Jamoldinova Sayyora Nodirbek qizining
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’loni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak o‘qituvchilarning konfliktologik madaniyatini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3349.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Musurmonov Raxmatilla, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.04.02.
Rasmiy opponentlar: Xurvalieva Tarmiza Latipovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Abdusamiev Dilmurod Abdug‘ani o‘g‘li, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirishda bo‘lajak o‘qituvchilarni konfliktologik madaniyatini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak o‘qituvchilarning konfliktologik madaniyatini rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik xususiyatlari kasbiy faoliyatga xos nizolarning umumiy va xususiy simptomatikasi bo‘yicha kasbiy-prognostik harakatlar tizimini talabalarning akademik-ijtimoiy faoliyatga rag‘batli yo‘naltirish muhitida kiritish asosida ochib berilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning konfliktologik madaniyatini rivojlantirish mexanizmlari nizo va tanqidlarga to‘g‘ri munosabat, emotsional barqarorlikni tarbiyalashga qaratilgan konfliktologik kompetentlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning motivatsion, qadryatli, kognitiv, hissiy-emotsional komponentlarini integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning konfliktologik madaniyatini rivojlantirish modeli vaziyatni tezkor tahlil qilish, qisqa muddatda tomonlarni xavfsiz qarorlarga yo‘naltirish bo‘yicha mashqlar modifikatsiyalarini qadryatlilik, tashkiliy-metodik, ijobiy faollik va vitagen ta’lim integratsiyasini ta’minlashga doir funksional modeli, kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish imkoniyatlari va shart-sharoitlarini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda konfliktologik madaniyatini rivojlantirishning axborot-dasturiy ta’minoti konfliktlarni bartaraf etish, oldini olish hamda bir vaqtda bir necha subekt bilan ishlash va ta’sir muhitini yaratishga qaratilgan o‘quv vaziyatli topshiriqlarni “Edu Conflict” platformasiga interaktiv algoritmda kiritish va ochiq qaydli monitoringda qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarning konfliktologik madaniyatini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarning konfliktologik madaniyatini rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik xususiyatlari kasbiy faoliyatga xos nizolarning umumiy va xususiy simptomatikasi bo‘yicha kasbiy-prognostik harakatlar tizimini talabalarning akademik-ijtimoiy faoliyatga rag‘batli yo‘naltirishga oid takliflari “Neyropedagogika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 14 apreldagi 136-sonli buyrug‘iga asosan nashr guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy pedagogik tayyorgarligi va konfliktologik madaniyatini rivojlantirishning didaktik ta’minoti kengaytirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning konfliktologik madaniyatini rivojlantirish mexanizmlari nizo va tanqidlarga to‘g‘ri munosabat, emotsional barqarorlikni tarbiyalashga qaratilgan konfliktologik kompetentlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning motivatsion, qadryatli, kognitiv, hissiy-emotsional komponentlarini integratsiyalashga doir takliflardan pedagogik konfliktologiya fanining namunaviy o‘quv dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2023-yil 24-noyabrdagi 02/01-01-165-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda konfliktologik madaniyatni rivojlantirishga oid metodik ta’minot takomillashtirilgan.
bo‘lajak o‘qituvchilarning konfliktologik madaniyatini rivojlantirish modeli vaziyatni tezkor tahlil qilish, qisqa muddatda tomonlarni xavfsiz qarorlarga yo‘naltirish bo‘yicha mashqlar modifikatsiyalarini qadryatlilik, tashkiliy-metodik, ijobiy faollik va vitagen ta’lim integratsiyasini ta’minlashga oid taklif va tavsiyalardan “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy – axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2023-yil 10-apreldagi 173-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak mutaxassislarning konfliktologik madaniyatini rivojlantirishning tashkiliy-metodik va didaktik ta’minotini oshirishga xizmat qilgan.