Toshev Murodjon Xalilovichning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktab o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini shaxmatni o‘qitish jarayonida rivojlantirish (kompyuter texnologiyalari asosida)” 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3461
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat pedagogika instituti, DSc.01/2025.27.12.Ped.13.01
Ilmiy rahbar: p.f.d., prof. Maxmudov Abdulxalim Xamidovich
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Ochilov Rifat Kukonovich
Yetakchi tashkilot: Nukus davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi maktab o‘quvchilarining intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishda shaxmat ta’limining pedagogik imkoniyatlari hamda kompyuter texnologiyalari bilan integratsiyalash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining aqliy rivojlanishini ta’minlashda ta’limga bo‘lgan ichki motivatsiyani kuchaytirish, intellektual jarayon ko‘nikmalarini (tahlil, sintez, taqqoslash va bashorat qilish) maqsadli shakllantirish hamda idrok, xotira va diqqatni pedagogik jihatdan faollashtirish imkonini beruvchi shaxmatni kompyuter texnologiyalari asosida o‘qitishning pedagogik imkoniyatlari integrativ yondashuv asosida aniqlandi;
umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun shaxmatni kompyuter texnologiyalari asosida o‘qitishga yo‘naltirilgan, bosqichma-bosqich intellektual rivojlanishni ta’minlovchi “Qadam va qadam” maxsus o‘quv kursi ishlab chiqildi, unda shaxmat mashg‘ulotlarining mazmuni o‘quvchilarning yosh va kognitiv xususiyatlariga moslashtirilib, raqamli muhitda mantiqiy fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish va reflektiv tafakkurni rivojlantirish mexanizmlari belgilab berildi;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan shaxmatni kompyuter texnologiyalari vositasida o‘qitish mazmuni, interaktiv metodlar, raqamli vositalar va didaktik tamoyillarning o‘zaro integratsiyasi asosida o‘quvchilarning idrok, diqqat va xotirasini rivojlantirishga xizmat qiluvchi tizimli pedagogik model takomillashtirildi;
umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining intellektual qobiliyatlari rivojlanganlik darajasini aniqlashga xizmat qiluvchi baholash mezonlari va ko‘rsatkichlar tizimi ishlab chiqildi, ular asosida o‘zlashtirilgan bilimlarning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlar bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlaydigan ilmiy-metodik tavsiyalar va amaliy takliflar ishlab chiqildi, bu esa shaxmatni o‘qitish jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining aqliy rivojlanishini ta’minlashda ta’limga bo‘lgan ichki motivatsiyani kuchaytirish, intellektual jarayon ko‘nikmalarini (tahlil, sintez, taqqoslash va bashorat qilish) maqsadli shakllantirish hamda idrok, xotira va diqqatni pedagogik jihatdan faollashtirish imkonini beruvchi shaxmatni kompyuter texnologiyalari asosida o‘qitishning pedagogik imkoniyatlari integrativ yondashuv asosida aniqlashga oid takliflar “Shaxmat va uni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022-yil 13-maydagi 166-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 166-042 raqamli guvohnoma). Natijada maktab o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari yangi ma’lumotlar bilan boyitildi hamda shaxmat o‘rgatishning shakl va usullari takomillashtirildi. 
umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun shaxmatni kompyuter texnologiyalari asosida o‘qitishga yo‘naltirilgan, bosqichma-bosqich intellektual rivojlanishni ta’minlovchi “Qadam va qadam” maxsus o‘quv kursi ishlab chiqildi, unda shaxmat mashg‘ulotlarining mazmuni o‘quvchilarning yosh va kognitiv xususiyatlariga moslashtirilib, raqamli muhitda mantiqiy fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish va reflektiv tafakkurni rivojlantirishga hamda O‘zbekistonda shaxmatni rivojlantirish axborot-ta’lim portali" dasturiy tizimini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi Buxoro viloyat hududiy bo‘linmasining 2022 yil 16 noyabrdagi 18/12-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, maktab o‘quvchilarning shaxmatga o‘qitish jarayonining samaradorligi oshdi; 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan shaxmatni kompyuter texnologiyalari vositasida o‘qitish mazmuni, interaktiv metodlar, raqamli vositalar va didaktik tamoyillarning o‘zaro integratsiyasi asosida o‘quvchilarning idrok, diqqat va xotirasini rivojlantirishga xizmat qiluvchi tizimli pedagogik modeli takomillashtirishga doir metodik tavsiyalardan I-OT-2019-9 sonli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida shaxmat fani bo‘yicha 3D interaktiv o‘quv-metodik qo‘llanmalarni yaratish va joriy qilish” mavzusidagi innovatsion loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogiga fanlari ilmiy tadqiqot institutining 2024 yil 29 apreldagi 01/15-09/113-sonli ma’lumotnomasi). Natijada maktab o‘quvchilarining diqqat, xotira va mantiqiy fikrlash sifatlarini oshishiga imkoniyat berdi;
umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining intellektual qobiliyatlari rivojlanganlik darajasini aniqlashga xizmat qiluvchi baholash mezonlari va ko‘rsatkichlar tizimi ishlab chiqildi, ular asosida o‘zlashtirilgan bilimlarning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlar bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlaydigan ilmiy-metodik tavsiyalar va amaliy takliflar ishlab chiqildi, bu esa shaxmatni o‘qitish jarayonining samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan ilimiy- uslubiy tavsiyalar tajriba-sinovga jalb qilingan maktablardagi shaxmat darsining mazmuniga sindirildi. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarini tadbiq etish markazining 2023 yil 27 martdagi 02/01/-01-44-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, shaxmat darslarida kompyuter texnologiyalarini qo‘llash samaradorligi va o‘quvchilarda motivatsiya oshishiga imkon yaratildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish