Davronov Bekzod Diyor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Artpedagogik texnologiyalar vositasida talabalarning musiqiy qobiliyatini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped10005
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti
Ilmiy rahbar: Shermanov Eldor Uralovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.03.
Rasmiy opponentlar: Usmanova Umida Aybekovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent, Kiyamov Nishon Sadikovich, pedagogika fanlari doktori (DSc) professor,
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi. Artpedagogik texnologiyalar vositasida talabalarning musiqiy qobiliyatini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarining musiqiy qobiliyatini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari yoshlarni g‘oyaviy-estetik tarbiyalashni san’at turlari mohiyatiga definisiyalash, artterapiya-pedagogika-san’at integratsiyalashuviga asoslangan texnologik jarayonlarga xosligini pedagogik baholash orqali aniqlashtirilgan;
artpedagogik texnologiyalar vositasida talabalarda musiqiy qobiliyatini rivojlantirishning refleksiv mexanizmlari integrativ terapiyani san’at asarlarining hissiyot emotsional – ruhiy holatiga bog‘liq prezentativ-reseptivligini ta’minlash va uzviy bosqichma-bosqich tizimlashtirish asosida takomillashtirilgan;
artpedagogik texnologiyalar vositasida talabalarning musiqiy qobiliyatini rivojlantirish modeli komponentlariga kreativ-faol ijodkor talaba natijadorligini badiiy-estetik tarbiya komponentlariga vizual turkumlashtirish, estetik tarbiyalanganlik darajasini pedagogik  jarayonlar yaxlitligiga refleksiv muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
artpedagogik texnologiyalar vositasida talabalarning musiqiy qobiliyatini rivojlantirish metodikasi  badiiy to‘garaklardagi empatiya, xavfsizlik va yaratuvchilikka oid ijodiy faoliyat muhitini yaratish, amaliy kompetensiyalarini kompleks aniqlash jarayoniga “sugGEStiv” muammoli-axborot texnologiyalari tadbiq etish asosida optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Artpedagogik texnologiyalar vositasida talabalarning musiqiy qobiliyatini rivojlantirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
talabalarining musiqiy qobiliyatini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari yoshlarni g‘oyaviy-estetik tarbiyalashni san’at turlari mohiyatiga definisiyalash, artterapiya-pedagogika-san’at integratsiyalashuviga asoslangan texnologik jarayonlarga xosligini pedagogik baholash orqali aniqlashtirishga oid takliflar “Cholg‘u ijrochiligi” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025 yil 8-maydagi 11-05-2969/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning musiqiy qobiliyatini artpedagogik texnologiyalar vositasida rivojlantirishni individual shaxsning xususiyatini inobatga olgan holda amalga oshirishga erishilgan;
artpedagogik texnologiyalar vositasida talabalarda musiqiy qobiliyatini rivojlantirishning refleksiv mexanizmlari integrativ terapiyani san’at asarlarining hissiyot emotsional – ruhiy holatiga bog‘liq prezentativ-reseptivligini ta’minlash va uzviy bosqichma-bosqich tizimlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Cholg‘u ijrochiligi” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025 yil 8-maydagi 11-05-2969/04 raqamli ma’lumotnomasi).  Natijada, artpedagogik texnologiyalar vositasida talabalarning musiqiy qobiliyatini rivojlantirish modeli takomillashtirilgan;
artpedagogik texnologiyalar vositasida talabalarning musiqiy qobiliyatini rivojlantirish modeli komponentlariga kreativ-faol ijodkor talaba natijadorligini badiiy-estetik tarbiya komponentlariga vizual turkumlashtirish, estetik tarbiyalanganlik darajasini pedagogik  jarayonlar yaxlitligiga refleksiv muvofiqlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar  “Cholg‘u ijrochiligi” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025 yil 8-maydagi 11-05-2969/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, artpedagogik texnologiyalar vositasida talabalarning musiqiy qobiliyatini rivojlantirishning metodik ta’minoti ishlab chiqilgan;
artpedagogik texnologiyalar vositasida talabalarning musiqiy qobiliyatini rivojlantirish metodikasi  badiiy to‘garaklardagi empatiya, xavfsizlik va yaratuvchilikka oid ijodiy faoliyat muhitini yaratish, amaliy kompetensiyalarini kompleks aniqlash jarayoniga “sugGEStiv” muammoli-axborot texnologiyalari tadbiq etish asosida optimallashtirishga oid takliflar “Cholg‘u ijrochiligi” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025 yil 8-maydagi 11-05-2969/04 raqamli ma’lumotnomasi).Natijada, artpedagogik texnologiyalar vositasida talabalarning musiqiy qobiliyatini rivojlantirishning baholash mezonlari va ko‘rsatkichlarini ilmiy-pedagogik jihatdan aniqlash imkoni oshirilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish