Maxmudova Dilafruz Alijonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Badiiy matnda qishloq xo‘jaligi terminlarining lingvopoetik va lingvokulturologik xususiyatlari”, 10.00.01 – O‘zbek tili (Filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2021.4.PhD/Fil2041
Ilmiy rahbar: Jamolitdinova Dilnoza Mirhojiddinovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.22.03
Rasmiy opponentlar: Ganieva Shodiyaxon Azizovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Usmonova Huriniso Sharapovna filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Badiiy matnda qishloq xo‘jaligi terminlarining lingvopoetik va lingvokulturologik xususiyatlarini kompleks tahlil qilish, ularning badiiy-estetik funksiyalarini va milliy-madaniy ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek badiiy matnlarida qo‘llanilgan qishloq xo‘jaligi terminlarining lingvopoetik xususiyatlari tizimli ravishda tadqiq etilib, ularning badiiy-estetik vazifalari, kontekstual ma’no ko‘chish holatlari va uslubiy qo‘llanish imkoniyatlari aniqlangan;
qishloq xo‘jaligi terminlarining lingvokulturologik tabiati ochib berilib, ularning milliy-madaniy qadriyatlar, urf-odatlar va an’analar bilan bog‘liq jihatlari, shuningdek, o‘zbek xalqining agrar madaniyatini aks ettiruvchi konseptual xususiyatlari ilk bor tizimli ravishda tahlil qilingan;
o‘zbek badiiy adabiyotida qishloq xo‘jaligi terminlarining metaforik qo‘llanilishi, obrazli ifoda vositasi sifatidagi xususiyatlari va pragmatik imkoniyatlari ilk marotaba kompleks tarzda o‘rganilgan;
qishloq xo‘jaligi terminlarining badiiy matnda qo‘llanilishi natijasida yuzaga keladigan semantik transformatsiyalar, konnotativ ma’nolar va ularning badiiy matn poetikasini ta’minlashdagi roli ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. o‘zbek badiiy matnlarida qo‘llanilgan qishloq xo‘jaligi terminlarining lingvopoetik xususiyatlari tizimli ravishda tadqiq etilib, ularning badiiy-estetik vazifalari, kontekstual ma’no ko‘chish holatlari va uslubiy qo‘llanish imkoniyatlaridan JDPI–MUZ-2015-0725140051 “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqini boyitishda inglizcha-ruscha-o‘zbekcha frazemalar lug‘atini yaratish va amaliyotga tatbiq etish” innovatsion tadqiqot loyihasida hozirgi o‘zbek tilidagi 10 dan ortiq terminlarning ma’nosini izohlashda tadqiqotchining badiiy matnlarda qishloq xo‘jaligi terminlarining boshlang‘ich sinflarda qishloq xo‘jaligiga oid terminlarning qo‘llanilishi, ishlatilishi haqidagi hamda qishloq xo‘jaligi terminologiyasi ba’zi jihatlarining ifodalanishi kabi talqinlariga tayanilgan. (“Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqini boyitishda inglizcha-ruscha-o‘zbekcha frazemalar lug‘atini yaratish va amaliyotga tatbiq etish” innovatsion tadqiqot loyihasining 2025-yil, 6-martdagi №1/04-192-sonli ma’lumotnomasi).
O‘zbek tilida so‘z birliklarning semantik va pragmatik tahlilini batafsil o‘rganish hamda turli xususiyatlari, xususan, nutq universalligi, ekspressivlik, tahliliylikning namoyon bo‘lishi kabi usullarini ochib berishga doir ilmiy xulosalardan va tavsiyalaridan 2023–2024-yillarga mo‘ljallangan “2023 KA 171 Mobility Higher Education studens (Erasmus+)” nomli grant doirasida samarali va keng foydalanilgan. (“2023 KA 171 Mobility Higher Education studens (Erasmus+)” nomli grant loyihasining 2025-yil, 6-martdagi №1/04-192-sonli ma’lumotnomasi) Natijada grant loyihaning ilmiy-amaliy ahamiyati ortgan.
Shuningdek, tadqiqotda ilgari surilgan muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega tavsiyalardan foydalangan holda tashkil etilgan ko‘rsatuvlar orqali: badiiy matnlar, xususan, poetik matnlarda kognitiv metaforalarning o‘quvchi ongiga estetik ta’sir kuchi, kognitiv xususiyatlarning o‘zaro bog‘liqlik tomonlari ajratib ko‘rsatilganligi internet, televidenie, radioda tadqiqot materiallaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DMda efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon” nomli dasturlar ssenariysini tayyorlashda foydalanildi. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali ning 2025-yil, 6-martdagi №1/04-192-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur eshittirishlar tadqiqot natijalarining efirga uzatilishi mamlakatimiz yoshlarini kichik badiiy matnlar, ularning lingvopoetik va lingvokulturologik xususiyatlariga oid tavsiyalar talabalar va sohaga qiziqqan keng omma uchun muhim qo‘llanma vazifasini o‘taydi. Shuningdek, tahlillardan keyingi yillardagi tadqiqotlarda mana shunday nazariy muammolarni o‘rganish tendensiyasi shakllanayotganini targ‘ib etishga xizmat qiladi.