Davronov Ismoil Ergashevichning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Variativ yondashuv asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kreativ faoliyatini rivojlantirish mexanizmi” 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi.Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped3954
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat pedagogika instituti, PhD.03/12.02.2025.Ped.167.01
Ilmiy rahbar: Xodjaev Bolta Qurbonovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
Rasmiy opponentlar: Adizov Baxtiyor Rahmonovich pedagogika fanlari doktori professori, Toshtemirova Saodat Abdurashidovna pedagogika fanlari doktori professori.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kreativ faoliyatini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativ faoliyatni rivojlantirish dozarb pedagogik muammo ekanligini asoslash orqali kreativ faoliyatning darajalarini aniqlash, tahlil qilish va xulosalashning o‘zaro bog‘liqligini ochib berish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kreativ faoliyati rivojlantirishning ishlab chiqilgan modeli va amalga oshirishning pedagogik mexanizimi (shatr-sharoitlar, pedagogik omillar, tamoillar, faoliyat shakillari) asosida mazmunan takomillashtirilgan;
kreativ faoliyatni rivojlantirishning variativ yondashuv qo‘llanilib, uning nating natijasi kreativ fikrlash, muammoni noananaviy echish, pedagogik vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakillantirish bilan boyitilgan.
talabalarda kreativ faoliyatini rivojlantirishning didaktik taminoti baholashning operativ, taktik va strategik mezonlari hamda natijalarining reproduktiv, produktiv, kreativ ko‘rsatkichlari asosida takomillashtirilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Variativ yondashuv asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativ faoliyatini rivojlantirish mexanizmi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativ faoliyatini rivojlantirish dolzarb pedagogik muammo ekanligini asoslash orqali kreativ faoliyatning tuzilmasi va komponentlariga oid tavsiyalar va ilmiy natijalaridan “Boshalang‘ich ta’limning dolzarb masalalari” nomli darslik mavzusida tadqiqot rejasida belgilangan asosiy vazifalarni bajarishda foydalanilgan(Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-son buyrug‘i, 314-325-raqamli guvohnoma). Natijada, variativ yondashuv asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativ faoliyatini rivojlantirish mexanizmi orqali faol, ongli, kreativ fikrlovchi, ijodkor boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiyalash imkoniyati yaratilgan;
talabalarda kreativ faoliyatni rivojlantirish modelini ishlab chiqish va uni amalga oshirishning pedagogik shart-sharoitlarini inobatga olgan holda ilmiy asoslangan ma’lumotlar “Pedagogik kompetentlik” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-son buyrug‘i, 314-325-raqamli guvohnoma). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan “Boshalang‘ich ta’limning dolzarb masalalari” fanini o‘qitishda birlamchi manbalardan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kreativ faoliyatni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan taʼlim jarayonining korreksion mexanizmlarinidan foydalanishning imkoniyatlari dalillangan ma’lumotlar “Ijtimoiy pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 04-iyuldagi 55-son buyrug‘i, 55215-raqamli guvohnoma). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan “Ijtimoiy pedagogika” fanining o‘qitishda birlamchi manbalardan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan. Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kreativ faoliyatni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan taʼlim jarayonining korreksion mexanizmi takomillashtirilgan;
talabalarda kasbiy kreativ faoliyatni rivojlantirish modelinining mazmunli-jarayonli bloki mashg‘ulotlar jarayonida jamoada o‘z o‘rnini topish, diagnostik, didaktik, insonparvarlik paradigmasi asosida raqobat muhitni yaratish, interfaol texnologiyalarning refleksiv jihatini kengaytirish shaxsning deontologik -rezonans darajasini faollashtirish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan o‘qituvchilar salohiyati va malakasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligininig 2025-yil 17-sentyabr 02/01-01-355-son ma’lumotnoma). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda kreativ ko‘nikmalarni rivojlantirishning amaliy-texnologik tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan.
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisida kreativ faoliaytni rivojlantirish jarayoni samaradorligi faoliyatli-refleksiv, kognitiv-amaliy, intellektual-ijodiy mezonlarni tadrijiy baholashning yuqori, o‘rta va past darajalariga muvofiqligi transformativ-dinamik o‘sishni ta’minlash asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan o‘qituvchilar salohiyati va malakasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligininig 2025-yil 17-sentyabr 02/01-01-355-son ma’lumotnoma). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda kreativ faoliaytni rivojlantirish samaradorligi hamda amaliy-texnologik tizimni takomillashtirishga xizmat qilgan.