalaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi amaliyotida dengizning qurigan tubidan ko‘tarilayotgan tuz, qum  va changlardan himoyalanish va unga qarshi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 17-iyundagi 02/18-13-1987-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qum va tuzlarning shakllanish va tarqalishining GPS monitoringini olib borish ishlarini takomillashtirish imkonini bergan;
tabiiy geografik jarayonlarni tasvirlovchi fazoviy, meteorologik va dala tadqiqot ma’lumotlari asosida ishlab chiqilgan tuz va qum migratsiyasini kartalashtirish metodikasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi amaliyotida dengizning qurigan tubidan ko‘tarilgan tuz va qumlarning tarqalishini oʻrganishda amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 17-iyundagi 02/18-13-1987-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Orolbo‘yi mintaqasida qum va tuzlarning shakllanish va tarqalish areallarini tasvirlovchi mavzuli kartalar tuzish imkonini bergan; 
GAT texnologiyalari asosida yaratilgan Orolbo‘yi mintaqasida ko‘tarilayotgan tuz va qum migratsiyasini tarqalish maydoni hamda uning er sirtini qoplash hajmini aniqlashning tezkor avtomatlashtirilgan “SAND-migration Assessmen” dasturiy ta’minot ilovasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi amaliyotida tuz, qum va chang bilan qoplangan hududlarni o‘rganishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 17-iyundagi 02/18-13-1987-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dasturiy ta’minot ilovasi bo‘yicha operativ vizual ma’lumotlar olishga imkon yaratilgan;
Orol dengizi qurigan tubining ishlab chiqilgan raqamli balandlik va relefning kartografik modellari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi amaliyotida  dengizning qurigan tubi tabiiy sharoitini ilmiy tahlil qilishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 17-iyundagi 02/18-13-1987-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dengizning qurigan tubida fitomeliorant o‘simlik turlarini joylashtirishni takomillashtirish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish