Davlatova Firuza Kamolovna
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Akmeologik yondashuv asosida bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarida lingvistik kompetentlikni rivojlantirish texnologiyasi” 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fransuz tili), (Pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich. Pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.04. 
Rasmiy opponentlar: Isakulova Nilufar Janikulovna - pedagogika fanlari doktori, professor Ro‘zieva Gulruh Hayrullaevna - pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent tayinlansin.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi akmeologik yondashuv asosida bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarining lingvistik kompetentligini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
        bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarining lingvistik kompetentligini bosqichma-bosqich rivojlantirish jarayoni tabiiy tavsifga ega lingvistik mexanizmlarni ijtimoiylashtirish va motivatsion omillar bilan integratsiyalashga tayangan konsepsiya sifatida talqin etilishi reseptiv ko‘nikmalar izchil ravishda produktiv til materialining barqaror o‘zlashtirilishi determinant ekanligini asoslash kognitiv va affektiv resurslar o‘zaro integratsiyasi orqali takomillashtirilgan;
        bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarida lingvistik kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari integrativ va pragmatik motivatsiyasi barqarorligini ta’minlash, auditoriyada maqbul til muhitini yaratish, tilni o‘rganish jarayonida qo‘rquv hissini bartaraf etish, individual farqlarning neyrolingvistik jihatlari kabi omillarning ta’sirchanligini bevosita hisobga olish asosida aniqlashtirilgan;
        akmeologik yondashuv asosida bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarni o‘qitish jarayonini modellashtirishning amaliy komponenti ikki tilli o‘qitish, raqamli resurslardan foydalanish, immersiv elementlar bilan pedagogik amaliyot kabi taktik texnologiyalarni lingvistik kompetentlikni rivojlantirish komponentlari bilan vertikal va gorizontal yo‘nalishlarda integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
        akmeologik yondashuv asosida bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida o‘yin va treningga asoslangan, psixologik konsultativ tavsifga ega, rivojlantiruvchi va shaxsga yo‘naltirilgan, loyihaviy, til portfoliosi kabi texnologiyalarni uch bosqich – diagnostik, strategik, taktik-refleksivdan iborat mualliflik lokal-modulli texnologiyasini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Akmeologik yondashuv asosida bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarining lingvistik kompetentligini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarining lingvistik kompetentligini bosqichma-bosqich rivojlantirish jarayoni tabiiy tavsifga ega lingvistik mexanizmlarni ijtimoiylashtirish va motivatsion omillar bilan integratsiyalashga tayangan konsepsiya sifatida talqin etilishi reseptiv ko‘nikmalar izchil ravishda produktiv til materialining barqaror o‘zlashtirilishi determinant ekanligini asoslash kognitiv va affektiv resurslar o‘zaro integratsiyasi orqali takomillashtirishga oid takliflardan O‘zbekiston Milliy universitetida 2021-2022-yillar davomida bajarilgan A-OT-2021-419-sonli “Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini oshirish kursi uchun elektron platformasini yaratish (Pre-schoolPDP)” innovatsion loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining 17-iyul 2025-yildagi 22-01-244/22-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida lingvistik kompetensiyalarini samarali rivojlantirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak chet tili (fransuz tili) o‘qituvchilarida lingvistik kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini integral va pragmatik motivatsiyasi barqarorligini ta’minlash, auditoriyada maqbul til muhitini yaratish, tilni o‘rganish jarayonida qo‘rquv hissini bartaraf etish, individual farqlarning neyrolingvistik jihatlari kabi omillarning ta’sirchanligini bevosita hisobga olish asosida aniqlashtirishga oid takliflardan O‘zbekiston Milliy universitetida 2021-2022-yillar davomida bajarilgan FZ-2020010829-raqamli “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari” amaliy loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining 17-iyul 2025-yildagi 22-01-244/22-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak chet tili (fransuz tili)  o‘qituvchilarini kognitiv-affektiv faoliyatini rivojlantirishga  xizmat qilgan;
akmeologik yondashuv asosida bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarni o‘qitish jarayonini modellashtirishning amaliy komponentini ikki tilli o‘qitish, raqamli resurslardan foydalanish, immersiv elementlari bilan pedagogik amaliyot kabi taktik texnologiyalarni lingvistik kompetentlikni rivojlantirish komponentlari bilan vertikal va gorizontal yo‘nalishlarda integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflardan O‘zbekiston Milliy universitetida 2021-2022-yillar davomida bajarilgan A-OT-2021-419-sonli “Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini oshirish kursi uchun elektron platformasini yaratish (Pre-schoolPDP)” mavzusidagi innovatsion loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining 17-iyul 2025-yildagi 22-01-244/22-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak chet tili (fransuz tili) o‘qituvchilarning lingvistik kompetentligini rivojlantirishning akmeolgoik texnologiyalarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
akmeologik yondashuv asosida bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida o‘yin va treningga asoslangan, psixologik konsultativ tavsifga ega, rivojlantiruvchi va shaxsga yo‘naltirilgan, loyihaviy, til portfoliosi  kabi texnologiyalarni uch bosqich – diagnostik, strategik, taktik-refleksivdan iborat mualliflik local-modulli texnologiyasini ishlab chiqish asosida takomillashtirishga oid takliflardan  O‘zbekiston Milliy universitetida 2021-2022-yillar davomida bajarilgan FZ-2020010829-raqamli “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari” amaliy loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining 17-iyul 2025-yildagi 22-01-244/22-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarning lingvistik kompetentligini rivojlantirishning amaliy-texnologik tizimini rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish