Feruza Shakirovna Shamukaramovaning 
tarix fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda arxeologiya fanining shakllanish va rivojlanish tarixi (XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr o‘rtalari)”. 07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usallari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2017.1.DSc/Tar51
Ilmiy rahbar: Dilorom Agzamovna Alimova, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fanlar akademiyasi Tarix instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti. DSc.02/30.12.2019.Tar.56.01.
Rasmiy opponentlar:
Rustam Xamidovich Sulaymanov, tarix fanlari doktori, professor;
Shapulat Bazarovich Shaydullaev, tarix fanlari doktori, professor;
Bahtiyor Ergashevich Ergashev, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand arheologiya institute.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asrning birinchi yarmida arxeologiya fanining tashkiliy, institutsional va ilmiy jihatdan shakllanishi va rivojlanish tarixi, shuningdek, O‘zbekistonda arxeologlarning birinchi avlodining shakllanish jarayoni.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
arxiv hujjatlari va ilmiy-tarixiy adabiyotlarning o‘rganilishi natijasida mustamlakachilik davrida va sovet tuzumining ilk o‘n yilliklarida o‘lkaning me’moriy-madaniy merosini saqlab qolish muammosi mafkuraviy vazifalar sirasida, ya’ni Turkiston – O‘zbekistonning tub aholisi orasida obro‘ qozonish va yangi hokimiyatni qonuniylashtirish strategiyasining uzviy qismi sifatida hal qilingani, me’moriy yodgorliklarni ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish masalasi esa ilmiy jamoatchilik bilan hokimiyat tuzilmasi o‘rtasida ixtiloflarga sabab bo‘lgani aniqlangan;
1930-yillarning o‘rtalarigacha arxeologiyaning fan sifatida institutsional rivojlanishi o‘ta sust va ziddiyatli kechgani, Markazning o‘zi tomonidan ham e’tirof etilganidek, fandagi ilmiy faollikning zaifligi moliyaviy mablag‘lar va malakali kadrlarning (Uzkomstarisda arxeologlarning doimiy shtat birligi bo‘lmagan) muntazam etishmovchiligi, 1935 yildan keyin sodir bo‘lgan tub burilish esa Sovet Ittifoqining mafkuraviy andozasiga mos holda arxeologiya tarix fani sohasida yordamchi yo‘nalish sifatidagina emas, balki sovet davlatining tarixiy narrativini yaratishdagi strategik vositaga aylantirila boshlangani aniqlangan;
O‘zbekistonda arxeologik tadqiqotlarini takomillashtirish, chuqurlashtirish va kengaytirishga qaratilgan me’yoriy hujjatlarning e’lon qilinganiga qaramay, Uzkomstarisda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun 1930-yillarning deyarli oxirigacha etarli shart-sharoit bo‘lmagani (belgilangan byudjet muntazam qisqartirilgan; Qo‘mita 1932 yilda Samarqanddan Toshkentga ko‘chirilgach, uning tarkibidagi 18 nafar xodimning barchasi: ma’muriyati, ilmiy va texnik mutaxassislari bitta xonada ishlagani; arxeologik topilmalarga kameral ishlov berish uchun sharoitlar yaratilmagani; natijalarni e’lon qilish uchun mablag‘lar muntazam ravishda etarli bo‘lmagani) ochib berilgan;
1940-yillar boshlarida arxeologiya fani rivojida ro‘y bergan yangilanishlar ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lgani, xususan, arxeolog-mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha ikkita maktab: asosiy e’tiborni butun O‘rta Osiyo mintaqasi uchun malakali kadrlarni etishtirishga qaratgan O‘ODUning O‘rta Osiyo arxeologiyasi kafedrasi hamda O‘zbekiston hududida keng ko‘lamdagi arxeologik tadqiqotlarni boshlab yuborish bilan birga mahalliy aholi vakillaridan kadrlar tayyorlashga kirishgan O‘zSSR FA Tarix va arxeologiya institutining shakllanishi bilan bog‘liq bo‘lgani aniqlangan;
qo‘shma ekspedisiyalar ish olib borgan joylardagi arxeologik materiallarning saqlanishi to‘g‘risida 1933 yilda O‘zbekiston tarihiy va madaniy yodgorliklarini mahofaza qilish qo‘mitasi (Uzkomstaris) bilan Leningrad Moddiy madaniyat tarihi instituti (MMTI) o‘rtasida Bosh kelishuv imzolanganiga qaramasdan, noyob topilmalarning salmoqli va bebaho qismi Moskva va Leningradning ilmiy-tadqiqot muassasalari va muzeylariga muntazam ravishda jo‘natilib, ilmiy natijalarning e’lon qilinishida aks ettirilgani, bularning barchasi O‘rta Osiyo to‘g‘risida bilimlarni kengaytirish sohasida Markazning gegemonligini moliyaviy qaramlik bilan mustahkamlangani ko‘rsatib berilgan;
O‘zbekiston hududida, qolaversa butun O‘rta Osiyo mintaqasida arxeologik tadqiqotlar rivojlanishi jarayonlarining o‘rganilishi, noyob arxeologik yodgorliklarga boy bo‘lgan, ya’ni olamshumul kashfiyotlar olib kelishi mumkin bo‘lgan ushbu mintaqa Moskva va Leningraddagi ilmiy muassasalar o‘rtasida raqobatga sabab bo‘lganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzu yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
V.L. Vyatkin, M.E. Masson, Ya.G‘. G‘ulomov kabi O‘zbekiston arxeologiyasi darg‘alarining hayoti va ilmiy faoliyati, fanning shakllanishi va rivojlanishiga qo‘shgan hissasi, arxeologik ekspedisiyalarini tashkil qilishda ular oldida turgan muammolar to‘g‘risidagi ilmiy natijalardan O‘zFA Tarix institutida bajarilgan FA-A-A35 “XX asrda O‘zbekiston tarixi va tarixchilari” amaliy loyihasi asosida “Istoriya i istoriki Uzbekistana v XX veke” (Tashkent: Navroz, 2014. 431 s.) kitobini nashr etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2025 y. 26 iyundagi 3/1255-1576-son ma’lumotnomasi);
moddiy va tashkiliy muammolarga qaramasdan, O‘zbekiston hududida 1930 – 1940 yillarda arxeologik ekspedisiyalarining tashkil qilinishi va amalga oshirilishi, ekspedisiyalarda mahalliy (Toshkent, Samarqand, Termiz, Xorazm) ilmiy muassasalarining ishtiroki, ekspedisiyalar vaqtida arxeologlar ijtimoiy hayotining sharoitlari, qazishmalarni olib borishda qo‘llanilgan yangi usullar, noyob arxeologik topilmalar va ularning keyingi taqdiri, erishilgan ilmiy natijalarning ahamiyati, Uzkomstaris bilan Moddiy madaniyat tarixi instituti (Leningrad) o‘rtasidagi Bosh kelishuvga qaramasdan, topilmalardan salmoqli qismining Moskva va Leningradga olib ketilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida uzatilgan “Xalq mulki” va “Zamonlar osha” teleko‘rsatuvlarida foydalanildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi DUKning 2024 y. 4 sentyabrdagi 06-28-768-son ma’lumotnomasi). O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasining arxiv materiallariga asoslangan ilmiy natijalar ilk bor ilmiy muomalaga kiritilib, Markazning boshqa mintaqalarga nisbatan imperiyacha yondashuvni aks ettirmoqda;
Turkiston arxeologiya havaskorlari to‘garagining ilmiy va tashkiliy faoliyati, ish yuritish hujjatlari, ilmiy va moliyaviy yillik hisobotlari, arxeologik izlanishlarni olib borilishining asl sabablari, qaysi mintaqaga ko‘proq e’tibor berilgani, noyob topilmalarning Imperatorlik arxeologiya komissiyasi ixtiyoriga jo‘natilishi to‘g‘risida olingan ma’lumotlar O‘zR FA Tarix institutining OTG‘-1135-son “XIX – XX asr boshlarida o‘zbek xalqining intellektual-madaniy merosi: an’analar va transformatsiya jarayonlari” fundamental loyihasini bajarishda o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2025 y. 26 iyundagi 3/1255-1576-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari TAHT tashkil qilinishining asl sabablari, Turkiston o‘lkasining tarixi, jumladan mintaqaning bosib olinishini aks ettiruvchi yozma manbalarning o‘rganilishi orqali Rossiyaning mintaqada o‘z hukmronligini qonuniylashtirilishi talqin qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish