Shomuradova Dilbar Abdishukurovna
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarda kasbga yo‘naltirilgan muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi (“Xalq ijodiyoti: ashula va raqs” ta’lim yo‘nalishi misolida)” 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili), (Pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7585
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Isakulova Nilufar Janikulovna. Pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.04.
Rasmiy opponentlar: Misirov Sohibjon Abdupattaevich pedagogika fanlari doktori, professor. Jabborov Ulug‘bek Abdurahmonovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xalq ijodiyoti: ashula va raqs ta’lim yo‘nalishi talabalarida ingliz tilida kasbga yo‘naltirilgan muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasidan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda kasbga yo‘naltirilgan muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari talabalarning nutq faoliyatini korreksiyalashga qaratilgan xalq ijodiyoti:ashula va raqsga oid terminlarni qiyosiy tasniflash hamda verbal munosabati umumiste’mol va kontekst iboralarning o‘ziga xos va farqli xususiyatlarini prognostik darajalash asosida aniqlashtirilgan;
talabalarda kasbga yo‘naltirilgan muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodikasi xalq ijodiyoti an’analariga ko‘ra ashula va raqsga oid terminlarning sintaktik-derivatsion xususiyatlarini autentik materiallar mazmuniga identiv hamda mazmunini qiyosiy tahlil qilish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish modeli kundalik va kasbiy mavzularda og‘zaki (monologik va diologik) nutqni tushunish hamda kouching texnologiyalarga ko‘ra xalq ijodiyotining ashula va raqs kontekstidagi terminologiya yasalishining didaktik ta’minoti kengaytirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish samaradoligi ashula va raqsga oid autentik materiallar strukturasini ta’limiy maqsadlar mazmuniga proporsionalligini ta’minlashini dinamik intensivlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xalq ijodiyoti: ashula va raqs ta’lim yo‘nalishi talabalarida kasbga yo‘naltirilgan muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflari asosida:
talabalarda kasbga yo‘naltirilgan muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari talabalarning nutq faoliyatini korreksiyalashga qaratilgan xalq ijodiyoti:ashula va raqsga oid terminlarni qiyosiy tasniflash hamda verbal munosabati umumiste’mol va kontekst iboralarning o‘ziga xos va farqli xususiyatlarini prognostik darajalash asosida aniqlashtirilgan xulosa va takliflar Ingliz tili (Xalq ijodiyoti: ashula va raqs ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun) nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 27-martdagi 11-05-1879/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, xalq ijodiyoti: ashula va raqsga oid terminlar tipologiyasi aniqlashtirilgan;
talabalarda kasbga yo‘naltirilgan muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodikasi xalq ijodiyoti an’analariga ko‘ra ashula va raqsga oid terminlarning sintaktik-derivatsion xususiyatlarini autentik materiallar mazmuniga identiv hamda mazmunini qiyosiy tahlil qilish asosida takomillashtirilgan xulosa va takliflar Ingliz tili (Xalq ijodiyoti: ashula va raqs ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun) nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 27-martdagi 11-05-1879/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quv strategiyalari xalq ijodiyoti: ashula va raqs yo‘nalishi bo‘yicha ishlab chiqilgan;
talabalarda muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish metodik tizimi kundalik va kasbiy mavzularda og‘zaki (monologik va diologik) nutqni tushunish hamda kouching texnologiyalarga ko‘ra xalq ijodiyotining ashula va raqs kontekstida terminologiyasini yasalishning didaktik ta’minoti kengaytirish asosida takomillashtirilgan xulosa va takliflar Ingliz tili (Xalq ijodiyoti: ashula va raqs ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun) nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 27-martdagi 11-05-1879/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, xalq ijodiyoti: ashula va raqsga oid terminlarni o‘qitishning didaktik ta’minoti ommalashtirilgan;
talabalarda muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish samaradoligi ashula va raqsga oid autentik materiallar strukturasini ta’limiy maqsadlar mazmuniga proporsionalligini ta’minlashini dinamik intensivlashtirish asosida takomillashtirilgan xulosa va takliflar Ingliz tili (Xalq ijodiyoti: ashula va raqs ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun) nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 27-martdagi 11-05-1879/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, xalq ijodiyoti: ashula va raqsga oid terminlarni o‘qitish metodikasi ommalashtirilgan.