Islomiddionov Zoirjon Shorifjon o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Zomin milliy tabiat bog‘i makromisetlari”, 03.00.05 - Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/B721.
Ilmiy rahbar: Mustafaev Ilyor Muroddulaevich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Botanika instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Botanika instituti, DSc.05/2025.27.12.B.23.01.M.
Rasmiy opponentlar: Turginov Orzimat Turdimatovich, biologiya fanlari doktori; Xasanov Botir Achilovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Zomin milliy tabiat bog‘ida tarqalgan makromisetlar biotasini identifikatsiyalash, ekologik-trofik tuzilmasini asoslash hamda keng ko‘lamli tahlillarni amalga oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Zomin milliy tabiat bog‘i makromisetlarning 2 bo‘lim, 5 sinf, 11 tartib, 43 oila va 79 turkumiga mansub 153 tur aniqlangan;
O‘zbekiston mikobiotasi uchun ilk bor 16 makromiset turlari qayd etilgan;
makromisetlarning ekologik-trofik tuzilmalari ilmiy asoslangan;
makromisetlarning tik mintaqalar bo‘yicha tarqalishi hamda mavsumiy rivojlanishi ochib berilgan;
ilk bor tadqiqot hududidagi Lonicera turkumida patogenlik qiluvchi Sanghuangporus lonicerinus ning potensial tarqalishi bioiqlimiy modeli ishlab chiqildi;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zomin milliy tabiat bog‘ida olib borilgan mikologik tadqiqotlardan olingan natijalar asosida:
Zomin milliy tabiat bog‘i makromisetlarining 750 ga yaqin mikologik gerbariy namunalari O‘zR FA Botanika instituti “Noyob obekti” Mikologik gerbariy (TASM) fondiga topshirilgan. Natijada, Zomin milliy tabiat bog‘idan yig‘ilgan fungariy namunalari noyob obekt fondini boyitish imkonini bergan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasning 2025-yil 29 yanvardagi №4/1255-256-son ma’lumotnomasi);
bundan tashqari, yig‘ilgan fungariy namunalari xalqaro ma’lumotlar tizimiga, ya’ni Bioxilma-xillik boʻyicha ma’lumotlar global (GBIF) bazasiga kiritilgan bo‘lib, 2024 yil 23 dekabrdagi №022 guvohnomaga asosan bu ma’lumotlar global miqyosda mavjud bo‘lgan ilmiy tadqiqotlarga qo‘shildi. Natijada, Zomin milliy tabiat bog‘i makromisetlarni xalqaro miqyosda kuzatish va monitoring qilish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish