Xolboev Umid Xolboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasihimoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xizmat ko‘rsatish sohasini strategik rivojlantirish sharoitida raqobatbardoshlikni oshirish masalalari” 08.00.05 - Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt1991
Ilmiy rahbar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Shadieva Gulnora Mardievna
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/25.12.2024.I.18.01
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor To‘xliev Iskandar Suyunovich; iqtisodiyot fanlari doktori,professor Nasimov Dilmurod Abdulloevich
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
xizmat ko‘rsatish korxonalari raqobatbardoshligi oshirish strategiyasi bilan bog‘liq ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xizmat ko‘rsatish subektlarida "raqobatbardoshlik" tushunchasining ta’rifi xizmatlar sifati va samaradorligini oshirishni o‘zida mujassamlashtirib innovatsion va raqamli transformatsiyalashuv asosida iste’molchi talablarini qondirish vositalarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
xizmat ko‘rsatish sohasining raqobatbardoshlik darajasini tashqi muhitning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va texnologik omillarni qamrab oladigan "SIIT tahlil" metodologiyasi asosida aniqlashning takomillashtirilgan uslubiyati ishlab chiqilgan;
xizmat ko‘rsatish korxonalarida aktivlar, majburiyatlar va investisiyaviy resurslarning raqobatbardoshlikka integral ta’sirini “yuqori – Kj≥1.473”, “o‘rta – Kj≥1.358” va “past – Kj≥0.172” intervalda baholash taklif qilingan;
xizmat ko‘rsatish korxonalarining iqtisodiy barqarorlik reytingi darajasining yuqori, o‘rta, qoniqarli va quyi darajaga ajratilganligini inobatga olib, ularning raqobatbardoshligini ta’minlash mexanizmi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xizmat ko‘rsatish sohasi raqobatbardoshlik strategiyasini takomillashtirishga oid ilmiy natijalar asosida:
xizmat ko‘rsatish subektlarida "raqobatbardoshlik" tushunchasining ta'rifi xizmatlar sifati va samaradorligini oshirishni o‘zida mujassamlashtirib innovatsion va raqamli transformatsiyalashuv asosida iste’molchi talablarini qondirish vositalarini kiritish asosida takomillashtirilgan taklifi oliy o‘quv yurtlarining o‘quv jarayonida, “Iqtisodiyot nazariyasi” fani bo‘yicha darslik tayyorlashda (darslik, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar) tayyorlashda foydalanilgan. Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalar raqobat va raqobatbardoshlikning korxonalar uchun zarurligi, raqobatbardoshlik natijasida xizmat sifati takomillashuvi va assortiment kengayishi, xizmat ko‘rsatish subektlari iqtisodiy samaradorligni oshirishning asosiy vositasi ekanligini bo‘yicha nazariy bilimlarini oshirishga imkon beradi;
hududda xizmat ko‘rsatish sohasi raqobatbardoshlik darajasini tashqi muhitning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va texnologik omillarni qamrab oladigan “SIIT tahlil” metodologiyasi asosida aniqlashning takomillashtirilgan taklifi Samarqand viloyat Savdo sanoat palatasining amaliyotida foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 24-noyabrdagi 05-33-13246-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish hududlarda xizmat ko‘rsatish sohasining raqobati holati siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va texnologik omillarga bog‘liqligi va hududning raqobatbardoshlik darajasi holati haqida xulosa chiqarishga imkon bergan;
xizmat ko‘rsatish korxonalarida aktivlar, majburiyatlar va investisiyaviy resurslarning raqobatbardoshlikka integral ta’sirini “yuqori – Kj≥1.473”, “o‘rta – Kj≥1.358” va “past – Kj≥0.172” intervalda baholash taklifi Samarqand viloyat Savdo sanoat palatasining amaliyotida foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 24-noyabrdagi 05-33-13246-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish patijasida xizmatlar sohasi korxonalarida raqobatbardoshlikni aniqlash metodologiyasi takomillashtirilib, raqobatbardoshlikning umumiy ko‘rsatkichini korxona samarali faoliyat ko‘rsatkichi va korxona moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari orqali aniqlanalishi metodologik tavsiya sifatida kiritildi.Shu asosida korxonalar raqobatbardoshligi yuqori, o‘rta va past darajalarga ajratib ularni toifalash imkonini bergan;
xizmat ko‘rsatish korxonalarining iqtisodiy barqarorlik reytingi darajasining yuqori, o‘rta, qoniqarli va quyi darajaga ajratilganligini inobatga olib, ularning raqobatbardoshligini ta’minlash mexanizmi takomillashtirilgan taklifi Samarqand viloyat savdo sanoat palatasining amaliyotida foydalanish uchun qabul qilindi (Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 24-noyabrdagi 05-33-13246-sonli ma’lumotnomasi). Iqtisodiy barqarorlikni ta’minlovchi mexanizm uchta dastak yordamida amalga oshiriladi.Iqtisodiy-tashkiliy dastaklar bu korxonaning iqtisodiy va boshqaruv vositalari yordamida ta’milanishiga, moliyaviy dastak moliyaviy resurslardan foydalanish qobiliyatini baholash va innovatsion dastak xizmat ko‘rsatish korxonalar faoliyatiga raqamli texnologiyalarni qo‘llash va ular raqobatbardoshligi baholash imkonini beradi imkon beradi.