Uralov Ozodjon Sharipjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarning madaniyatlararo kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili), (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped10306
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Ashirbaev Samixon, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.04.
Rasmiy opponentlar: Misirov Sohibjon Abdupattaevich pedagogika fanlari doktori, professor (DSc). Sodiqova Iroda Ilhomjon qizi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Tadqiqotning maqsadi talabalarning madaniyatlararo kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning madaniyatlararo kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari strategik yondoshuvlar asosida o‘quv dasturlarini zamonaviy ta’lim paradigmasiga moslashtirish, ta’lim mazmunini, vositalari va resurslarini madaniyatlararo komponentlar bilan integratsiyalash, madaniy til birliklarini adekvat talqin qilishga yo‘naltirilgan dekodlash strategiyasi orqali boshqa madaniyatlarning kontekstual ma’nolarini anglashni taminlash hamda madaniyatlararo muloqotni optimallshtirish asosida aniqlangan;
talabalarning madaniyatlararo kompetensiyalarini rivojlantirish modeli xalqaro strategik maqsadlarga qaratilgan mazmuni kognitiv, affektiv va faoliyat komponentlarini makro va mikro darajadagi ta’lim natijalariga integratsiyalash hamda madaniy inklyuzivlik tamoyilini kognitiv-kommunikativ va integrativ yondashuvlarga sinergetik uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning madaniyatlararo kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi germenevtik tahlil, transpozisiya, evristik usullarni integratsiyalsh, ko‘pmadaniyatli kontekstda divergent va konvergent fikrlashni rivojlantirishga yo‘naltirilgan rolli, harakatli va vositali topshiriqlar va mashqlar tizimini ishlab chiqish hamda lingvomadaniy didaktik vositalrdan funksional faoydalanish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning madaniyatlararo kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi kompetensiyalarni rivojlanish vektorini aniqlashga qaratilgan Scaffolding, Information gap hamda Simulyasiya usullaridan preferensial foydalanishga ustuvorlik berish hamda til va madaniyatni didaktik muhitda integratsiyalashuviga xizmat qiluvchi kognitiv, affaktiv va faoliyat mezonlar ko‘rsatkichlarini baholash darajalarining muvofiqligi va dinamikligini ta’minlash asosida aniqlanlgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Talabalarning madaniyatlararo kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
talabalarning madaniyatlararo kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari strategik yondoshuvlar asosida o‘quv dasturlarini zamonaviy ta’lim paradigmasiga moslashtirish, ta’lim mazmunini, vositalari va resurslarini madaniyatlararo komponentlar bilan integratsiyalash, madaniy til birliklarini adekvat talqin qilishga yo‘naltirilgan dekodlash strategiyasi orqali boshqa madaniyatlarning kontekstual ma’nolarini anglashni taminlash hamda madaniyatlararo muloqotni optimallshtirish asosida aniqlashga oid tavsiyalar “Learn English through history” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan. (Nizomiy nomidagi O‘bekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 04-iyuldagi 22-01-130/22-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning madaniyatlararo kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlarini madaniyatlararo komponentlar bilan boyitishga erishilgan;
talabalarning madaniyatlararo kompetensiyalarini rivojlantirish modeli xalqaro strategik maqsadlarga qaratilgan mazmuni kognitiv, affektiv va faoliyat komponentlarini makro va mikro darajadagi ta’lim natijalariga integratsiyalash hamda madaniy inklyuzivlik tamoyilini kognitiv-kommunikativ va integrativ yondashuvlarga sinergetik uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Learn English through history” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan. (Nizomiy nomidagi O‘bekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 04-iyuldagi 22-01-130/22-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning madaniyatlararo kompetensiyalarini rivojlantirish modelini takomillashtirish imkoniyati kengaytirilgan;
talabalarning madaniyatlararo kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi germenevtik tahlil, transpozisiya, evristik usullarni integratsiyalsh, ko‘pmadaniyatli kontekstda divergent va convergent fikrlashni rivojlantirishga yo‘naltirilgan rolli, harakatli va vositali topshiriqlar va mashqlar tizimini ishlab chiqish hamda lingvomadaniy didaktik vositalrdan funksional faoydalanish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Learn English through history” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan. (Nizomiy nomidagi O‘bekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 04-iyuldagi 22-01-130/22-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘quv dasturlarini xalqarolashtirish asosida talabalarning madaniyatlararo kompetensiyalarini rivojlantirishning metodikasini takomillashtirish samaradorligi oshirilgan;
talabalarning madaniyatlararo kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi kompetensiyalarni rivojlanish vektorini aniqlashga qaratilgan Scaffolding, Information gap hamda Simulyasiya usullaridan preferensial foydalanishga ustuvorlik berish hamda til va madaniyatni didaktik muhitda integratsiyalashuviga xizmat qiluvchi kognitiv, affaktiv va faoliyat mezonlar ko‘rsatkichlarini baholash darajalarining muvofiqligi va dinamikligini ta’minlash asosida aniqlashga doir takliflar “Learn English through history” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan. (Nizomiy nomidagi O‘bekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 04-iyuldagi 22-01-130/22-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘quv dasturlarini xalqarolashtirish asosida talabalarning madaniyatlararo kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasining amaliy samaradorligigini ta’minlashga erishilgan.